Markazdan qochma nasoslarning xarakteristikalari Ish g'ildiragi diametri va aylanishlar soni doimiy bo'lgan nasosning bosimi, quvvati, foydali ish koeffitsiyenti va mumkin bo'lgan vakummetrik so'rish balandligini(kavitatsiya ehtiyotini) suv sarfiga bog'liqligini ko'rsatuvchi grafiklarga nasosning xarakteristikalari deyiladi, yani N=1(Q), N=2(Q), =3(Q) va ∆hm.b.=4(Q). Ishchi xarakteristikalari, laboratoriyalardagi maxsus stendlarda, nasoslar bilan o'tkaziladigan sinovlar natijasiga qarab quriladi(1-rasm). 1-rasm. Markazdan qochma nasosning laboratoriyadagi sinovlar natijasida olingan bosim va energetik xarakteristikalar: o - sinovlar natijasida olingan nuqtalar. Malumki, nasoslarni faqat yuqori F.I.Kida ishlatish tavsiya qilinadi. Demak, nasoslar F.I.Kining hamma qismida emas, balki yo'l qo'yiladigan F.I.Ki qismida ishlashi lozim ekan. Ishchi xarakteristikalari grafiklari, nasoslarni zavod laboratoriyala-rida sinash natijalariga qarab quriladi va ularning pasportlarida keltiriladi. Nazariy va haqiqiy bosim xarakteristikalari. Nazariy bosim deb, gidravlik qarshiliklar yo'q deb faraz qilingan nasosning bosimiga aytiladi(2a-rasm), yani Nn = Ng + ΣΔh (1) 2-rasm. a) b) 2-rasm. Nazariy, haqiqiy(a) va isrof bo'lgan(b) bosim xarakteristikalari: 1, 2, 3 va 4 - mos holda, QAI, QAII, QAII va QAIV suyuqlik sarflarida isrof bo'lgan bosim miqdorlari. Nasosning haqiqiy bosimi deb, nazariy bosimdan gidravlik qarshiliklar natijasida yo'qotilgan bosim ayrimasiga aytiladi(2 a-rasm). Nn = Ng - ΣΔh (2) 2a - rasmdagi AI, AII, AII va AIV ishchi nuqtalari, har xil ko'tarish balandliklariga - NIg, NIIg, NIIg va NIVg mos keladi Quvurlar xarakteristikasi. Ishchi nuqta va ishchi oraliq. Malumki, nasosning to'la bosimi, suv ko'tarish geometrik balandligi bilan, quvurlar sistemasining gidravlik qarshiliklari va yig'indisiga teng. N = Ngeom + ΣΔh (3) Bu yerda: Ngeom - yuqori va pastgi beflar suv sathlari orasidagi geodezik balandlik; ΣΔh - so'rish va bosim quvurlarida, mahalliy hamda uzunlik bo'yicha gidravlik qarshiliklar natijasida, isrof bo'lgan bosim miqdori. Quvurdagi gidravlik qarshiliklarni, quyidagi formula bilan aniqlash mumkin. , ekanligini hisobga olsak. (4) Berilgan quvurlar sistemasi uchun L, D, F, 2g va λ o'zgarmas bo'lganligi cababli, - deb belgilab olamiz. Unda 4 formula, (5) holatga keladi. 3 formulaga 5 formulani qo'ysak, N = Ngeom + KQ2 (6) Quvurlar sistemasining bosim xarakteristikasi formulasi hosil bo'ladi. Formulalardagi: ξ - mahaliy qarshiliklar koeffitsiyenti; λ - quvurlarning gidravlik qarshiliklar koeffitsiyenti; L va D - quvurlarning uzunligi va diametri; F - quvurning jonli kesim yuzasi; K - quvurning ilchamlari va materiallarini ifodalaydigan proportsionallik koeffitsiyenti. Suv sarfining har xil miqdorlarida, 37 formula bilan hisoblangan nuqtalar orqali o'tkazilagan egri chiziq, quvurlar xarakteristikasi deyiladi(3-rasm). Hosil bo'lgan egri chiziq (quvurlar xarakteristikasi) bilan, nasosning bosim xarakteristikasi kesishgan(A) nuqta, nasos qurilmasining ish nuqtasi deyiladi. (4-rasm). 3-rasm. Quvurlar xarakteristikasi. 4-rasm. Nasos qurilmasining ishchi nuqtasi. Malumki nasoslarni faqat yuqori foydali ish koeffitsiyentlarida ishlatish ...

Joylangan
08 May 2024 | 18:07:24
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
325.65 KB
Ko'rishlar soni
118 marta
Ko'chirishlar soni
15 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 14:43
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
08 May 2024 [ 18:07 ]
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
325.65 KB
Ko'rishlar soni
118 marta
Ko'chirishlar soni
15 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 14:43 ]
Arxiv ichida: pptx