Markazga intilma tezlanish

Markazga intilma tezlanish

O'quvchilarga / Fizika
Markazga intilma tezlanish - rasmi

Material tavsifi

7-sinf fizika darsligi asosida 17-mavzu: MARKAZGA INTILMA TEZLANISH Aylana bo'ylab tekis harakatda tezlikning yo'nalishi Sharcha R radiusli aylana bo'ylab tekis harakat qilayotgan bo'lsin. Sharcha o'z harakati davomida Δt vaqt ichida A1 nuqtadan A2 nuqtaga, yana shuncha vaqt ichida A2 nuqtadan A3 nuqtaga o'tsin (50-rasm). Sharcha aylanma harakatda ma'lum Δt vaqt davomida Δs yoyni bosib o'tadi. Δt vaqtni juda kichik deb olsak, shu ondagi oniy tezlikni topishimiz mumkin. Sharcha tekis harakat qilayotgani uchun A1, A2, A3 nuqtalarda uning tezligi son jihatdan bir xil bo'ladi. Lekin ularning yo'nalishi har xil bo'ladi. Aylanma harakat davomida harakat yo'nalishi doimiy o'zgarib turgani uchun, bizni har bir ondagi tezlikning yo'nalishi qiziqtiradi. Buni tekis aylanma harakat qilayotgan pichoq charxlash diskini kuzatib, uchqunlar yo'nalishidan bilib olishimiz mumkin (51-rasm). Uchqunlar diskning pichoq tegib turgan nuqtasiga o'tkazilgan radiusga perpendikulyar, ya'ni aylana yoyiga urinma yo'nalishda uchib chiqayotganligini ko'ramiz. Demak, aylananing har bir nuqtasidagi tezlik, 50-rasmda ko'rsatilganidek, aylana radiusiga perpendikulyar yo'nalishda bo'ladi. Qorli yoki suvli yo'llarda ketayotgan avtomobil g'ildiraklaridan sachrayotgan loysuvning yo'nalishi ham aylanaga urinma ravishda bo'ladi. Aylanma tekis harakatda tezlikning yo'nalishi uzluksiz ravishda o'zgarib turgani uchun hisoblashda uni skalyar emas, vektor kattalik sifatida olishimiz lozim. Aylana bo'ylab tekis harakatda tezlanish To'g'ri chiziqli tekis o'zgaruvchan harakat qilayotgan jism tezlanishida vaqt o'tishi bilan harakat yo'nalishi o'zgarmaydi. Biz faqat tezlik miqdori o'zgarishini va vektor ko'rinishi quyidagicha ekanligini ko'rgan edik: Tekis aylanma harakatda esa tezlik miqdori o'zgarmaydi, faqat yo'nalishi o'zgaradi. Tezlik vektor kattalik bo'lgani uchun ikkita vektorning moduli teng bo'lib, lekin yo'nalishi turlicha bo'lsa, unday vektorlar ayirmasi nolga teng bo'lmasligini bilamiz (52-rasm). Buni 50-rasmda tasvirlangan sharchaning harakatida ko'rsak, Δt vaqt ichida tezlik vektorlarining ayirmasi υ →2 - υ →1 yoki υ →3 - υ →2 noldan farqli bo'ladi. Demak, tezlik vektori o'zgarmoqda. Tezlikning o'zgarishi esa aylanma harakatda tezlanish mavjud ekanligidan dalolat beradi. (1) formuladan sharchaning Δt vaqt ichida A1 nuqtadan A2 nuqtaga o'tishidagi harakat uchun tezlanish quyidagicha ifodalanadi: R radiusli aylana bo'ylab υ → tezlik bilan tekis harakatlanayotgan jismning oniy tezlanishi quyidagicha topiladi: Formuladan aylanma harakatda aylana radiusi qancha kichik bo'lsa, tezlanish shuncha katta bo'lishini ko'rishimiz mumkin. Aylana radiusi kattalashib, to'g'ri chiziqqa yaqinlashgan sari tezlanish qiymati kamayib, nolga yaqishlashib boradi. To'g'ri chiziqli tekis harakatda esa tezlik vektorlari ustma-ust tushadi. Natijada tezliklar qiymati va yo'nalishi bir xil bo'lib, tezlanish nolga teng bo'lib qoladi. Aylanma tekis harakatda tezlanishning yo'nalishi Tekis aylanma harakat qilayotgan sharcha A1 nuqtadan A2 nuqtaga o'tganda tezliklar vektori ayirmasi Δυ → = υ →2 - υ →1 bo'ladi. υ → 2 vektordan υ →1 ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 707.04 KB
Ko'rishlar soni 111 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 14:44 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 707.04 KB
Ko'rishlar soni 111 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga