Magnit maydon parametrlarini o'lchash

Magnit maydon parametrlarini o'lchash

O'quvchilarga / Fizika
Magnit maydon parametrlarini o'lchash - rasmi

Material tavsifi

Magnit maydon parametrlarini o'lchash Reja: 1. Umumiy mahlumotlar 2. Magnit maydon parametrlarini o'lchashning kvant magnitorezonans usullari 3. Yadroviy magnit rezonans (YaMR) usuli 4. Yadroviy induksiya usuli 5. Yadroviy magnit rezonans yutilish usuli 6. Elektron paramagnit rezonansi (EPR) usuli 1. Umumiy mahlumotlar Magnit maydon (MM) parametrlari magnit maydonni tavsiflovchi skalyar, vektor va tenzor kattaliklar bo'lib, ular koordinatalar sistemasiga invariantdir. Ularga magnit oqimi, magnit induksiyasi vektori, magnit maydon kuchlanganligi vektori, magnit induksiyasi vektorining gradienti gradV(V) (tenzor), magnit induksiyasi vektori modulining gradienti gradV(V) (vektor) kiradilar. Odatda, skalyar kattaliklar magnit oqimi, magnit induksiyasi vektorining moduli, uning tashkil etuvchilari va hosilalari bevosita o'lchanadi, ular orqali boshqa xususiyatlari aniqlanadi. Magnit maydon parametrlarini o'lchash boshqa har qanday magnit o'lchashlarning asosidir. Ulardan kelib chiqib, materiallar, mahsulotlar, moddalarning magnit xususiyatlari aniqlanadi, hamda ko'plab ilmiy va xalq xo'jaligi muammolariga bog'liq masalalar echiladi. 'ozirgi vaqtda 10-16 Tesladan (magnit vakuumi) 30 Tesla (tl)gacha o'zgarmas magnit maydon induksiyasi, 10-15 tl dan bir necha Teslagacha o'zgaruvchan magnit maydon induksiyasi (bir necha Gts dan bir necha o'n Mgts gacha), 10-15 Tesladan bir necha yuz Teslagacha impulsli magnit maydon induksiyasini o'lchashga to'ri keladi. Magnit oqimi kvanti (2,0710-15Veber) ning mingdan bir ulishlaridan o'nlab Vebergacha qiymatlarini o'ta past yoki o'ta yuqori temperaturalarda, katta yoki kichik bosimlarda o'lchashga to'ri keladi. 'ozirgi vaqtda magnitorezonans, galvanomagnit, induksion usullar magnit maydon parametrlarini o'lchashda keng qo'llanilmoqda. Xoll effekti (galvanomagnit usul) qo'llanilganda aniqlik, asosan, Xoll o'zgartgichining aniqligiga bog'liq bo'lib, yuqori ko'rsatgichga ega. Magnitooptik usuli Faradey effektiga asoslangan bo'lib, katta magnit maydon parametrlarini o'lchashga xizmat qiladi. Induksion usullarning keng tarqalgan ko'rinishi magnitomodulyatsion usuldir. Ferrozond o'zgartirgichlardan foydalanadigan bu usul yuqori sezgirligi va kichik o'lchamlari bilan ajralib turadi. 2. Magnit maydon parametrlarini o'lchashning kvant magnitorezonans usullari Bu usullar doimiy magnit maydoni ta'sirida atom zarrachalari tomonidan energetik ostki sathlaridan magnitli dipol o'tishda yuqori chastotali energiyani chiqarish yoki yutish hodisalariga (magnit rezonansiga) asoslangan. Zeeman magnit ostki sathlari tashqi magnit maydonlari hamda ichki, mikrozarrachalarning magnit momentlari bilan hosil qilinishi mumkin. Mexanikaviy (spin) va magnit momentlariga ega bo'lgan atom zarrachalarida magnit rezonansi makroskopik miqdorda kuzatilishi mumkin. Klassik mexanikaga qiyos qilinadigan bo'lsa, xuddi giroskop gravitatsiya maydonida pretsessiya qilganidek, zarrachalar ham magnit maydonda pretsessiya qiladi. Rezonans atamasi mohiyati ushbu holda shundan iboratki, ushbu hodisa paytida sistemaning xususiy chastotasiga rostlanish ro'y beradi. Bu xususiy chastota esa o'zgarmas magnit maydonidagi magnit zarrachalarining pretsessiya chastotasiga teng bo'lib, Larmor tenglamasi = V bilan aniqlanadi. Bu yerda - zarracha magnit momentining mexanik momentiga nisbatidir (giromagnit nisbat). Rezonanslashayotgan zarrachalarga qarab yadroviy, elektron paramagnit, ferromagnit, antiferromagnit va boshqa magnit rezonons ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 104.52 KB
Ko'rishlar soni 85 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 14:42 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 104.52 KB
Ko'rishlar soni 85 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga