Maykelson interferometri. Ko'p nurli interferensiya Reja: Jamen va Maykelson interferometrlari Fabri-Pero interferometri Yorug'lik interferensiyasining amaliy ahamiyati Jamen va Maykelson interferometrlari Interferensiya hodisasiga asoslanib ishlaydigan qurilmalarga interferometrlar deyiladi. Interferometrlar ishlash prinsipi va tuzilishiga asosan ikki nurli va ko'p nurli interferometrlarga bo'linadi. Ikki nurli interferometrlarga Jamen va Maykelson interferometrlari, ko'p nurli interferometrlarga Fabri-Pero interferometrlari misol bo'la oladi. Biz quyida shu interferometrlarga qisman to'xtalamiz. Bu interferometr qalinligi d bir xil bo'lgan ikkita yassi shisha plastinkadan iborat (2.1-rasm). Yorug'lik birinchi plastinkaga tushib qisman qaytadi va qisman plastinkada sinib uning ikkinchi sirtidan qaytadi. Nurlar yo'li chizmada ko'rsatilgan. A nuqtada nurlarning ajralishidan yo'llar farqi hosil bo'ladi: . Nurlar В nuqtada uchrashganda yo'llar farqi ortadi. d - plastinkalar qalinligi, n - sindirish ko'rsatgichi. Agar plastinkalar bir-biriga nisbatan qat'iy parallel va bir xil bo'lsa, yo'llar farqi nol (=0) bo'ladi. Agar plastinkalar orasida juda kichik burchak hosil bo'lsa, yo'llar farqi quyidagiga teng bo'ladi: bu yerda . 1-rasm. Jamen interferometri. burchak qancha kichik bo'lsa, qo'shni maksimumlar bir-biridan shuncha uzoqroq bo'ladi. Birorta nurning tarqalish sharti o'zgarsa, interferension manzara buziladi. Birorta nurning yo'liga gaz bilan tuldirilgan K kyuvetani joylashtirib, uning sindirish ko'rsatgichini aniqlash mumkin. Kyuvetadagi bosimni o'zgartirib, sindirish ko'rsatgichiga bosimning ta'sirini (yoki temperaturaning ta'sirini) o'rganish mumkin. Agar bo'lsa yoritilganlik maksimum, bo'lsa minimum bo'ladi. Hosil qilingan interferension yo'llar teng og'ishga tegishlidir. Nurlar birinchi plastinkadan ikkinchisiga o'tishda ko'proq ajralishi uchun plastinkalar qalin qilib yasaladi. - modda qalinligi. Agar bo'lsa u vaqtda interferension yo'llarning hammasi m - interferension yo'l kattaligiga siljiydi. m, larni bilib, ni bilish mumkin. ga teng. Havoning sinish ko'rsatkichi ni ya'ni moddaning sindirish ko'rsatkichini aniqlash mumkin. Bu interferometrning sezgirligi katta, shuning uchun u gazlar sindirish ko'rsatkichini aniqlashda ishlatiladi[13]. Maykelson interferometri Interferension manzaralar hosil qiluvchi qurilmalar ko'p. Bunday qurilmalardan biri fan tarixida muhim rol o'ynagan Maykelson interferometridir. Maykelson interferometrining chizmasi 2.2-rasmda keltirilgan. L manbadan chiqayotgan dasta yupqa kumush yoki alyuminiy qatlami qoplangan Р1 plastinkaga tushadi. Р1 plastinka orqali o'tgan АВ nur S1 ko'zgudan qaytadi va yana Р1 plastinkaga tushib, qisman undan o'tadi va qisman АО yo'nalishda qaytadi. АС nur S2 ko'zgudan qaytadi va Р1 plastinkaga tushib qisman АО yo'nalishda o'tadi. AO yo'nalishda tarqalayotgan ikkala (1 va 2) to'lqin L manbadan chiqayotgan ajratilgan to'lqinlar bo'lgani uchun ular o'zaro kogerent bo'ladi va bir-biri bilan interferensiyalasha oladi. 2 nur Р1 plastinkani uch marta, 1 nur esa bir marta kesib o'tgani uchun, 1 nur yo'liga Р1 plastinka bilan bir xil bo'lgan Р2 plastinka qo'yiladi: bu plastinka oq yorug'lik bilan ishlaganda muhim bo'lgan qo'shimcha yo'l farqini kompensatsiyalash maqsadida ...

Joylangan
08 May 2024 | 18:12:51
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
161.56 KB
Ko'rishlar soni
115 marta
Ko'chirishlar soni
20 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 14:45
Arxiv ichida: docx
Joylangan
08 May 2024 [ 18:12 ]
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
161.56 KB
Ko'rishlar soni
115 marta
Ko'chirishlar soni
20 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 14:45 ]
Arxiv ichida: docx