Metallarga bosim bilan ishlov berish

Metallarga bosim bilan ishlov berish

O'quvchilarga / Fizika
Metallarga bosim bilan ishlov berish - rasmi

Material tavsifi

Metallarga bosim bilan ishlov berish mavzusini zamonaviy innovatsion texnologiyalar asosida o'qitish KIRISH. «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» ining maqsadi - ta'lim sohasini tubdan isloh qilish, uni о'tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan tо'la xalos etish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida, yuksak ma'naviy va ahloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash Milliy tizimini yaratishdir. Milliy dasturning maqsad va vazifalari bosqichma-bosqich rо'yobga chiqariladi. Uchinchi bosqich (2005 va undan keyingi yillar)-tо'plangan tajribani tahlil etish va umumlashtirish asosida, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish istiqbollariga muvofiq kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish va yanada rivojlantirish. Bu bosqichda ta'lim muassasalarining resurs, kadrlar va axborot bazalari yanada mustahkamlanadi, о'quv-tarbiya jarayoni yangi о'quv-uslubiy majmualar, innovatsion, pedagogik texnologiyalar bilan tо'liq ta'minlanishi bilan kо'zda tutiladi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirish bosqichlarini chuqur tahlil qilish hamda respublikamizda va xorijiy mamlakatlarda kasb ta'limini rivojlantirish borasida olib borilgan ilmiy, amaliy tadqiqotlarning tahlili shuni kо'rsatadiki, kasb-hunar kollejlarida kichik mutaxassislarni tayyorlash muammolari hamda ta'lim jarayoniga yangi innovatsion pedagogik texnologiyalarni qо'llash muammolari R.H.Djurayev, E.T.Choriyev, H.F.Rashidov, О'.Q.Tolipov, R.Q.Choriyev, A.A.Shoyusupova va boshqalarning ishlarida pedagogik muammo sifatida о'rganilgan. Mavzuning dolzarbligi. Yuqorida qayd etilgan adabiyotlar tahlili shuni kо'rsatadiki, kasb-hunar kollejlarida ta'lim sifati va samaradorligini oshirish maqsadida zamonaviy innovatsion ta'lim va axborot texnologiyalarini о'qitish jarayoniga qо'llash, shuningdek metallarga bosim bilan ishlov berish mavzusini о'qitishda innovatsion texnologiyalardan foydalanish va unga oid uslubiy tavsiyalar ishlab chiqish hozirda eng dolzarb muammolardan biri bо'lib qolmoqda. Bitiruv malakaviy ishning maqsadi: Мehnat ta'limi darslarida va sinfdan tashqari mashg'ulotlarda Metallarga bosim bilan ishlov berishni o'qitish bilan o'quvchilarni kasb-hunarga yo'llash, dars samaradorligini oshirish, o'quvchi-larning ijodkorligini o'stirish. Bu maqsaddan kelib chiqqan holda bitiruv malakaviy ishning vazifalari quyidagilardan iborat: - dars samaradorligini oshirish; - o'quvchilarning ilmiy dunyoqarashini shakllantirish; - o'quvchilarni ijodkorlik ishlariga jalb qilish; - milliy qadriyatlar asosida Metallarga bosim bilan ishlov berish asoslarini o'rganish; - o'quvchilarni ongli kasb tanlashga yo'llash; Bitiruv malakaviy ishning predmeti: mamlakatimiz prizedenti tomonidan ta'lim tarbiya sohasida, umuman xalq xo'jaligi fan, madaniyat bo'yicha chiqarilayotgan qonunlar, farmonlari mehnat ta'limiga oid bo'lgan o'quv adabiyotlarni, jurnallarni o'rganish. Maqsad va vazifalardan kelib chiqqan holda ilmiy tadqiqot ishimiz gipotezasi quyidagicha bo'lishi mumkin, agar: - mehnat ta'limi darslarida va sinfdan tashqari mashg'ulotlarda Metallarga bosim bilan ishlov berishni o'rgatish bilan kasb - hunarga yo'llash uzviy ravishda olib borilsa; - mehnat ta'limi darslarini va sinfdan tashqari mashg'ulotlarni Metallarga ishlov berishga bog'lab olib borilsa; Tadqiqot ob'ekti etib Qarshi shahridagi 29-umumiy ta'lim maktabi tanlandi. Tadqiqot ishimiz imliy metodik yangiligi kasb-hunar ta'limida mashinasozlik texnologiyasini o'qitish jarayonida hamda sinfdan tashqari mashg'ulotlarda turli xil o'qitish metodlaridan foydalanib metallarga bosim bilan ishlov berishga oid ma'lumotlarni ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 717.86 KB
Ko'rishlar soni 149 marta
Ko'chirishlar soni 22 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 14:45 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 717.86 KB
Ko'rishlar soni 149 marta
Ko'chirishlar soni 22 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga