Massa va uning birliklari

Massa va uning birliklari

O'quvchilarga / Fizika
Massa va uning birliklari - rasmi

Material tavsifi

6-sinf fizika darsligi asosida 14-mavzu: Massa va uning birliklari Siz kundalik turmushda ota-onangiz bilan yoki o'zingiz bozorga borgansiz, albatta. Bozorda sotilayotgan ko'pgina oziqovqat mahsulotlarini tarozida o'lchab sotilishini ham bilasiz. Tarozi yordamida jismlar va narsalarning qanday kattaligi o'lchanadi? Buni tushunish uchun quyidagiga e'tibor beraylik. Qum ortilgan bolalar o'yinchoq avtomobilini joyidan qo'zg'atish osonmi yoki qum ortilgan rosmana avtomobilnimi? Bir tekis g'ildirab kelayotgan o'yinchoq avtomobilni ushlab to'xtatish osonmi yoki rosmana avtomobilnimi? Albatta, har biringiz savolga o'yinchoq avtomobilni deysiz. Boshqa misol olaylik. Sellofan xaltaga solingan shakarni ko'tarish osonmi yoki bir qop shakarnimi? Bunda ham xaltadagi degan to'g'ri javobni olamiz. Demak, jismlar tinch turgan bo'lsa, uni bu holatdan chiqarish uchun ta'sir ko'rsatish kerak. Xulosa qilib aytsak, jismlar yoki narsalar tinch turgan holatini saqlashga intilar ekan. Jismlar xuddi shunday harakat holatini ham saqlashga urinadi. Jismlarning tinch yoki harakat holatini saqlash qobiliyatiga inertlik deyiladi. Lekin bu qobiliyat turli jismlarda turlicha. Bu qobiliyatni o'lchash uchun massa deb ataluvchi fizik kattalik o'ylab topilgan. Jismning inertlik xossasini xarakterlovchi fizik kattalikka jismning massasi deyiladi. Jism massasini o'lchashning usullari ko'p. Shulardan hammaga ma'lumi tarozi yordamida o'lchashdir. Amaliyotda ishlati ladi gan tarozilar turli tipda bo'ladi: o'quv, analitik, elekt ron va h.k. 12-a rasmda o'quv (shayinli), b-rasmda esa elektron tarozi keltirilgan. Yuqorida aytganimizdek, massa birligi 1 kilogramm bo'lib, toshining namunasi Parij yaqinidagi Sevr degan shaharchada saqlanadi (11-rasm). Namuna silindr shaklida bo'lib, balandligi va diametri 39 mm atrofida. Undan 40 ta nusxa tayyor lanib, turli mamlakatlarga tarqatilgan. Jism massasining ko'p yoki kamligi un dagi moddaning yoki narsalarning ko'p-kamligiga bog'liq. Masalan, bir qop yong'oqning massasi bir xalta yong'oqnikidan, 1 chelak suvning massasi 1 piyola suvnikidan ko'p. Narsa va predmetlarning massasini 1 kg ga nisbatan katta va kichik birliklarda ham o'lchash mumkin. Jism massasi tarozida o'lchanadi. Jism massasini o'lchash uchun uning chap pallasiga o'lchanadigan narsa, o'ng pallasiga tarozi toshlari qo'yiladi. Pallaga toshlarni muvozanatga kelguncha tanlab qo'yiladi (12-rasm). Shundan so'ng pallaga qo'yilgan tosh massalari qo' shib hisoblanadi. Shayinli tarozida tortilgan jism massasi uning qizdirilgan yoki sovutilganligiga, qayerda va qachon o'lchanganligiga bog'liq emas. Shu sababli tajribalarda va hisoblashlarda berilgan jismning massasi o'zgarmas (m = const) deb qaraladi. Ko'pincha bozorlarda sabzavotlarni prujinali tarozida tortib sotayotgan sotuvchilarni uchratamiz (13-rasm). Bunday tarozi ichida prujina bo'lib, osilgan yuk ta'sirida cho'ziladi. Tarozining ko'rsatishi prujinaning qattiqyumshoqligiga, kunning issiq yoki sovuq bo'lishiga, normadan ortiq yuk osganda cho' zilib, avvalgi joyiga qaytib bormasdan qolib ketganli giga bog'liq bo'ladi. Bundan tashqari, o'lchashlar, Yerning Shimoliy qutbi yoki ekvatorga yaqin joylarda olib borilganligiga bog'liq bo'lganligidan aniq bo'l maydi. Shu sababli ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 1007.28 KB
Ko'rishlar soni 153 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 14:44 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 1007.28 KB
Ko'rishlar soni 153 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga