Termodinamikaning birinchi qonuni

Termodinamikaning birinchi qonuni

O'quvchilarga / Fizika
Termodinamikaning birinchi qonuni - rasmi

Material tavsifi

Termodinamikaning birinchi bosh qonuni Reja: 1.Termodinamikaning birinchi bosh qonuni 2.Issiqlik mashinalari va ularning foydali ish koeffisienti. 1.Termodinamikaning birinchi bosh qonuni. Termodinamkianing birinchi bosh qonuni quyidagicha ta'riflanadi: termodinamik sistema bir holatdan ikkinchi holatga o'tganda uning ichki energiyasining o'zgarishi sistemaga berilgan issiqlik miqdori bilan tashqi kuchlarning sistema ustida bajargan ishining yig'indisiga teng, yani: (63) bunda -sistema ichki energiyasining o'zgarishi; -sistemaga berilgan issiqlik miqdori; -sistema ustida tashqi kuchlarning bajargan ishi. Agar ishni sistema tomonidan bajarilgan deb qaralsa, u holda birinchi qonuni quyidagicha ta'riflanadib: sistemaga berilgan issiqlik miqdori sistema ichki energiyasining o'zgarishiga hamda sistemaning tashqi kuchlarga qarshi bajargan ishiga sarflanadi, yani (63a) bunda -sistema tomonidan bajarilgan ish. Agar sistema bir holatdan ikiknchi holatga o'tib, yana davriy ravishda birinchi holatga o'zgarishsiz qaytsa, sistema ichki energiyasining o'zgarishi bo'ladi. U holda tenglik quyidagi ko'rinishga keladi: (64) Bundan o'zi olgan energiyadan ortiq ish bajara oladigan davriy harakatlanuvchi mehanizm yaratish mumkin emasligi kelib chiqadi. Shunday qilib, termodinamikaning birinchi bosh qonuni yana quyidagicha ta'riflash mumkin: o'zi olgan energiyadan ortiq ish bajara oladigan davriy harakatlanuvchi mehanzim (birinchi tur abadiy dvigatel) ko'rish mumkin emas. 2.Issiqlik mashinalari va ularning foydali ish koeffisienti. Ichki energiyani mehanik energiyaga aylantirib beruvchi mashinalar issiqlik mashinalari yoki issiqlik dvigatellari deb ataladi. Barcha ko'rinishdagi issiqlik dvigatellarida yoqilgining energiyasi avval gazning (yoki bugning) energiyasiga aylanadi. So'ng gaz kengayib ish bajaradi va soviydi, uning ichki energiyasi harakatlanuvchi mehanizm (porshen) ning mehanik energiyasiga aylanadi. Issiqlik mashinalarida aylanma jarayon deb ataladigan jarayonlarda ichki energiyaning mehanik energiyaga aylanishi amalga oshadi. Sistema qator holatlarni o'tish natijasida o'zining dastlabki holatiga qaytadigan jarayon aylanma jarayon deyiladi. Aylanma jarayon sifatida quyidagi jarayonni ko'rib chiqaylik.Faraz qilaylik, biror massali gaz egri chiziq bilan ifodalanuvchi qator holatlardan o'tib kengaygan bo'lsin. So'ng egri chiziq bilan ifodalanuvchi holatdan o'tib siqilgan va boshlang'ich holatiga qaytgan bo'lsin. ta'rifga asosan, aylanma jarayon grafikda berk egri chiziq bilan ifodalanishini ko'ramiz. Aylanma jarayonda gaz bajargan ish kengayishda bajarilgan ish (bu ish musbat, uni gaz bajaradi va son jihatdan 1a2dc1 shaklning yuziga teng) bilan siqilishida bajarilgan ish (bu ish manfiy, uni tashqi kuchlar bajaradi va son jihatdan shaklning yuziga teng) ayirmasiga teng bo'ladi: va ikkala shakllar yuzlarini farqi bilan, yani berk egri chiziq bilan chegaralangan shaklning yuzi bilan ifoadalanadi. Issiqlik mashinalarida bunday aylanma jarayon davrii ravishda takrorlanib turadi va har bir aylanma jarayonda biror ish bajariladi. 1824 yilda fransuz injeneri va olimi Sadi Karno issiqlik mashinasining ishlash prinsipini va samaradorligini nazariy o'rganib, har qanday issiqlik mashinasining ishlashi uchun ishchi jism, isitkich va sovitkich bo'lishi zarurligini ko'rsatdi. Karno tomondan tavsiya ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 45.17 KB
Ko'rishlar soni 241 marta
Ko'chirishlar soni 14 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 15:19 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 45.17 KB
Ko'rishlar soni 241 marta
Ko'chirishlar soni 14 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga