Magnit maydonning tokli o'tkazgichga ta'siri

Magnit maydonning tokli o'tkazgichga ta'siri

O'quvchilarga / Fizika
Magnit maydonning tokli o'tkazgichga ta'siri - rasmi

Material tavsifi

8-sinf fizika darsligi asosida 53-mavzu: Amper kuchi Magnit maydonning tokli o'tkazgichga ta'sirini 1820-yilda Amper tajribada aniqlagan. Magnit maydon tomonidan o'tkazgichning to'g'ri qismiga ta'sir etuvchi kuch formulasi va Amperning tajribasi bilan tanisbib chiqamiz. Taqastmon doimiy magnitni gorizontal holda shtativga mahkamlaymiz. Shtativga osilgan o'tkazgichni taqasimon magaitning o'rtasiga joylashtiramiz. Taqastmon doimiy magnitni gorizontal holda shtativga mahkamlaymiz. Shtativga osilgan o'tkazgichni taqasimon magaitning o'rtasiga joylashtiramiz. Bunda o'tkazgichning magnit maydonda joylashgan qismining uzunligini A deb olamiz (149-a rasm). Zanjir ulanganda o'tkazgich harakatga keladi, ya'ni o'tkazgich magnitga tortiladi (149-b rasm). Agar magnitning qutblari almashtirib o'rnatUsa, o'tkaz­gich magnitdan itariladi. Metall (A=a b) qismi F kuch ta'sirida vertikaldan biror burchakka buriladi. Magnit maydon tomonidan shu maydonda joylashgan tokli o'tkaz-gich qismiga ta'sir qiluvchi kuch F, tok kuchi (), o'tkazgich uzunligi (At) ga hamda magnit induksiyasiga to'g'ri proportional bo'ladi. Bu ifoda M.A. Amper sharafiga Amper kuchi deyiladi. Bundan magnit induksiya ifodasini yozamiz: Bu ifodaga ko'ra magnit induksiyaning fizik ma'nosi - bu magnit maydonida perpendikular joylashgan, uzunligi 1 metr va o'tayotgan tok 1 A bo'lgan o'tkazgichga magnit maydon tomonidan ta'sir etayotgan kuchga son qiymati jihatidan teng bo'lgan kattalik: Chap qo'l qoidasi Magnit maydon tomonidan tokli o'tkazgichga ta'sir etuvchi kuchining yo'nalishini chap qo'l qoidasidan foydalanib aniqlash mumkin (150-rasm). Chap qo'lning kaftini unga magnit kuchi chiziqlari tik kiradigan qilib tutib, ochilgan to'rt barmoq tokning yo'nalishi bo'yicha tutib turilsa, 90°ga kerilgan bosh barmoq o'tkazgichga ta'sir etuvchi kuchning yo'nalishini ko'rsatadi. Tokli o'tkazgichlar ham xuddi doimiy magnitlardek o'zaro ta'sirlashadi. Bunga quyidagi parallel toklarning o'zaro ta'sirini kuzatish orqali ishonch hosil qilish mumkin. Tokli o'tkazgichlarning o'zaro ta'sir kuchi Ikkita elastik o'tkazgich olib, ularni vertikal holatda tayanchga mahkamlaymiz (151-a rasm). Agar o'tkazgichlarning yuqori qismini sim orqali ulab, kalitni ulasak o'tkaz-gichlardan qarama-qarshi yo'nalishda tok oqadi (151-b rasm). Natijada o'tkaz­gichlar bir-biridan itarilib, orasidagi masofa uzoqlashadi. Agar o'tkazgichlarni parallel ulasak, ya'ni ulardan bir xil yo'nalishda tok o'tganda, o'tkazgichlar bir-biriga tortiladi (151-d rasm). Qarama-qarshi yo'nalishda toklar o'tayotgan o'tkazgichlar o'zaro itarishadi, bir xil yo'nalishda toklar o'tayotgan o'tkazgichlar o'zaro tortishadi. Tajribalar asosida chiqarilgan bu xulosa A.MAmperga tegishli bo'lib, tok kuchining birligi quyidagicha ta'riflanadi: tok kuchining birligi amper qilib shnnday tok knchi qabul qilinadiki, bu tok ta'sirida uzunligi 1 m bo'lgan parallel o'tkazgichlar o'zaro 2-107 N kuch bilan ta'sirlashadi. Amper kuchining yo'nalishi qanday aniqlanadi? Parallel tokli o'tkazgichlar orasida hosil bo'ladigan o'zaro ta'sir kuchining yo'nalishi qanday aniqlanadi? Tok kuchining birligi amperni ta'riflang? Simyog'och (stolba)larga o'rnatilgan parallel elektr uzatuvchi simlarning bir-biriga yaqinlashishi yoki uzoqlashib ketishini kuzatmaymiz. Buning sababi nima? ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 828.34 KB
Ko'rishlar soni 106 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 14:43 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 828.34 KB
Ko'rishlar soni 106 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga