Magnit maydonni xarakterlovchi parametrlar

Magnit maydonni xarakterlovchi parametrlar

O'quvchilarga / Fizika
Magnit maydonni xarakterlovchi parametrlar - rasmi

Material tavsifi

8-sinf fizika darsligi asosida 50-mavzu: Magnit maydonni xarakterlovchi parametrlar Magnit maydon induksiyasi Ikkita magnit strelkasi yaqinlashtirilsa, ularning ikkalasi ham burilib, qarama-qarshi qutblari bir-biriga ro'para kelib to'xtaydi (137-rasm). Bu hol magnitlangan jismlar orasida o'zaro ta'sir kuchlari mavjudligini anglatadi. Ta'sir kuchlari esa maydon kuch chiziqlari orqali tavsiflanadi. Magnit maydoni kuch chiziqlarini to'g'ridan to'g'ri ko'ra olmaymiz. Ammo quyidagi tajriba yordamida biz magnit kuch chiziqlarining joylashuvi haqida tasavvurga ega bo'lamiz. Buning uchun karton qog'ozga temir qipiqlarini bir tekis sepib, uni yassi magnit o'zagining ustiga qo'yamiz, Qog'ozga yengil zarb berilsa, temir qipiqlari 138-rasmda keltirilgan ko'rinishni egallaydi. Karton ustidagi temir qipiqlari magnit uchlariga yaqin joylarda zich, qutblar orasida qipiqlarning siyrakroq joylashuvini ko'rish mumkin. 138-rasmda.gi temir qipiqlarining egallagan o'mi, magnit qutblarini bir-biriga bog'lovchi kuch chiziqlarini o'zida aks ettiradi. Magnit maydon kuch chiziqlarining yo'nalishi shartli ravishda magnitning shimoliy (N) qutbidan chiqih, uning janubiy (S) qutbiga kiruvchi yopiq chiziqlardan iborat deb qabul qilingan (139-rasm). Elektr maydon kuch chiziqlaridan farqli ravishda magnit may don kuch chiziqlari berk konturni hosil qiladi. Agar magnit kuch chiziqlari bo'ylab qo'zg'almas o'qqa mahkamlangan magnit strelkachalar qo'yilsa, ular 140-a rasmda ko'rsatilgandek joylashadi. Bundan, magnit maydon kuch chiziqlari boshlanishi va oxiri bo'lmagan berk konturni hosil qiladi, degan xulosa chiqarish mumkin. Magnit maydon shu xususiyati bilan ham elektr maydondan farq qiladi. Magnit maydonning kuch chiziqlari magnitdan uzoqlashishi bilan siyraklasha boradi (ta'siri kuch-sizlanadi). Bu kattalikni xarakterlovchi fizik kattalikka magnit maydon induksiyasi deb ataladi va B harfi bilan belgilanadi. Magnit induksiya vektorining yo'nalishi magnit kuch chizig'ining ixtiyoriy nuqtasiga o'tkazilgan urinma yo'nalishi bilan mos tushadi. Mag­nit maydon induksiyasining o'lchov birligi qilib XBS da serbiya fizigi Nikola Teslaning sharafiga tesla (T) deb atash qabnl qilingan. Uning ta'rifi bilan keyingi mavzularda tanishamiz. Magnitometr - magnit maydon xarakteristikalarini va jismlarning magnit xossalarini o'lchovchi asbob. U: geologiya-qidiruv ishlarida, arxeologik topilmalarni qazib olishda, dengiz va aviatsiya xaritalarida (navigatsiyalarda), suvosti kemalarini aniqlash uchun harbiy razvedkalarda, seysmologiya va ilmiy tadqiqotlarda ishlatiladi (140-b) rasm). 1. Magnit maydon induksiyasi deganda nimani tushunasiz, u qanday birlikda o'lchanadi? 2. Magnitlar bir-biri bilan qanday ta'sirlashadi? Magnit maydon kuch chiziqlari qanday shaklga ega? 3. Jismlarning magnit xossalarini o'lchovchi asbob qanday ataladi? ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 501.62 KB
Ko'rishlar soni 124 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 14:42 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 501.62 KB
Ko'rishlar soni 124 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga