Metallarda elektr toki

Metallarda elektr toki

O'quvchilarga / Fizika
Metallarda elektr toki - rasmi

Material tavsifi

8-sinf fizika darsligi asosida 40-mavzu: TURLI MUHITLARDA ELEKTR TOKI Elektr tokini o'tkazish xususiyatiga ko'ra, moddalar bir necha turlarga bo'linadi: o'tkazgichlar, yarimo'tkazgichlar va dielektriklar. Moddalar turli agregat holatlarida, ya'ni qattiq, suyuq yoki gaz holatlarida elektr tokini o'tkazishi yoki o'tkazmasligi mumkin. Mazkur bobda biz metallarning, elektrolitlarning va gazlarning elektr tokini o'tkazish tabiatini o'rganishga batafsil to'xtalamiz. Erkin elektronlarning tartibsiz harakati Qattiq jismlarning, jumladan, metallarning atomlari tartibli davriy strukturali kristaU panjarani tashkil etadi. Kristall panjarada atomlar joylashgan nuqtalar tugunlar deyiladi. Metall atomida eng chetki orbitadagi elektronlar yadro bilan kuchsiz bog'langan bo'ladi. MetaUardagi bunday elektronlar o'z atomini tark etib, erkin harakatlanuvchi elektronlarga aylanadi, atomlar esa musbat ionga aylanib qoladi. Ion - elektroni ortiqcha yoki elektron yetishmaydigan atom. Metall atomlarining joylashish strukturasi kristall panjara tuzilishida bo'lib, panjara tugunlarida musbat zaryadli ionlar joylashadi. Masalan, alohida mis (Cu) atomi yadrosida 29 ta musbat zaryadli proton bo'lib, yadro atrofida 29 ta manfiy zaryadli elektron turli orbitalarda harakatlanadi. Bunday atomlardan mis kristali hosil bo'lishida atomlarning eng chetki orbitadagi elektroni, yadro bilan juda kuchsiz bog'langanligi sababli u atomni tark etib metall kristali bo'ylab deyarli erkin ko'chib yuradi. Hosil bo'lgan erkin harakatlanuvchi elektronlar gaz molckulalari kabi issiqlik harakatida, ya'ni tartibsiz harakatda bo'ladi (102-rasm). Elektr maydonda erkin elektronlar harakati O'tkazgich uchlarini elektr manbaining musbat va manfiy qutblariga ulasak, o'tkazgich uchlari orasida elektr maydon hosil bo'ladi. Bu maydon ta'sirida erkin elektronlar manbaning musbat qutbi tomon harakat qiladi (103-rasm). Metallning musbat ionga aylangan atomlari esa o'z joyida qo'zg'almasdan turaveradi. Natijada elektronlarning tartibli harakati tufayli o'tkazgichda elektr toki hosil bo'ladi. Metallarda elektr toki erkin elektronlarning tartibli harakatidan iboratdir. Metallarda elektronlarning ko'chishi Metallardagi elektr o'tkazuvchanlikni birinchi bo'lib nemis fizigi K.Rikke 1901-yilda aniqlagan. Uning tajribasi quyidagicha. Dastlab, u o'ta silliqlangan uchta mis-aluminiy-mis silindrlarini olib, ularning har birining massasini o'lchagan, so'ngra ularni bir-biriga jips qilib joylashtirib elektr zanjirini hosil qildi (104-rasm). Ulardan bir xil yo'nalishda bir yil davomida muttasil tok o'tkazib turilgan. Tajriba yakunida siliadrlami uzluksiz o'lchanganda ularning massasining o'zgarmaganligi aniqlangan. Rikke tajriba natijalari asosida quyidagi xulosalarga keldi: 1) metallardan tok o'tganda zaryadlar ko'chishi kimyoviy jarayonni vujudga keltirmaydi; 2) barcha metallar uchun umumiy bo'lgan zaryad tashuvchilar mavjud bo'lib, ular erkin elektronlar bo'lishi mumkin. Metallarda elektr tokini elektronlar tashishi keyinchalik L.I. Mandelshtam va N.D. Papaleksi, P. Tolman va T. Styuart tajribalarida isbotlandi. Elektr tokining yo'nalishi Elektr zanjirdan tok o'tayotganini galvanometr yoki ampermetr yordamida aniqlash mumkin. Galvanometrni elektr zanjirga dastlab 105-a rasmda ko'rsa tilganidek ulaylik. Kalit ulanganda, galvanometr ko'rsatkichi 0 raqamidan o'ng tomonga og'adi. Demak, o'tkazgichdan tok o'tmoqda. Buni zanjirga ulangan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 725.44 KB
Ko'rishlar soni 122 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 14:45 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 725.44 KB
Ko'rishlar soni 122 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga