Magnitlanish turlari va magnetiklarning sinflarga bo'linishi Reja: Magnetiklarning hozirgi zamon sinflari. Diamagnetizm va uning tabiati. Yuqori temperaturali o'ta o'tkazuvchanlikning diamagnit ekanligi. Paramagnetizm va uning qonunlari. Antiferromagnetizm va ferromagnetizmning tabiati. Magnetizmning hosil bo'lishi haqida hozirgi zamon tasavvurlari. Tayanch so'z va iboralar: Magnit tartibsiz moddalar, magnit tartibli moddalar, diamagnit va paramagnit qabul qiluvchanlik, indutsirlangan magnit momenti, doimiy magnit momenti, pretsessiya chastotasi, magnit momentining tashqi magnit maydonidagi harakati, ferromagnit qabul qiluvchanlik, Kyuri -Veyss qonuni, spontan magnitlanish, , domenlar, magnit gisterizisi, magnitostriksiya, magnitoanizatropiya. 1. Magnetiklarning hozirgi zamon sinflari haqida tushuncha. O'zining magnit xossasi jihatdan barcha moddalar yoki magnetiklarni ikki sinfga ajratish mumkin: magnittartibsiz va magnittartibli. Magnit tartibsiz magnetiklarda qandaydir ichki o'zaro ta'sir, yani mikroskopik magnit momentlar orientatsiyasiga olib keluvchi o'zaro ta'sir mavjud bo'lmaydi. Bunday magnetiklarda tashqi magnit maydon bo'lmaganda magnitlanish vektori hamma vaqt nolga teng bo'ladi va magnitlanish faqat tashqi magnit maydon ta'sirida ro'y beradi. Bu guruh, moddalarga izotrop tuzilishga ega bo'lgan moddalar, xususan suyuqlik va gazlar kiradi. Barcha magnit tartibsiz moddalar yana o'z navbatida diamagnetiklar va paramagnetiklarga bo'linadi. Magnittartibli magnetiklarga asosan kristall jismlar kiradi, anizatrop tuzilishga ega bo'lgan moddalar, ularda magnit tartibga olib keluvchi kuch kvant tabiatga ega bo'ladi, ularni almashuvchi kuchlar deyiladi, bu kuchlar tashqi magnit maydoni bo'lmaganda ham makroskopik magnit momentlarnn u yoki bu darajada orientatsiyalaydi. Bunday moddalar noldan farq qiluvchi magnitlanishga ega bo'ladi, shu bilan birga juda katta qiymatga ega bo'ladi. Hozirgi kunda juda ko'p sondagi moddalar magnit tartibli holatga ega ekanligi aniqlandi (ferromagnitlar, antiferromagnitlar, kuchsiz ferromagnitlar, ferromagnetiklar va h.k.). 2. Diamagnetizm. Atomdagi elektronlar orbitasi harakatda ishtirok etishi tufayli modda ichida murakkab mikroskopik toklar manzarasini hosil qiladi. Agar moddani tashqi magnit maydoniga joylashtirsak, bu harakat o'zgaradi. Keyinchalik ko'rsatadiki, elektronlarning orbital harakatining o'zgarishi tashqi magnit maydoniga qarama-qarshi bo'lgan magnit momenti R ga teng bo'lgan qo'shimcha tok I ning hosil bo'lishiga olib keladi (rasm 73) va quyidagi ifoda bilan aniqpanadi: R = - e² r² B4m (1) rasm 73 bu yerda e va m elektron zaryadi va massasi, g- qo'shimcha tokning radiusi (indutsirlangan) momentlarning yig'indisi barcha atomdagi elektronlar uchun Idia=-e²Σg²iV4m (2) Yig'indisi Σg²i ni Σg²i=n0 g²o'rt deb olish mumkin. Bu yerda n0 - hajm birligidagi atomlar soni, g²o'rt - yatomdagi barcha orbitalar bo'yicha o'rtalashtirilgan indutsirlangan tokning radius-kvadrati. Shuvday qilib, : Idia=-e² n0 g²o'rtV4m (3) Bu magnitlanish, yani orbital elektronlarining tashqi magnit maydoni tufayli hosil bo'lgan qo'shimcha indutsirlangan maydon tufayli hosil bo'ladi va uni diamagnetizm deyiladi. Agar indutsirlangan diamagnit momentlar barcha atomdagi elektronlar tomonidan hosil qilinsa, ular maydonga qarshi bo'lsa-da, kompensatsiyalanmaydi, u vaqtda ...

Joylangan
08 May 2024 | 18:07:24
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
59.14 KB
Ko'rishlar soni
127 marta
Ko'chirishlar soni
13 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 14:43
Arxiv ichida: doc
Joylangan
08 May 2024 [ 18:07 ]
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
59.14 KB
Ko'rishlar soni
127 marta
Ko'chirishlar soni
13 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 14:43 ]
Arxiv ichida: doc