Magnit maydonning tokli konturga ta'siri Reja: Toklarning o'zaro ta'siri Magnit maydonni grafik usulda tasvirlash Magnit maydondagi tokli o'tkazgichga ta'sir Toklarning o'zaro ta'siri Toklarning o'zaro ta'siri magnit maydoni deb ataluvchi maydon orqali amalga oshadi. Bu nom 1920 yilda Ersted payqaganidek, tok hosil qilgan maydonning magnit strelkasiga ta'siridan kelib chiqqan. Shunday qilib, harakarlanayotgan zaryadlar o'zlarini o'rab olgan fazoning xususiyatini o'zgartiradi, ya'ni unda magnit maydon hosil qiladi. Bu maydon o'zida harakatlanuvchi zaryadlarga kuch ta'sir qilishida namoyon bo'ladi. Sinov konturi - kishik o'lchamga ega bo'lgan yassi yopiq konturdan oquvchi sinov toki qo'llaniladi (5.1-rasm). Agar konturni normal yo'nalishi bilan tashqi magnit maydon yo'nalishi mos kelmaydigan qilib joylashtirsak, konturni muvozanat holatiga qaytaruvchi aylanma moment hosil bo'ladi. Moment kattaligi bo'lganda o'zining maksimal qiymatiga erishadi. Aylantiruvchi moment berilgan nuqtadagi maydon hamda konturning xususiyatiga bog'liq. Bir nuqtaning o'ziga har xil sinov konturlarini kiritib, ning kattaligi konturdagi tok kuchiga va konturning yuziga to'g'ri proporsional ekanligini aniqlash mumkin. 1-rasm. Magnit maydonning tokli yassi konturga ta'siri konturning magnit momenti deb ataluvchi (1) ifoda bilan aniqlanadi. Kontur tok kuchi va yuzadan tashqari o'zining fazodagi vaziyati bilan tavsiflanadi. Shuning uchun momentning yo'nalishi musbat normal yo'nalishga mos keladigan vektor kattalik sifatida qaraladi: (2) Maydonning berilgan nuqtasida ning qiymatlari bilan bir-biridan farq qiladigan sinov konturlariga turli kattalikdagi aylantiruvchi momentlar ta'sir ko'rsatadi. Lekin nisbat barcha konturlar uchun bir xil bo'lib, bu kattalik magnit induksiyasi () deb ataladi: (3) Magnit induksiyasi vektor kattalik bo'lib, uning yo'nalishi sinov konturiga o'tkazilgan normalning yo'nalishi bilan aniqlanadi. Magnit induksiya vektorining XB tizimidagi birligi Tesla (Tl) deb ataladi. (3) ga binoan magnit maydonning induksiya vektorini quyidagicha ta'riflash mumkin: Magnit maydonning biror nuqtasidagi induksiya vektori deb, maydonning shu nuqtasiga kiritilgan, magnit momenti bir-birlikka teng bo'lgan sinov konturi ga ta'sir qiluvchi maksimal aylantiruvchi kuch momentiga miqdor jihatdan teng bo'lgan fizik kattalikka aytiladi. Magnit maydonni grafik usulda tasvirlash Magnit maydonni grafik usulda tasvirlash uchun magnit induksiya chiziqlaridan foydalaniladi. Magnit induksiya chiziqlari deb shunday egri chiziqlarga aytiladiki, uning har bir nuqtasida magnit induksiya vektori urinma ravishda yo'nalgan. Magnit induksiya chiziqlarining zichligi, ya'ni magnit induksiya vektoriga perpendikulyar joylashgan bir-birlik yuza orqali o'tuvchi induksiya chiziqlarining soni, maydonning ushbu sohasidagi magnit induksiya vektorini miqdor jihatdan xarakterlaydi. Maktab fizika kursidan ma'lumki, yupqa qatlam qilib temir qipiqlari sepilgan kardondan vertical o'tkazilgan to'g'ri tok atrofida vujudga kelgan magnit maydoni markazi vertical o'qda yotgan konsentrika ylanalardan iborat bo'ladi (5.2-rasm). 2-rasm. Magnit induksiya chiziqlarining yo'nalishini aniqlashda parma qoidasidan foydalanamiz: agar o'ng parmaning ilgarilama harakati tokning yo'nalishi bilan mos tushsa, parma dastasining aylanish yo'nalishi magnit induksiya ...

Joylangan
08 May 2024 | 18:07:24
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
263.26 KB
Ko'rishlar soni
135 marta
Ko'chirishlar soni
15 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 14:42
Arxiv ichida: docx
Joylangan
08 May 2024 [ 18:07 ]
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
263.26 KB
Ko'rishlar soni
135 marta
Ko'chirishlar soni
15 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 14:42 ]
Arxiv ichida: docx