Maktab fizika ta'limi metologiyasi Reja: 1. Metodologiya so'zining ma'nosi. 2. Fanning metodologiyasi. 3. Metodologiyaning keng vat or ma'nodagi izohi. 4. Fizika o'qitish metodologiyasining maxsus tekshirish metodlari Fanning metodogiyasi-ilmiy bilishning tuzulish prinsiplari, shakli va usullari haqida ta'limot. (metodogiya-yunoncha-metod haqida ta'limot yoki metodlar nazariyasini anglatadi) metodogiya olimlarning ilmiy faoliyatini tahlil qilish, ular qo'llayotgan metodlar va vositalarning umumiy xususiyatlari, ularni taqqoslash va tezlashtirish zamirida yuzaga kelgan. Demak, metodogiya ilmiy bilish faoliyatining mohiyatini ochib beradi. Metodogiya tushunchasi ancha murakkab va har doim ham bir xilda talqin qilinavermaydi. Birinchi novbatda u keng ma'noda-fan metodologiyasi sifatida qo'llanib, barcha ilmiy fanlar uchun ilmiy bilishning falsafaviy tayanchi hisoblanadi. Boshqacha aytganda, metodologiya fan sifatida obyektiv borliqni bilish haqidagi ta'limotdir. Tor ma'noda esa, aniq ilmiy fanlar uchun ilmiy bilish nazariyasini anglatadi. O'zbekiston Respublikasi hukumatining ta'lim tizimini ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotining ustuvor sohasi deb e'lon qilinishi ijtimoiy hayotning barcha sohalarini demokratlashuvi, vatanparvarlashuvi Kadrlar tayyorlash milliy dasturining qabul qilinishi ta'lim tizimini rivojlanishiga asos bo'ldi. Davlat Ta'lim Standartlari va yangi o'quv dasturlarining o'quv tarbiya jarayoniga joriy etishni tashkil etish, bu boradagi hukumat va ta'lim boshqaruv organlarining qaror, buyruq, ko'rsatma va tadbirlarning bajarilish ijrosini nazorat qilish, o'quvchilarning DTSda belgilangan ko'rsatkichlarga erishish darajasini va o'quv dasturlarini o'zlashtirish samaradorligini o'rganish, tahlil qilish hamda tegishli metodik yordam ko'rsatish maqsadida xalq ta'limida monitoring tizimi tashkilashtirildi. Zamonaviy darsga bugungi kunning talab va ehtiyoji nuqtai nazaridan qaraydigan bo'lsak, avvalo u o'zining mustahkam hamda barhayot metodologik asosiga ega bo'lishi lozim. Shundan so'ng dars turlari, tizimi va uning tuzulishi (strukturasi) haqida fikr yurutish o'rinli bo'ladi. Hozirgi kunda 5 yilgacha pedagogik stajiga ega bo'lgan yosh o'qituvchilarning 70% dan ortig'i metodologik yordamga muhtoj. Buning tup sabablari, birinchidan pedagogika kursini o'qitish jarayonidagi metodologik saviyaning etarli emasligi, ikkinchidan o'quv yurti kafedralarining yosh mutaxassislar bilan o'zaro aloqasini sustligi, hamda malaka oshirish tizimida yangi axborot texnologiyasining bo'sh darajada ekanligida. Pedagogika metodogiyasi pedagogik nazariya asoslari va tuzulmasi pedagogik hodisa va jarayonlarning tadqiq qilishdagi yondashuvlar, yangilanayotgan jamiyat sharoitida doimiy o'zgaruvchan pedagogik voqelikni xaqqoniy ifoda etadigan axborotlar olish usullari haqida bilimlar tizimini o'zida mujassamlantiradi. Shaxs manfaati va ta'lim ustuvorligi e'tirof etilgan bir davrda Respublikamizda pedagogika fani erkin shaxsni shakllantirish qonuniyatlari yoshlar shaxsini hayotga moslashtirish shakl va metodlari, mazmuni va tamoyillarini o'rganadi. Pedagogikada metodologik yangilklar (o'zgarishlar) - jamiyat ehtiyoji o'quv tarbiyaviy tizimni yanada rivojlantirish bilan boshqa tomondan pedagogik bilimlarning yangilanish va rivojlanish darajasi bilan belgilanadi. Bugungi kunda pedagogik nazariya va amaliyot muammolarini tadbiq qilish texnologik yondashuv asosida olib borilishi lozim. Pedagogika mutloq texnologik fandir va u ta'lim doirasining barcha qatlamlarini qamrab oladi. Pedagogika fani ...

Joylangan
08 May 2024 | 18:07:24
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
18.88 KB
Ko'rishlar soni
91 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 14:43
Arxiv ichida: doc
Joylangan
08 May 2024 [ 18:07 ]
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
18.88 KB
Ko'rishlar soni
91 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 14:43 ]
Arxiv ichida: doc