Mexanik harakat turlari. Harakatlarning mustaqillik prinsipi

Mexanik harakat turlari. Harakatlarning mustaqillik prinsipi

O'quvchilarga / Fizika
Mexanik harakat turlari. Harakatlarning mustaqillik prinsipi - rasmi

Material tavsifi

10-sinf fizika darsligi asosida 2-mavzu: 7-sinfda siz turli mexanik harakatlar bilan tanishgansiz. Ularni birgalikda eslaylik: To'g'ri chiziqli tekis harakat. Bunday harakatda jismning harakat trayektoriyasi to'gri chiziqdan iborat bo'ladi. Harakat tezligining kattaligi va yo'nalishi o'zgarmaydi. Bosib o'tilgan yo'l s = v·t formula bilan aniqlanadi. 2. To'g'ri chiziqli notekis harakat. Bunday harakatda jismning harakat trayektoriyasi to'gri chiziqdan iborat bo'ladi. Harakat tezligining kattaligi o'zgaradi, lekin yo'nalishi o'zgarmaydi. Bosib o'tilgan yo'l s=vo'rt·t formula bilan aniqlanadi. Bunda vo'rt - jismning o'rtacha tezligi. 3. To'g'ri chiziqli tekis tezlanuvchan (sekinlanuvchan) harakat. Bunday harakatda jism harakat trayektoriyasi to'gri chiziqdan iborat bo'ladi. Harakat tezligining kattaligi bir tekisda ortib (kamayib) boradi, ya'ni teng vaqtlar ichida bir xil kattalikka ortadi (kamayadi), lekin yo'nalishi o'zgarmaydi. Bosib o'tilgan yo'l formula bilan aniqlanadi (+ˮ) ishora tekis tezlanuvchan, a 0, ( - ˮ) ishora tekis sekinlanuvchan (a 0) bo'lganda qo'yiladi). 4. Egri chiziqli tekis harakat. Egri chiziqli harakatning xususiy holi sifatida aylana bo'ylab tekis harakatni olish mumkin. Bunday harakatda har doim tezlik yo'nalishi uzluksiz o'zgarib, trayektoriyaga urinma bo'ylab yo'nalgan bo'ladi. Harakatning asosiy parametrlari: v - chiziqli tezlik; ω - burchak tezlik; T - aylanishlar davri; v - aylanishlar chastotasi; S yoy - yoy uzunligi; s - bosib o'tilgan yo'l. Shuni ta'kidlash joizki, yuqorida keltirilgan harakatlarda jism faqat bitta harakatda qatnashgan hollar o'rganilgan. Hayotda ko'pincha jismlar bir vaqtning o'zida bir nechta harakatda qatnashadi. Masalan, daryo bo'ylab harakatlanayotgan kema, poyezd vagoni ichida yurib ketayotgan odam, uchib ketayotgan samolyotdan tashlangan yuk va h.k. Bunda daryoda harakatlanadigan kema o'z dvigatelining tortish kuchi tufayli bir yo'nalishda v1 tezlik bilan harakatlansa, suv uni v2 tezlik bilan oqim yo'nalishida harakatlantiradi. Bu misollarda jismning ikkita harakatda qatnashayot ganligi ko'rinib turibdi. Shunday savol tug'iladi. Kemaga o'z dvigatelining tortish kuchi tufayli berilgan v1 tezlik daryoning oqish tezligiga bog'liqmi? Uchib ketayotgan samolyotdan tashlangan yukning tushish vaqti samolyot tezligiga bog'liqmi? Tajribalar shuni ko'rsatadiki, kemaning tezligi suvning oqish tezligiga, samolyotdan tashlangan yukning tushish vaqti samolyot tezligiga bog'liq emas! Bundan shunday xulosa kelib chiqadi. Jism qatnashayotgan harakatlar mustaqil bo'lib, ularning harakat tezligi (tezlanishi) bir-biriga bog'liq emas. Bunga harakatlarning mustaqillik prinsipi deyiladi. Shunga ko'ra istalgan murakkab harakatga, oddiy harakatlarning yig'indisi deb qarash mumkin. Bu harakatlar bir-biriga ta'sir ko'rsatmaydi. Agar ulardan biri o'z harakatini o'zgartirsa yoki butunlay to'xtatsa, boshqasiga buning ta'siri bo'lmaydi. Aynan mana shu prinsip asosida biz o'rganayotgan jarayondagi vektor kattaliklarni alohida tashkil etuvchilarga ajratamiz. Ularni koordinata o'qlariga proyeksiyalash ham shu prinsipga asoslangan. Tezlik vektorlarini qo'shib natijaviy tezlikni chiqarish ham shu prinsip asosida bo'ladi. Shunga asosan bir nechta ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 676.62 KB
Ko'rishlar soni 170 marta
Ko'chirishlar soni 22 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 14:46 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 676.62 KB
Ko'rishlar soni 170 marta
Ko'chirishlar soni 22 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga