Materiallar qarshiligi fanining asosiy vazifalari Reja: 1. Konstruksiya elementlari haqida tushuncha. 2. Metariallar qarshiligida kabul qilingan cheklanishlar 3. tashqi kuchlar va ularning klassifikatsiyasi. qanday mashina yoki inshoat qurilmasi, kuruvchi va injener oldida uning qismlarini mustahkamligini, ortikcha deformatsiyalanmasligini va ustiforligini ta'minlash masalasi turadi. Buning uchun mashina va inshoat qismlari malum materialdan tayyorlangan bo'lib, tashqi kuchga loyik darajada kesim ulchamlariga va shakllariga ega bo'lishi kerak. Mastaxkamlik - kismning tashqi kuch ta'siridan emirilishga (sinish, uzilish, qisqarish) qarshilik ko'rsatish qobiliyatidir. Deformatsiya deb, jismlarning tashqi kuch ta'siridan o'z razmer va shakllarini uzgartirishiga aytiladi. U elastik va plastik (koldik) bo'ladi. Agar jism tashqi kuch ta'siridan ozod etilganida uzining oldingi holatiga tamomila kaytsa elastik, tamomila qaytmasa koldik deformatsiya deyiladi. Deformatsiya mashina va inshoat qismlarida ish davrida sodir bo'lib, u juda kichik mikdodir. Uni maxsus priborlar (tenzometr) yordamidagina ko'rish mumkin. Deformatsiyani o'rganish mashinasozlikda eng zarur bo'lgan masalani yechishni, yani mashina qismlarini parchalanish sharoitini aniqlash va aksincha qanday sharoitda uzoq muddat ishlashi mumkinligini yani chidamliligini ta'minlashni urgatadi. Ustivorlik kuch ta'sirida deformatsiyalangan kismlarni ozgina bulsa xam muvozanatining buzilishiga (egilishiga) qarshilik ko'rsatish qobiliyatidar. Bunga misol tarikasida veloviped gildiragining kegayi egilishini ko'rish mumkin. Shunday qilib, materiallar qarshiligi fanini kuyidagicha ta'riflash mumkin: Materiallar qarshiligi mashina va inshoot qismlarida tashqi kuch ta'siridan hosil buladigan zurikish va deformatsiyalarni aniqlash metodlarini va ularga loyik darajada qarshilik kursata oladigan o'lchovlarni iqtisod va mustahkamlik nuqtai nazaridan tanlashni urgatadigan fandir. Bu fan nazariy mexanika qonunlariga asoslanadi.Materiallar qarshiligi fani hozirgi zamon dunyo fani va texnikasining rivojida katta ahamiyatga ega. Texnikaning rivojida ¤rta Osiyo olimlaridan mashqur Abu Ali al Xusayn Ibn Abdullox Ibn Sinoning (980-1087) «aql mezoni» asarida keltirilgan oddiy sistemalar, yani chigiriklar, richaglar, bloklar, vintlar va ponalardan tuzilgan mexanizmlarning qismlarini mustahkamlik hisobi, ishlash prinsipi va yasash metodining bayon etishi, Abu Yusuf al-Xorazmiy (X asr) ning «Ilmlarning kaliti» nomli kitobi Ismoil al Jozoirning (XII - XII asr) «Injenerlik mexanikasini bilish» kitob materiallar qarshiligi fanini fan sifatida tanilishiga turtki bo'lganligini ko'rish mumkin. Keginchalik italyan olimi Leonardo da Vinchi Materiallar va ularning mustahkamligi to'g'risida fikr yuritgan va tajribalar o'tkazgan. Lekin ko'p vaqtgacha keng ommaga tarkalmagan. «Materiallarning mustahkamligi tuІrisida» gi kitob 1638 yili itolyan olimi Galileo Goliley tomonidan yozildi. Materiallar qarshiligi fanining rivojlanishiga XYII asrda R.Guk, Ya.Bernulli, Sen Venan, L.Eyler, M.V.Lomonosov, XIX asrda rus olimlaridan D.I.Jurovskiy, F.S. Yasinskiy; XX asrda ¤zbekiston olimlari X.A.Raxmatulin, M.T.Urozboev, X.X.Usmonov, Xodjaev, K. Mansurov, T.Rashidov va boshqalar o'z xissalarini qo'shganlar. Konstruksiya elementlari haqida tushuncha. Mashina va inshoatlar qanday vazifalarni bajarishidan katiy nazar, ularning tarkibidagi kismlar asosan to'g'ri va egri sterjenlar, ...

Joylangan
08 May 2024 | 18:07:24
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
13.41 KB
Ko'rishlar soni
150 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 14:44
Arxiv ichida: doc
Joylangan
08 May 2024 [ 18:07 ]
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
13.41 KB
Ko'rishlar soni
150 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 14:44 ]
Arxiv ichida: doc