Magnit maydonida ta'sir qiluvchi kuchlar

Magnit maydonida ta'sir qiluvchi kuchlar

O'quvchilarga / Fizika
Magnit maydonida ta'sir qiluvchi kuchlar - rasmi

Material tavsifi

Magnit maydonida ta'sir qiluvchi kuchlar Reja: 1. Parallel va antiparallel tokli o'tkazgichlarning o'zaro ta'siri. Magnit maydonining tokli o'tkazgichga ta'siri. Magnit maydonining harakatdagi zaryadlangan zarrachalarga ta'siri. Zaryadning magnit maydonidagi harakat qonunlari. Xoll hodisasi. Tayanch so'z va iboralar: Kuch, kuch momenti, ramkali tok g'altagi, Amper, Lorents kuchi, egrilik radiusi, vintli harakat, Xoll koeffitsiyenti. 1.Parallel va antiparalel tokli o'tkazgichlarning o'zaro ta'siri. Tokli o'tkazgichga magnit maydoni tomonidan ta'sir qiluvchi kuchlarni aniqlash uchun quyidagicha ish qilamiz. Tokning juda kichik elementiga ta'sir qiluvchi kuch (7.1) formula bilan aniqlanadi. O'tkazgichning barcha kichik elementlariga ta'sir etuvchi kuchlarning yig'indisi olinadi, natijada tokli o'tkazgichga ta'sir etuvchi to'la kuch topiladi. Agar o'tkazgich to'g'ri chiziqli bo'lsa, maydon bir jinsli bo'lsa, u vaqtda formula (7.1) chekli uzunlik qismiga ta'sir etuvchi kuch F ni quyidagicha yozish mumkin: F= [IlB] (1) Misol sifatida ikkita parallel uzun tokli o'tkazgichning o'zaro ta'sir etuvchi kuchini hisoblaymiz. 1-chi va 2-chi o'tkazgichdagi tok kuchlarini I1 va I2 bilan belgilasak, o'tkazgich orasidagi masofani b bilan belgilasak (rasm 54) 1-chi o'tkazgichning 2-chi o'tkazgichning l uzunligining uchastkasiga ta'sir qiluvchi kuch F12 ni hisoblaymiz. 1-o'tkazgichning 2-o'tkazgich joylashgan nuqtalaridagi maydon induksiyasi kattaligi jihatdan teng va yo'nalish jihatdan qarama-qarshi bo'lib, formula (1) bilan aniqlanadi. Shuning uchun F12 kuch uchun (1) formula o'rinlidir. F12 = [I2lB] va I2 l bilan V o'rtasidagi burchak 2 ga teng ekanligini hisobga olsak, kuchning absolyut qiymati uchun F12 = I2 lB ga ega bo'lamiz. . (7.3) dan V ning qiymatini qo'ysak, I ni I1 ga almashtirsak, oxirida quyidagi ifodaga ega bo'lamiz: F12=2I1I2l 4b (2) F12 kuch 1- o'tkazgichga yo'nalgan bo'ladi, agar I1 va I2 toklar bir xil yo'nalishga ega bo'lsa (rasm a), agar toklarning yo'nalishi qarama-qarshi bo'lsa, itariladi. (rasm 54 b). Shunday qilib, birxil yo'nalgan toklar (parallel toklar) bir biriga tortishadi, qarama-qarshi yo'nalishda (antiparallel) bo'lsa bir-biridan itariladi. Formula (2) ni SI sistemasida tok kuchini birligini aniqlashda qo'llaniladi. Agar I1 = I2=1A, b=1m bo'lsa F12l=204 bo'ladi. Shunday qilib, 1amper tok kuchi shunday tokka ega bo'ladiki, uzun parallel o'tkazgichlardan o'tganda o'tkazgich uzunlik birligiga 204 yoki (2 ) ga ko'ra 2*10-7 nm kuchni hosil qiladi. 2.Magnit maydonining tokli o'tkazgichga ta'siri. Endi magnit maydonining yopiq tokli konturga ta'sirini o'rganamiz. Bir jinsli magnit maydoniga joylashtirilgan ASDYe tokli ramkaga ta'sir etuvchi kuchni hisoblaymiz. Ramka tomonlari AS=DYe=a va SD=YeA=b undagi tok kuchi I va ramka shunday yo'nalganki, AS va DYe tomonlari magnit induksiya chiziqlariga perpendikulyardir. Ramkaning magnit moment vektori P magnit maydon induksiyasi vektori V bilan burchak hosil qiladi (rasm 55 ) Ramka tomonlariga ta'sir qilgan kuchni (2) ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 89.04 KB
Ko'rishlar soni 113 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 14:42 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 89.04 KB
Ko'rishlar soni 113 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga