Kvant nazariya

Kvant nazariya

O'quvchilarga / Fizika
Kvant nazariya - rasmi

Material tavsifi

Kvant nazariya Reja: 1. Issiqlik nurlanishning kvant naziriyasi. 2. Kvant parametrlari. 3. Issiqlikdan nurlanish yutilish qobiliyati 4. Issiqlik nurlarining oqimi 1. Issiqlik nurlanishning kvant naziriyasi. Yorug'likning tabiati haqidagi masala fiziklar oldida turgan eng katta muammolardan biri edi. Bu muammo, ayniqsa, issiqlikda nurlanishni o'rganish jarayonida yaqqol namoyon bo'ldi. Uni yechish yo'lida dadil g'oyani ilgari surgan nemis fizigi M.Plank 1900 - yilda energiya faqat kichkina portsiyalar, ya'ni kvantlar ko'rinishida chiqariladi va yutiladi, degan fikrni bildirdi. 1905-yilda A.Eynshteyn fotoffekt hodisasi uchun o'z formulasini yozib, Plank gipotezasini yanada rivojlantirdi. Yorug'likning har ikkala tabiatini ham tasdiqlovchi hoddisalarning mavjudligi, u har ikkala xususiyatga ham ega emasmikan, degan fikrning tug'ilishiga sabab bo'ldi. Bu - yorug'likning korpuskular to'lqin dualizimining paydo bo'lishiga olib keladi. 2. Kvant parametrlari. Plank gipotezasi yorug'lik kvanti haqidagi tuhsunchaning paydo bo'lishiga olib keladi va u foton deb nom oldi. Foton quyidagi xarakteristikalarga ega. Fotonning energiyasi: massasi , impulsi Yuqoridagi ifodalarda ekanligi e'tiborga olingan. c = 3 · 108 ms - yorug'likning bo'shliqdagi tezligi. Foton yorug'lik tezligiga teng bo'lgan tezlik bilan harakatlanadi. Uni sekinlashtirib ham, tezlatib ham bo'lmaydi. Shuning uchun fotonning tinchlikdagi massasi to'g'risida gapirish ma'noga ega emas. 3. Issiqlikdan nurlanish yutilish qobiliyati. Nur yutish qobiliyati hamma to'lqin uzunliklar uchun bir xil va birdan kichik bo'lgan jism kulrang jism deb ataladi. аl,Т = ат=CоnSt 1. Odatda o'zining xususiyatlari bilan absolyut qora jismdan kam farq qiladigan Maykelson taklif etgan modeldan foydalaniladi. Bu model- da nur qaytarish va nur yutish qobiliyat- laridan tashqari T temperaturadagi jismning birlik sirtidan birlik vaqtda nurlanayotgan elektromagnit to'lqinlarning energiyasini ifodalaydigan kattalik - T tempe-raturadagi jismning nur chiqarish qobiliyati yoki energetik yorqinligi (et orqali belgilanadi va Vtm2 (Jm2s) bilan o'lchanadi) degan tushuncha kiritiladi. Bundan tashqari l to'lqin uzunlikli, T teperaturadagi jism nur chiqarish qobiliyati еlт dan foydalaniladi. Absolyut qora jism nur chiqarish qobiliyati Еlт bilan belgilanadi. Issiqlik nurlanishi boshqa turdagi nurlanishlardan bir xususiyati bilan farq qiladi. T temperaturadagi jism issiqlik o'tkazmaydigan qobiq bilan o'ralgan deb faraz qilaylik. Jism chiqargan nurlanish qobiqqa tushib undan bir yoki bir necha marta qaytadi va yana jismga tushadi. Jism bu nurlanishni qisman yoki to'la yutadi. Qisman yutsa, qolgan qismini qaytaradi. Shuning uchun jism vaqt birligi ichida qancha energiya chiqarsa, shuncha energiya yutadi va jismning temperaturasi o'zgarmaydi. Bu holatni muvozanatli holat deyiladi. 4. Issiklik nurlarining oqimi. Nurlanish oqimi F biror plastinkaga tushayotgan bo'lsin. Bu oqim qisman qaytadi (Fq) qisman jismda yutiladi (Fyu), qolgani jismdan o'tadi (Fo'), ya'ni Fq + Fyu + Fo' = F FqF= r - jismning nur ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 17.26 KB
Ko'rishlar soni 112 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 14:40 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 17.26 KB
Ko'rishlar soni 112 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga