Mashinasozlik zavodining ishlab chiqarish va texnologik jarayonlari

Mashinasozlik zavodining ishlab chiqarish va texnologik jarayonlari

O'quvchilarga / Fizika
Mashinasozlik zavodining ishlab chiqarish va texnologik jarayonlari - rasmi

Material tavsifi

Asosiy tushunchalar. Ishlab chiqarish va texnologik jarayonlar Reja: 1) Ishlab chiqarish jarayoni 2) Mashinasozlik zavodlarining turlari 3) Yakkalab va seriyali ishlab chiqarish 4) Buyum, mahsulot va ularni ishlab chiqarishda qo'yiladigan talablar Atamalar, asosiy tushunchalar, kalit so'zlar: Texnologik jihoz; ishlab chiqarish uskunasi; mahsulotlarni unifikatsiyalash; seriyali, yalpi ishlab chiqarish; Ishlab chiqarish jarayoni. Jamiyatga kerakli bo'lgan mahsulot turli xil xom ashyolardan ishlab chiqarish jarayoni natijasida tayyorlanadi. Ishlab chiqarish jarayoni mahsulot (mashina) tayyorlash uchun mazkur korxonadagi barcha kishilar va mehnat qurollarining birgalikdagi tayor mahsulotga aylanishdagi barcha bosqichlarni o'z ichiga oladi. Ishchi mehnat quroli (jihoz, uskuna, moslama) yordamida mehnat predmetiga (dastlabki xom ashyo, materialga) ta'sir qilib, uni tayyor mahsulotga aylantiradi. Zavodning ishlab chiqarish jarayoni mashina detallarining zagotovkasini tayyorlash, ularga turli ishlovlar berish (mexanik, termik, kimyoviy va boshqalar) sifatini nazorat qilish, yig'ish, sinash, omborlarda saqlash, transportirovka qilish kabi jarayonlarni o'z ichiga oladi. Mehnat jarayoni natijasida mehnat predmeti, yani xom ashyo yoki mahsulot ishchi ishtirokida o'z qiyofasini o'zgartiradi. Tabiiy jarayon - bu inson ishtirokisiz sodir bo'ladigan jarayonlardir, quymaning qotishi, avtomobilning bo'yagandan so'ng quritish va boshqalar. Tabiiy jarayon ishlab chiqarish jarayoni salmogida juda kam salmoqqa ega. Har bir mahsulot ishlab chiqarishning natijasi bilan bog'liq bo'lgani uchun ishlab chiqarish jarayoni asosiy, yordamchi va xizmat ko'rsatuvchi bo'lishi mumkin. Asosiy ishlab chiqarish jarayoni natijasida xom ashyo yoki dastlabki material tayyor mahsulotga aylanadi, uning hajmi korxonaning ishlab chiqarish rejasi bilan belgilanadi. Masalan, detallar tayyorlash, yig'ish birliklarini va mashina tayyorlash va hokazo. Yordamchi ishlab chiqarish jarayonida ishlab chiqarilgan mahsulot zavodning o'zida ishlatiladi. Masalan, Asakadagi UzDEU qo'shma korxonasidagi asbobsozlik tsexi kuzov tsexi uchun shtamplar va turli uskunalar tayyorlab beradi, ishdan chiqqan jihozlarni tamirlaydi. Yani bu tsexning ishlab chiqargan mahsuloti aholiga realizatsiya qilinmaydi, ammo u asosiy ishlab chiqarishning uzluksizligini ta'minlaydi. Har qanday mahsulot jumladan, avtomobillar ham xizmat ko'rsatuvchi ishlab chiqarishga bog'liq bo'lib, ularning asosiy vazifasi asosiy ishlab chiqarishni ta'minlashdir. Ishlab chiqarish jarayonini umumiy holda quyidagicha ko'rinishda ifodalash mumkin: Texnologik jarayon deb xom ashyoning asta-sekin o'zgarib borishida ishchining va mehnat qurolining hamma harakatlarini qamrab olgan ishlab chiqarish jarayonining bir bo'lagiga aytiladi. Texnologik jarayon ishlab chiqarish obyektining shakli, o'lchamlari mexanik xususiyatlari (materialning, zagotovkaning, yarimfabrikatning, detalning) yoki alohida olingan detallarning o'zaro aloqalari o'zgaradi (yig'ish). Odatda texnologik jarayon detalga yoki buyumga nisbatan qaraladi, ishlab chiqarish jarayoni esa - tsexga yoki uchastkaga nisbatan qaraladi. Ko'p miqdordagi bir xil detallarni yoki bir turdagi yig'ish birliklarini tayyorlash texnologiyasini bo'laklarga bo'lganda shunday bo'lish kerakki, ularni bir xil vaqt birligi ichida bir ish joyida bajarish mumkin bo'lsin. Shunday qilib texnologik jarayon o'z navbatida texnologik ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 1.37 MB
Ko'rishlar soni 131 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 14:44 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 1.37 MB
Ko'rishlar soni 131 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga