Lyuminessensiya

Lyuminessensiya

O'quvchilarga / Fizika
Lyuminessensiya - rasmi

Material tavsifi

Lyuminessensiya Reja: Asosiy tushunchalar Lyuminessensiya Fotolyuminesensiya Yerda yorug'likning asosiy manbalari kuchli cho'lg'angan jismlardir. Yorug'likning bunday manbalari issiq manbalar deb ataladi. Ammo yorug'likning issiq manbalaridan tashqari, sovuq manbalari ham bor, ularda energiyaning boshqa turlari (masalan, ximiyaviy energiya) yorug'lik energiyasiga aylanadi. Sovuq yorug'lik beruvchi xilma-xil hodisalar Lyuminessensiya деб ataladi. Lyuminessensiya - lotincha lyumen, ya'ni yorug'lik so'zidan olingan. Lyuminessensiyani vujudga keltiruvchi sabablar ham turli-tumandir. Hashoratlarning (masalan, yaltiroq qurtlar), daraxt chirindilari, chiriyotgan go'sht va hokazolarning shu'lalanishi odamzodga qadimdan ma'lum, bu hodisalar sovuq holda shu'lalanishning misoli bo'la oladi. Bu yerda shu'lalanish ximiyaviy protsesslar natijasida, asosan, oksidlanish natijasida paydo bo'ladi. Agar uran nitratning sariq kristallaridan ozrog'ini sandonga qo'yib, qorong'i joyda bolg'acha bilan ursak, urilganda chiroyli yashil tusda chaqnashini ko'ramiz. Bunda kristallning sovuq holda yorug'lik chiqarishiga mexanik ta'sir sabab bo'ladi. Kristallning bolg'acha urilganda atrofga sachrab ketgan parchalari yana bir oz vaqt nur sochib turadi, bu narsa lyuminessensiya hodisasiga juda xarakterlidir. Bu hol oldin sirli bo'lib tuyulgan. Hozgi zamon fanigina bunday yorug'lanishning sababini yechib berdi. U lyuminessensiya deb ataladigan hodisa bilan bog'liq. Lyuminessent nurlanish uncha ko'p bo'lmagan lyuminessensiya markazlari - atomlar, molekulalar yoki ionlardan chiqadi. Tashqi sabablar ta'sirida ular uyg'ongan holatga o'tadilar, so'ngra uyg'ongan markaz pastroq energiya sathiga o'tishida lyuminessent nurlanish kvantini chiqaradilar (15.1-rasm). rаsm Lyuminessensiyaning hosil bo'lishi. Yorug'lik manbai fotoni kristallning lyuminessensiya markazini uning yutish polosasi - sathlar bilan zich to'lgan interval sathlaridan biriga o'tkazadi. 10-8 s vaqt ichida lyuminessensiya markazi AA sathga o'tib, energiyani kristall panjaraga beradi. Asosiy holat sathi ВВ ga o'tishda bu sathdan kvant chiqadi. Lyuminessensiya yuz beradigan moddalar lyuminofor moddalar deb ataladi. Lyuminessensiya markazi uyg'ongan holatdan pastroq energiya sathiga o'tishida o'rtacha sarflanadigan vaqt lyuminessensiya jarayonining asosiy xarakteristikalaridan biri hisoblanadi. Lyuminessent nurlanish to'xtatilgandan keyin, agar u tez, taxminan sekundning o'n milliondan bir ulushi (10-8s) da so'nsa, lyuminessensiyaning bunday xili fluoressensiya deb ataladi. 10-8 s - uyg'ongan atomning o'ziga xos yashash davridir. Agar tashqi elektron qobiqning sathlari uyg'ongan bo'lsa, odatda, atom asosiy holatga o'tgunga qadar shuncha vaqt (10-8 s) uyg'ongan holatda bo'ladi. Lyuminessensiyaning boshqa turi - fosforessensiya - uyg'onish energiyasi manbai uzilgandan so'ng yorug'lanishning sekin pasayishi bilan xarakterlanadi. Bu holda lyuminessensiya markazlari uyg'ongandan keyin metastabil holatlarida bo'ladi, bu holatlardan past energiyali holatga o'tish «ta'qiqlangan» bo'lib u 10-8 s qaraganda ancha uzoqroq vaqtda ro'y beradi. Lyuminessensiya uni uyg'otish usuliga qarab ham turlarga bo'linadi. Masalan, televizor ekrani kineskop devoriga surkalgan lyuminoforning yorug'lanishi tufayli o'ziga tushadigan elektron oqimidan yorug'lanadi. Bu holda lyuminessensiya markazlarini elektron oqimi uyg'otadi. XX asr boshida elektron oqimlarini katod nurlar deb atashardi. Shuning uchun lyuminessensiyaning ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 33.46 KB
Ko'rishlar soni 130 marta
Ko'chirishlar soni 12 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 14:42 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 33.46 KB
Ko'rishlar soni 130 marta
Ko'chirishlar soni 12 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga