Materiallarning charchash xollari va chidamlilik tushunchasi Reja: 1. Namunani dinamik nagruzkaga sinash. 2. Eksperimental tekshirishning ahamiyati va prinsipi 3. Chuzilish va siqilish deformatsiyasini elektrotenzometr yordamida aniqlash. Mashina qismlarining bazi elementlari harakat davrida uzgaruvchan nagruzka (chuzilib siqilish, tebranma buralish, tebranma egilish va boshqalar) da ishlashi mumkin. Masalan: vagon uqi, rassorlar, prujinalar, gaz taqsimlash mexanizmi shtoklari tikuv mashinasining chulnok vali va boshqalar uzgaruvchan harakat ta'sirida buladilar. Bu vaqtda sterjen kesim yuzasida bo'lgan kuchlanishning ruxsat etilganidan kichik bo'lishiga qaramay sinib ketish xollari vujudga keladi. Charchash metallni qovushqoq holatidan sekin-asta murt holatiga utishi bilan xarakterlanadi. Sinish hodisasi, harakat davrida sterjen sirtida hosil buladigan mayda darzlar va shu uchastkada zuriqishning borgan sari ortishi (mahalliy zuriqish kontsentratsiyasi) darzlarning kattalashishi natijasida sodir bo'ladi. Sterjen singanda xam qolgan uchastkalarning mustahkamligi etarli bo'lishi mumkin. Buning sababi sterjen sirtidagi darzlarning kupchiligi to'g'ri kelgan kesimga umumiy kuch ta'sirini ortishi, yani ichki kuchni kontsenratsiyalanishi sabab bo'ladi. Kuchlarning kontsentratsiyalanishi asosan pogonali sterjenlarning bir kesim yuzadan ikkinchi kesimga utish uchastkasida va detal sirtida olingan teshik va kertiklar atrofida sodir bo'ladi. Bunda kuchlanish normal yuzadagiga nisbatan 2-3 barobar ortib ketishi mumkin. Kuchlarning kontsentratsiyalanishiga detal sirtining tozalanmaganligi xam sabab bo'lishi mumkin. (62-shakl). Mashina qismlarini bunday kuchga chidamliligini oshirish maqsadida, detal sirtlari yaxshi tozalanadi va statik kuch ta'sirida tajriba yo'li bilan olingan mustahkamlik chegaralari biroz kamaytirilib, extiyotlik koeffitsiyenti orttirib olinadi. Detallarning uzgaruvchan nagruzkada deformatsiyalanishiga dinamik faktor deb qarash mumkin. Chunki kuchning o'zgarishi noldan maksimumgacha yoki manfiy qiymatdan musbat qiymatgacha o'zgarishi detalni charchashga olib kelsa, ikkinchi tomondan shu vaqtda detal kesim yuzasida kuchlanish hisobdagidan bir necha marotaba ortib ketishi mumkin. Bunday holda sterjenning mustahkamligini ta'minlash uchun statik nagruzka uchun olingan ruxsat etilgan kuchlanishni ([sst]) malum qiymatga kamaytirib olinadi. Kamaytirish soniga (ad) dinamik koeffitsiyent deyiladi. [s]stag=[s]g Demak, dinamik kuchlanish ta'siridan sterjenlarning mustahkamlik sharti quyidagicha yoziladi: smax= Bunda ¢k Tanlangan kesim yuza, detalni charchash xolini hisobga olib kattalashtirilgan yuza bo'ladi. Namunani dinamik nagruzkaga sinash. Mashina qismlari ishlash jarayonida zarbiy nagruzkalar ta'siriga duch kelsa, bunday detalni statikaviy nagruzka ta'sirida sinab ko'rishdan tashqari, dinamikaviy nagruzka ostida xam sinab ko'rish talab etiladi. Chunki bazi detallarning statikadiy mustahkamligi etarli bo'lib, dinamikaviy nagruzkalarda tezda emiriladilar. (chuyan, yumshoq pulat va boshqalar) . Bunday materiallardan tayyorlangan maxsus namuna (63-shakl, b) zarb ta'sirida egilishga sinab uning qovushqoqligi aniqlanadi. Јovushqoqlikka sinash mayatnikli kopyor deb ataluvchi mashinada bajariladi.(63-shakl, a) Bunda sinaladigan namuna kopyorning tayanchlariga, kesik tomonini mayatnik tushadigan tomoniga teskari qilib urnatiladi. sgirligi Q va uzunligi bo'lgan mayatnik (A) N, balandlikka kutariladi, bu vaziyatda mayatnikda potentsial energiya zapasi hosil bo'lib, ...

Joylangan
08 May 2024 | 18:07:24
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
19.51 KB
Ko'rishlar soni
96 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 14:44
Arxiv ichida: doc
Joylangan
08 May 2024 [ 18:07 ]
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
19.51 KB
Ko'rishlar soni
96 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 14:44 ]
Arxiv ichida: doc