Materiallar hossasi va ularning klassifikatsiyasi

Materiallar hossasi va ularning klassifikatsiyasi

O'quvchilarga / Fizika
Materiallar hossasi va ularning klassifikatsiyasi - rasmi

Material tavsifi

Materiallar hossasi va ularning klassifikatsiyasi RYeJA: 1.Materiallar xossasi va ularning klassifikatsiyasi. 2.Cho'zilishni eksperimental tekshirish. 3.Materiallarni statik nagruzka ta'sirida tekshirishdan olingan xarakteristikalari. 1 - Materiallar xossasi va ularning klassifikatsiyasi. Mashina va inshoat qismlari uchun ishlatiladigan materiallar asosan ikki gruppaga bo'linadi: Plastik materiallar; Mo'rt materiallar. Plastik materiallar deformatsiyalanish davrida sezilarli darajada razmerlarini o'zgartirib, o'zilganlarida esa malum darajada qoldiq qoldiradilar. (Po'lat, Mis, Alyumin, Duralyuminiy va boshqa qotishmalar) Mo'rt materiallar esa deformatsiyalanish davrining sezilmasligi va to'satdan uzilishi yoki sinishining qoldiqsiz (qoldiq qoldirsa ham sezilmaslik darajada) bo'lishi bilan xarakterlanadi. (Cho'yan, Beton g'isht, Tosh va boshqalar). Bazi materiallar tashqi sharoitning (bosim, temperatura va boshqalar ta'siriga qarab plastik, hamda mo'rt bo'lishi mumkin). Mashinasozlikda, material tanlashda metallarning mexanikaviy, fizikaviy, texnologik va ximiyaviy xossalariga katta ahamiyat beriladi. Metallarning mexanikaviy xossalariga ularning mustahkamligi, elastikligi, plastikligi, qattiqligi va qovushoqligi kiradi. Fizikaviy xossalariga esa issiqlikdan kengayuvchanligi, zichligi, magnitoviy xossalari, rangi va elektr o'tkazuvchanligi kiradi. Ximiyaviy xossalariga issiqlikka bardosh berish qobiliyati, korroziya bardoshligi va boshqalar kiradi. 11-shakl 12-shakl 13-shakl Texnologik xossalariga esa - bog'lanuvchanligi, payvandlanuv chanligi, kesib ishlash darajasi, toblanish chuqurligi va boshqalar kiradi. Metallarning mustahkamligiga baho berishda ularning solishtirma mustahkamligiga qaraladi. Mustahkamlik chegarasining zichlikka bo'lgan nisbatiga Solishtirma mustahkamlik deyiladi. Qattiqlik jismlarning bir-biriga botish darajasi bilan aniqlanadigan qiymat bo'lib, bir jismning ikkinchi jismni botishiga qarshilik ko'rsatish xususiyatidir. Qovushoqlik - jismni tashqi zarbiy (dinamik) kuchlarga qarshilik ko'rsatish qobiliyatidir. Elektr o'tkazuvchanlik - metallarning elektr oqimiga qarshilik ko'rsatish darajasi bo'lib, elektr qarshiligi kam bo'lgan metallar (mis, alyuminiy) elektr mashinasozligida, elektr qarshiligi yuqori bo'lgan qotishmalar (konstantan, nixrom) deformatsiya natijasida qarshiliklarning o'zgarishiga asoslangan o'lchov asboblarida (datchik) foydalaniladi. Materiallar qarshiligi fanida asosan materiallarning mustahkamlik, plastiklik va elastiklik (elastiklik moduli va Puasson koeffitsiyenti) xarakteristikalar o'rganiladi. Bularni aniqlash, mexanik xarakteristikasini aniqlash talab etilgan materialdan namuna tayyorlanib, uni cho'zilishga yoki siqishga tekshirish yo'li bilan olib boriladi. Cho'zilish va siqilishga tekshirish, o'zining soddaligi bilan boshqa xildagi tekshirishlarga qaraganda keng tarqalgan. 2 - Cho'zilishni eksperimental tekshirish. Buning uchun silindrik yoki prizmatik shakldi namuna tayyorlanadi. Namunaning uzunligi diametr bilan kuyidagicha bog'lanishda bo'lishi kerak. lq10d yoki (lq5d). l q 100Q200 mm - hisob uzunligi. Yassi namuna. Bunda yassi namuna, silindrik namuna razmerlariga fikran keltirib olinadi. Tekis namunaning ko'ndalang kesim yuzi F bo'lsa, shunga teng yuzali doiraviy namuna ko'ndalang kesimining diametri quyidagicha aniqlanadi. Bu turdagi namunaning ishchi uzunligi bilan kesim razmer bog'lanishi quyidagicha bo'ladi. Materiallarning cho'zilishini eksperimental tekshirish universal uzuvchi mashinalarda bajariladi. ¥ozirgi zamon konstruktorlari bunday sinash ishlarini olib borish uchun kam quvvatli mashinalardan (maktab gidravlik pressi) tortib ko'p quvvatli (100 tonnaga qadar) richagli va gidravlik mashinalarga ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 311.64 KB
Ko'rishlar soni 97 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 14:44 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 311.64 KB
Ko'rishlar soni 97 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga