Marog'a va Samarqand rasadxonalarining ilmiy faoliyati

Marog'a va Samarqand rasadxonalarining ilmiy faoliyati

O'quvchilarga / Fizika
Marog'a va Samarqand rasadxonalarining ilmiy faoliyati - rasmi

Material tavsifi

Marog'a va Samarqand rasadxonalarining ilmiy faoliyati Reja: Nasriddin at-Tusiy Xulaguxon saryining bosh astronomi. Tusiyning Marog'adagi rasadxonasi. Zij Ilhoniy At-Tusiy ilmiy ijodining mahsuli. Ulug'bek va uning rasadxonasi. Ulug'bek astronomik maktabining shakllanishi. Ziji-jididi-Ko'ragoniy Ulug'bek astronomik maktabidan yodgorlik. Ulug'bek maktabi davomchilari. Nasiriddin at-Tusiy - astronom Nasriddin at-Tusiyning to'la ism-sharifi - Nasriddin Abu Jafar Muhammad ibn Muhammad at-Tusiy bo'lib, u Xurosonning Tus shahrida 1201 yilda tug'ildi. Tusiy yoshligida Bag'dodda ta'lim olgan mashhur Kamoliddin Muso ibn Yunusga shogirdlikka tushadi. Matematika va astronomiyadan erishgan bilialari me'yoriga etgach, dastlab Ko'histonning Sertaxt shahrining hokimi Nasriddin Abdarahimning saroyida, so'ngra ismoiliylar sulolasi mamlakatining tog'li rayonida joylashgan qalasi - Alamutda munajjimlik lavozimida ishlaydi. 1256 yili mazkurmamlakat Chingizxonning nevarasi Xuloguxon tomonidan bosib olindi. Asir tushganlar orasida Nasriddin ham bor edi. Bu davrda u 55 yoshda bo'lib, uning astronomiya, matematika va falsafa fanlari bo'yicha erishgan shavkati butun sharqqa taralgan edi. Shu tufayli Xuloguxon uni tezda asirlikdan ozod qilib, saroyga taklif etdi va unga maslahatchi va munajjimlik lavozimlarini inom etdi. Tusiy Xuloguxonning Bag'dodga yurishida hamrohlik qiladi, 1258 yili bu yurishning oqibatida Bag'dod xalifaligi tor-mor qilindi va salkam 500 yil xalifalik qilgan abbosiylar inqirozga uchraydi. 1259 yili Nasriddinning iltimosiga ko'ra, Xuloguxon janubiy Ozarbayjonning poytaxti Marog'ada (Tabriz yaqinida) rasadxona qurdirdi. Xuloguxon saroyga anchagina ma'rifatli kishilarni yig'adi. Jumladan astronom munajjimlarni ham turli harbiy yurishlar va boshqa ma'muriy tadbirlarni amalga oshiradigan omadli kunlarini aniqlash va bunday kunlarni oldindan bildiradigan jadval-goroskop tuzib berishlarini talab etib, saroyga taklif qiladi. Mazkur jadvallarni tuzish malum astronomik kuzatishlarni taqozo qilardi. Bunday kuzatishlarni uyushtirish esa, o'z navbatida, yaxshi jihozlangan rasadxona qurdirishni talab etardi. Aftidan, shunday mulohazalar Nasriddin Tusiy tomonidan Xuloguxonga uqtirilgach u Marog'ada rasadxona qurishga rozilik bergan deb qaraladi. Biroq keyinchalik Nasriddin Tusiyning g'ayrati va shijoati sabab bo'lib, bu rasadxona XII asrning yirik ilmiy markaziga aylangan va tarixida uchmas iz koldirgan. Marogada rasadxona qurilishi bilan bog'liq bir nakl yuradi. Bu haqida tarixchi Chalabiy «Joxonnoma» kitobida shunday yozilgan edi: «Xuja Nasriddin Maroga shaxrida astronomik rasadxona ko'rishga kirishayotib, uning uchun zarur bo'lgan mablag haqida ogiz ochganda, Xulogu undan: «Yulduzlar haqidagi fan xakikatdan xam shu qadar foydalimiki, unga rasadxona qurish uchun shu qadar ko'p mablag sarflashga arzisa?» - deb surabdi. Shunda Nasriddin: «Kimnidir xech kimga bildirmay ushbu tokka chiqishga va u yerdan katta bir tog'orani pastga qarab dumalatib yuborishga ruxsat bersangiz»,- deb surabdi. Xulagu bunga ruxsat bergach, shunday qilishibdi.Togora tog' cho'qqisidan pastga dumalatilganda, u juda kuchli shovqin solib pastga tushibdi. Oqibatda Xuloguxonning askarlari orasida kuchli vahima kutarilibdi. Nasriddin va Xulogu bu hodisadan shubxasiz, xech tashvishga tushishmabdi. Shunda ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 29.39 KB
Ko'rishlar soni 96 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 14:44 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 29.39 KB
Ko'rishlar soni 96 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga