Maydoniy tranzistorlar

Maydoniy tranzistorlar

O'quvchilarga / Fizika
Maydoniy tranzistorlar - rasmi

Material tavsifi

Maydoniy tranzistorlar ══ Reja: Umumiy ma'lumotlar MT statik xarakteristikalari MT asosiy parametrlari Kanali induksiyalangan MDYa - tranzistorlar Kanali qurilgan MDYa - tranzistorlar 1. Umumiy ma'lumotlar Maydoniy tranzistor (MT) deb, tok kuchi qiymatini boshqarish ychun o'tkazuvchi kanaldagi elektr o'tkazuvchanligikni o'zgartirish hisobiga elektr maydon o'zgarishi bilan boshqariladigan yarim o'tkazgichli aktiv asbobga aytiladi. Maydoniy tranzistorlar turli elektr signallar va quvvatni kuchaytirish uchun mo'ljallangan. Maydoniy tranzistorlarda bipolyar tranzistorlardan farqli ravishda tok tashkil bo'lishida faqat bir turdagi zaryad tashuvchilar ishtirok etadi: yoki elektronlar, yoki kovaklar. Shuning uchun ular yana unipolyar tranzistorlar deb ham ataladi. Maydoniy tranzistorlarning tuzilishi va kanal o'tkazuvchanligiga ko'ra ikki turi mavjud: r-n o'tish bilan boshqariladigan maydoniy tranzistor hamda metall - dielektrik - yarim o'tkazgichli (MDYa) tuzilishga ega bo'lgan zatvori izolyatsiyalangan maydoniy tranzistorlar. Ular MDYa- tranzistorlar deb ham ataladilar. R-n o'tish bilan boshqariladigan maydoniy tranzistor. 5.1 - rasmda n-kanalli r-n o'tish bilan boshqariladigan maydoniy tranzistorning tuzilishining qirqimi (a) va uning shartli belgisi (b) keltirilgan. a) b) 5.1 - rasm. n-turdagi soha kanal deb ataladi. Kanalga zaryad tashuvchilar kiritiladigan kontakt istok (I); zaryad tashuvchilar chiqib ketadigan kontakt stok (S) deb ataladi. Zatvor (Z) boshqaruvchi elektrod hisoblanadi. Zatvor va istok oralig'iga kuchlanish berilganda yuzaga keladigan elektr maydoni kanal o'tkazuvchanligini, natijada kanaldan oqib o'tayotgan tokni o'zgartiradi. Zatvor sifatida kanalga nisbatan o'tkazuvchanligi teskari turdagi soha qo'llaniladi. Ishchi rejimda u teskari ulangan bo'lib kanal bilan r - n o'tish hosil qiladi. Kanalning o'tkazuvchanligi uning qarshiligi bilan aniqlanadi , bu yerda - kanal materialining solishtirma qarshiligi, l- uzunligi, S - kanalning ko'ndalang kesim yuzasi. Tashqi kuchlanish mavjud bo'lmaganda kanal uzunligi bo'ylab zatvor ostidagi kanalning ko'ndalang kesim yuzasi bir xil bo'ladi. Berilgan qutblanishda zatvor va istok oralig'iga tashqi kuchlanish berilsa o'zi r-n o'tish teskari yo'nalishda siljiydi, kanal tomonga kengayadi, natijada kanal uzunligi bo'ylab kanalning ko'ndalang kesim yuzasi bir tekis torayadi. Kanal qarshiligi ortadi, lekin chiqish toki IS = 0 bo'ladi, chunki USI=0 (5.2 a - rasm). Agar istok va stok oralig'iga kuchlanish manbai ulansa, u holda kanal bo'ylab istokdan stok tomonga elektronlar dreyfi boshlanadi, yani kanal orqali stok toki IS oqib o'ta boshlaydi. Kuchlanish manbai USI ning ulanishi r-n o'tish kengligiga ham ta'sir ko'rsatadi, chunki o'tish kuchlanishi kanal uzunligi bo'ylab turlicha bo'ladi. Kanal potentsiali uning uzunligi bo'ylab o'zgaradi: istok potentsiali nolga teng bo'lib, stok tomonga ortib boradi, stok potentsiali esa USI ga teng bo'ladi. R-n o'tishdagi teskari kuchlanish istok yaqinida ga, stok yaqinida esa teng bo'ladi. Natijada o'tish kengligi stok tomonda kattaroq bo'lib, kanal kesimi stok tomoga kamayib boradi (5.2. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 116.79 KB
Ko'rishlar soni 201 marta
Ko'chirishlar soni 33 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 14:45 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 116.79 KB
Ko'rishlar soni 201 marta
Ko'chirishlar soni 33 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga