6-sinf fizika darsligi asosida 53-mavzu: Linzalar haqida tushuncha Yorug'likning ikki muhit chegarasida qaytishi va sinishini ko'rdik. Amaliyotda sferik yuzalardan yorug'likning sinishidan keng foyda - laniladi. Ikki yoki bir tomoni sferik sirt bilan chegaralangan shaffof jismga linza deyiladi. Odatda, linzalarni shishadan yasaladi. O'rta qismi chetki qismiga nisbatan qalin bo'lgan linzalarni qavariq, yupqa bo'lganlarini botiq linzalar deyiladi. Sferik sirtlarning O1 va O2 markazlaridan o'tuvchi to'g'ri chiziq linzaning bosh optik o'qi deyiladi (115-rasm). Optik o'qda yotgan linza markazidagi nuqta linzaning optik markazi deyiladi. Qavariq va botiq linzalardan nurning o'tishi turlicha bo'ladi. Qavariq linzani olib, uni Quyosh nurlariga tik holda tutaylik. Linzadan o'tgan nurni daftar varag'iga tushiraylik. Linzani yuqoriga yoki pastga siljitsak, daftar yuzasidagi yorug' dog' kichrayib, nuqtaga aylanadi va undan tutun chiqadi. Demak, linzadan o'tgan nurlar bir nuqtada to'planadi (116-rasm). Bu nuqtaga linzaning fokusi (F) deyiladi. Linzaning optik markazidan shu nuqtagacha bo'lgan masofa linzaning fokus masofasi deyiladi. Linzaga teskari yo'nalishda parallel nurlar tushirilsa, ular ikkinchi tomonda to'planadi. Shunga ko'ra, har qanday linzada ikkala tomonda bittadan fokus bo'ladi. Botiq linza bilan shunday tajriba o'tkazilsa, nurlar aksincha, sochilib ketadi (117-rasm). Sochilgan nurlarni fikran davom ettirilsa, optik o'qdagi F nuqtada kesishadi. Shuning uchun botiq linzaning fokusi mavhum. Shunday qilib, qavariq linza yig'uvchi linza, botiq linza sochuvchi linza deb ataladi. Linzalarning bir tomoni sferik, ikkinchi tomoni tekis bo'lishi ham mumkin. Qavariq linzada buyumni ma'lum oraliqqa joylashtirilsa, undagi tasvir kattalashgan bo'lar ekan. Uning bu xususiyatidan narsalarni kattalashtirib ko'rishda foydalaniladi. Linzaning fokus masofasiga teskari bo'lgan kattalikka linzaning optik kuchi deyiladi. ...

Joylangan
08 May 2024 | 18:07:24
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
854.06 KB
Ko'rishlar soni
125 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 14:41
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
08 May 2024 [ 18:07 ]
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
854.06 KB
Ko'rishlar soni
125 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 14:41 ]
Arxiv ichida: ppt