Lokomotiv ta'mirlash korxonalarning yaxlit qismlar ishlab chiqishda texnologik jarayonlarni mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish Reja: 1. Nazorat qilish qurilmalarini qanday tanlan olinadi? 2. Detalni skobada ushlash burchagini ayting? 3. Elektrokontaktli datchiklar nazorat qurilmasi haqida ma'lumot? ma'ruza rejasi: o'tgan ma'ruza materiallari bo'yicha qisqacha qaytarish, nazorat qurilmalarini tanlab olish tamoyillari. Kalitli so'zlar: Uch kontaktli skoba, elektrokontakt datchiklar, induktiv datchiklar, galvonometr; kuchlanish stabilizatori; transformator. Bugungi kunda lokomotivsozlik korxonalari oldida nafaqat ishlov berish va yig'ish jarayonlarini keng miqyosda avtomatlashtirish masalasi, balki u bilan bog'liq bo'lgan nazorat, shuningdek metall qirqish dastgohlarini va texnologik agregatlarini ham «faol» nazorat bilan jihozlash masalasi turibdi. «Faol» nazorat vositalarining keng qo'llanilishi oxir oqibatda mavjudlardan mehnat unumdorligini 15…20% oshishiga, brakning esa 80…90%ga kamayishiga olib keladi. Nazoratni avtomatlashtirish zaruriyati yana shu narsani taqozo etadiki, unda yordamchi vaqt ham qisqaradi, masalan detallarga tokarlik dastgohida ishlov berilganda yordamchi vaqt umumiy ishlov berish vaqtining 25% ini tashkil etadi. Ehtiyot qismlar ishlab chiqarishda bir - biridan tubdan farq qiladigan nazorat usuli bo'lib, ular quyidagilardir: 1. Buyumning o'lchamlari va sifatini mexanik ishlov berish yoki yig'ishdan keyin nazorat qilish. 2. Buyumning o'lchamlari va sifatini mexanik ishlov berish jarayonida yoki yig'ish jarayonida nazorat qilib berish. Buyumlarning o'lchami va sifatini mexanik ishlov berish yoki yig'ishdan so'ng nazorat qiluvchi qurilmalarning funksiyasi asosan yaroqli detallarni yaroqsiz detallardan ajratishga qaratilgan. Selektiv yig'ish sharoitida buyumlarni o'lcham guruhlari bo'yicha saralash ularning amaldagi o'lchamlari bo'yicha amalga oshiriladi. Bu nazorat usuli «passiv» hisoblanadi, chunki bunda mexanik ishlov berishda yoki yig'ish jarayonga ta'sir etish imkoni yo'q. Agar buyumning sifati va o'lchamini nazorat qilish qurilmalarini ishlov berish yoki yig'ish jarayonida dastgohni ijrochi organlarni boshqarish funksiyasi bilan jihozlanadi u holda mazkur qurilma mustaqil ravishda texnologik jarayonning borishini nazorat qila oladi, yani «aktiv» nazorat vositasi bo'lib xizmat qila oladi. Bu qurilmalar asosan yalpi va katta seriyali ishlab chiqarishda qo'llaniladi. Shu narsani etirof etish kerakki, bunday ishlovchi qurilmalar bazi sabablarga ko'ra kam: Birlamchi o'lchash organi o'lchamning o'zgarishini texnologik harakatning yo'nalishi va tezligidan qatiy nazar uzluksiz kuzatib borishi kerak; Ko'rsatuv asbobni ishlov berilayotgan yuzaga joylashtirishning imkoni yo'q, chunki u chiqayotgan qirindi, moylovchi - sovituvchi suyuqlik yoki obraziv chang bilan shikastlanishi ummkin. Detalga ishlov derish jarayonida uning natijasida asbobning ko'rsatkichlari bir oz buzilishi mumkin; Ishlov berilayotgan yuza bilan birlamchi o'lchash asbobi orasiga qirindi tushib qolishi natijasida asbobni tasodifiy ko'rsatkichlariga olib keladi, bu esa o'z navbatida signalning o'z vaqtida dastgohning ijrochi organiga berilmasligiga sabab bo'ladi; Nazorat qurilmasi sodda, o'ng'ay bo'lishi, detalga olib kelish va detaldan olib ketish tez bajarilishi, shuningdek detalni o'rnatish va olishda xalaqit qilmasligi kerak. ...

Joylangan
08 May 2024 | 18:07:24
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
60.58 KB
Ko'rishlar soni
136 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 14:42
Arxiv ichida: doc
Joylangan
08 May 2024 [ 18:07 ]
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
60.58 KB
Ko'rishlar soni
136 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 14:42 ]
Arxiv ichida: doc