Magnetizm haqida dastlabki ma'lumotlar

Magnetizm haqida dastlabki ma'lumotlar

O'quvchilarga / Fizika
Magnetizm haqida dastlabki ma'lumotlar - rasmi

Material tavsifi

MAGNETIZM HAQIDA DASTLABKI MA'LUMOTLAR Doimiy magnit va uning xossalari Siz magnitlar bir-birini va temir buyumlarni tortishini bilasiz Magnitlarni odamlar qadim zamonlarda ham bilishgan. «Magnit» so'zi Kichik Osiyodagi qadimiy Magnesiya shahri nomklan kelib chiqqan. Bu yerda topilgan temirni tortuvchi toshni magnesiya toshi» deb atashgan. Buyuk yurtdoshimiz Abu Rayhon Beruniy (973-1047) o'z asarlarida magnitni «ohanrabo» - «temirni tortuvchi» deb atagan. Beruniy qum aralash oltin zanalari orasidan temir zarralarini ajratib olishda magnitdan foydalanilishi haqida yozib qoldirgan. U magnitning bir xil nomli qutblari o'zaro itarilishi, turli qutblari esa tortilishi, magnitga ishqalangan po'lat ham magnitlanib qohshini tajriba orqali asoslab bergan. Hozirgi paytda elektrotexnika va radiotexnikada, asosan, sun'iy magnitlar qo'llaniladi. Tabiiy magnit uzoq vaqt ta'sir ettirilganda magnitlangan po'lat bo'laklari sun'iy magnitlar ! deb ataladi. Sun'iy magnitlarning xossalari tabiiy magnitlarning xossalari kabi bo'ladi. Tabiiy va sun'iy magnitlarning barchasi doimiy magnitlardir. O'zining magnitlangan bolatini uzoq vaqt yo'qotmaydigan jism doimiy magnit yoki oddiygina qilib magnit deb ataladi. Ingliz shifokori Uilyam Gilbert (1544-1603) doimiy magnitlarning xossalarini o'rganish bo'yicha tadqiqotlar olib borgan. Gilbert 1600- yilda nashr etilgan «Magnit, magnit jismlar va ulkan magnit - Yer haqida» nomli kitobida magnitlarning quyidagi xossalarini bayon qilgan: Magnit turli qismlarining tortish kuchi har xil bo*lib. uning cbekka uch-lari - qutblarida tortish kuchi eng kattadir. Magnit ikkita - shimoliy va janubiy qutbga ega bo'lib, bu qutblar xususiyatiga ko'ra turlichadir. Turli nomli qutblar bir-biriga tortiladi, bir xil nomli qutblar esa bir-biridan itariladi. Erkinholda ipga gorizontal ravishda osib qo'yilgan magnit qutblari Yerning shimol va janub tomonlarini ko'rsatadi. Bir qutbli magnitni hosil qilib bo'lmaydi. Yer shari ulkan magnitdir. Kuchli qizdirilganda tabiiy magnitlarning ham, sun'iy magnitlarning ham magnit xossalari yo'qoladi. Magnitlar shisha, charm va suv orqali o'z ta'sirini ko'rsatadi. Magnit maydon Zaryadlangan jismlar atrofida elektr maydon bo'lishini, bu jismlar shu maydon orqali o'zaro ta'sirlashishini bilasiz. Magnitlar bir-biri bilan qanday ta'sirlashadi? Yupqa oynaning ustiga temir qirindilarini sochib, uni taqasimon magnit uchlari ustiga qo'yaylik. Oyna chekkasini qalam bilan sekin urib turaylik. Bunda qirindilarning magnit uchlari atrofida ma'lum chiziqlar bo'ylab joylashishi kuzatiladi Magnit atrofida maydon mavjuddir. Bu maydon magnit maydon deb ataladi. Magnit maydonda temir qirindilari joylashgan chiziqlar magnit kuch chiziqlarini bildiradi. Agar magnit kuch chiziqlari bo'ylab bir nechta mag­nit strelkachalar qo'yilsa. ular 132- rasmda ko'rsatil-gandek joylashadi. Bunda strelkachalarning janubiy qutblari magnitning shimoliy qutbiga qarab qoladi Magnitlarning janubiy qutbi S harfi (inglizcha «souts» - «janub» so'zining bosh harfi) bilan, shimoliy qutbi N harfi (inglizcha «nourts» -«shimol» so'zining bosh harfi) bilan belgila-nadi. Magnit kuch chiziqlarining yo'nalishi sifatida N qutbdan S qutb tomon yo'nalishi qabul ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 164.1 KB
Ko'rishlar soni 95 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 14:42 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 164.1 KB
Ko'rishlar soni 95 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga