Magnitoelektrik tizimli elektr o'lchov asboblarining tuzilishi va ishlash prinsipi. To'g'rilovchi va termoelektrik tizimli asboblar

Magnitoelektrik tizimli elektr o'lchov asboblarining tuzilishi va ishlash prinsipi. To'g'rilovchi va termoelektrik tizimli asboblar

O'quvchilarga / Fizika
Magnitoelektrik tizimli elektr o'lchov asboblarining tuzilishi va ishlash prinsipi. To'g'rilovchi va termoelektrik tizimli asboblar - rasmi

Material tavsifi

Magnitoelektrik tizimli elektr o'lchov asboblarining tuzilishi va ishlash prinsipi.To'g'rilovchi va termoelektrik tizimli asboblar Reja: Magnitoelektrik tizimli elektr o'lchov asboblarining tuzilishi va ishlash prinsipi. Magnitoelektrik tizimli asboblarning afzalliklari va kamchiliklari. To'g'rilovchi (detektorli) tizimli asboblarning tuzilishi va ishlash prinsipi. Termoelektrik sistemali elektr o'lchov asboblari. Tayanch so'z va iboralar: magnitoelektrik tizimli, doimiy magnit, aylantiruvchi moment, sezgirlik, to'g'rilovchi asboblar, qizdirgich, termopara. 1. Magnitoelektrik tizimli elektr o'lchov asboblarining ishlash prinsipi doimiy mangnitning magnit maydoni bilan,shu maydonda joylashgan tokli g'altakning o'zaro ta'siriga asoslangan.Bunday o'zaro ta'sir natijasida aylantiruvchi moment hosil bo'ladi va bu moment elektromagnit kuchga to'g'ri propartsionaldir. (1) (2) bu yerda galtakning uzunligi kengligi yuzasi magnit induksiya, (Tl, N-o'ramlar soni). -aylantiruvchi moment ta'siri natijasida ko'rsatuvchi strelka bo'lguncha biror burchakka buriladi.-qarama-qarshi moment: (3) ifoda orqali aniqlanadi. Bu yerda K-proportsionallik koeffitsenti bo'lib, prujinaning qattiqligiga bog'liqdir, -buralish burchagi. (1), (2) va (3) ifodalardan ni topamiz: (4) (4) ko'rinadiki, magnitoelektrik tizimli elektr o'lchov asboblarida kursatuvchi strelkaning og'ish burchagi g'altak orqali o'tuvchi tok kuchiga proportsionaldir.Shu sababli ushbu asboblar shkalalari bir tekis bo'lib, ishlatishda qulay hisoblanadi. kattalik magnitoelektrik tizimli asbobning sezgirligi deb ataladi. Sezgirlik katta bo'lsa, qo'zg'aluvchan sistemaning bir tekis harakatlanishi uchun zarur tok kuchi shuncha kam bo'ladi.Bunday turdagi asboblar sezgirligi burchakka bog'liq bo'lmasdan, butun shkala bo'yicha doimiydir. Magnitoelektrik tizimli elektr o'lchov asboblarida ko'rsatuvchi strelkaning burilish burchagi, o'lchanayotgan tok yo'nalishiga bog'liq, shu sababli bunday asboblardan o'zgarmas tok zanjirlarida o'lchashlar qilinishi mumkin. Asboblarning qo'zg'aluvchan mexanizmi tinchlantirgichi sifatida g'altak alyuminiy ramkasida induksiyalanuvchi uyurmali toklarning tormozlovchi xossasidan foydalaniladi, chunki Lents qoidasiga ko'ra ramkaning magnit maydoni doimiy magnitning magnit maydoniga qarama-qarshi bo'lib, ramkaning aylanishiga halaqit qiladi va undagi tebranishlarni tez so'ndiradi. Magnitoelektrik tizimli elektr o'lchov asboblari 150-200 mA dan ko'p bo'lmagan tok kuchiga mo'ljallanib ishlab chiqariladi, chunki katta toklarda spiral prujinalarda va o'lchash zanjirlarida qattiq qizish kuzatiladi. Magnitoelektrik asboblarning o'lchash intervalini kengaytirish uchun odatda shuntlardan foydalaniladi. 2.Magnitoelektrik asboblarning quyidagi afzalliklari bor: O'lchashda yuqori sezgirlikka va katta aniqlikka ega. Kam miqdorda xususiy energiya istemol qiladi. Asboblar ishiga tashqi magnit maydoni va temperaturaning kuchsiz bog'liq ekanligi. O'lchash shkalasining bir tekis ekanligi va katta intervalga ega ekanligi.Tok kuchini dan 50 A gacha o'lchay oladi. Qo'zg'aluvchan tizimli tez tinchlana olishi. Uning kamchiliklariga quyidagilarni ko'rsatish mumkin: O'tayuklanishga chidamsiz ekanligi. O'zgaruvchan toklarni o'lchashda maxsus o'zgartirgichlarning zarurligi. 3. Magnitoelektrik tizimli elektr o'lchov asboblari yordamida o'zgaruvchan tok zanjirlarida ham o'lchashlar bajarish mumkin, buning uchun o'zgaruvchan tokni o'zgarmas yoki pulsatsiyalanuvchi o'zgarmas tokka aylantirib olinadi. Detektorli (to'g'rilovchi) va termoelektrik asboblar magnitoelektrik asboblar bilan o'zaro bog'langan holda eng ko'p tarqalgandir. 3.1-rasmda detektorli asbobning o'lchash sxemasi ko'rsatilgan.Bunda magnitoelektrik ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 19.18 KB
Ko'rishlar soni 130 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 14:43 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 19.18 KB
Ko'rishlar soni 130 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga