Metallarni bosim bilan ishlash nazariyasi Reja Metallarni bosim bilan ishlash nazariyasi asoslari Metallarning kristall tuzilishi Bosim ta'sirida metallda hosil bo'ladigan deformatsiyalar Metallarni bosim bilan ishlash jarayonida metall murakkab shakl o'zgarishiga duchor qilinadi. Bunda kuchlangan - deformatsiyalangan holatni tahlili haqiqiy jarayonni kechishi haqidagi soddalashtiruvchi ilmiy faraz (gipoteza)lar kiritmasdan mumkin bo'lmaydi. Shu boisdan kuchlangan - deformatsiyalangan holatni analitik usulini asosiga qo'yilishi mumkin bo'lgan, ishonchli va aniq sonli yo'l qo'yishlar olish uchun tajriba tadqiqotlari zarur bo'ladi. Deformasiyalarning tajriba tahlilini eng ko'p ma'lum bo'lgan usuli bo'luvchilar usuli yoki koordinat to'ri va uning turli ko'rinishlapri hisoblanadi. Bu usulning asosiga, oldin kesib olingan namunani meridional yuzasiga yoki uning bo'sh yuzasiga koordinat to'ri chizish qo'yilgan. Bunday namunani deformatsiyalash jarayonida to'r buziladi va koordinat to'rini buzilishi bo'yicha metall oqishining kinimatikasi o'rganiladi. To'r katagi bilan chegaralangan hajm chegaralarida jismni izotrop, deformatsiyani esa - bir xil (bir jinsli) deb hisoblaydilar. Demak olingan, olingan deformatsiyalangan holat xarakteristikalari o'rtacha hisoblanadi va katak o'lchamlari bilan chegaralangan, nisbatan katta bo'lmagan hajmda, katak markaziga keltirilishi va mahalliy sifatida ko'rilishi mumkin. Bunday mahalliy xarakteristikaning topilish aniqligi deformatsiyaning bir jinsli emasligiga bog'liq. Usulning kamchiligi nisbatan yuqori mehnat talabligi hisoblanadi. Kuchlanish va deformatsiyalarni qutblanish - optik usul yordamida tadqiqot qilish shaffof materiallarning majburiy optik anizotropiyasi ta'siridan foydalanishga asoslangan. Bu usul ko'rgazmaligi, yuqori aniqligi bilan ajratib turadi, ammo, optik faol va haqiqiy materiallar xossalari bir xilligi ta'minlashning murakkabligi, plastik oqishni modellash sifatini va ishonchliligini pasaytiradi. Hozirgi vaqtda deformatsiyalangan holatni tadqiqoti uchun bo'luvchi to'rlar va qutblanish -optik usullari o'rtasidan oraliq joy olgan Muar usuli yanada keng tarqalmoqda. Deformasiyalarni muar ta'siri usulida o'rganishda deformatsiyalanayotgan jism tekis kesimlariga belgilangan geometriyadagi rastr chiziladi. Tomson va uning xodimlari taklif etgan kuchlangan - deformatsiyalangan holatni aniqlashning vizioplastik usuli shundan iboratki, koordinat to'ri yordamida tezliklarning vektor maydoni belgilanadi, uni yig'ma namunalar ajralish tekisligiga joylanadi va uning asosida kuchlanishlar hisoblab chiqiladi. To'r chiziladigan tekislik deformatsiyaning har bir navbatdagi o'sishidan keyin suratga olinadi va to'rni buzilishi bo'yicha deformatsiyalar aniqlanadi. Ularning Δt vaqt ichida siljishi bo'yicha esa deformatsiya tezligi topiladi. Bu usulning muhim kamchiligi bo'lib, koordinat to'rini buzilishini bosqichlab fotorasmga olish uchun deformatsiya jarayonini bo'lish zarurligi hisoblanadi. Bu tutashuv yuzasidagi ishqalanish sharoitlarini o'zgarishini olib keladi. Ko'p marta yuklanishda deformatsiyalarning haqiqiy surati buziladi va olingan ma'lumotlarning xatolik darajasini amaliy baholash mumkin emas. Metallarni bosim bilan ishlashda muvozanatning yaqinlashgan tenglamalari va plastiklik sharti bo'yicha kuchlarni hisoblash usuli asoslari: 1. Masala o'qga simmetrik yoki yassiga keltiriladi. Deformasiyalanayotgan jism shakli murakkab bo'lsa, uni o'qqa simmetrik yoki yassi masala shartlari qo'yilishi mumkin bo'lgan, qator ...

Joylangan
08 May 2024 | 18:12:51
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
749.02 KB
Ko'rishlar soni
118 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 14:45
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
08 May 2024 [ 18:12 ]
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
749.02 KB
Ko'rishlar soni
118 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 14:45 ]
Arxiv ichida: pptx