Mexanik hodisalar bobini o'qitishda pedagogik texnologiyalar asosida darslarni tashkil etish

Mexanik hodisalar bobini o'qitishda pedagogik texnologiyalar asosida darslarni tashkil etish

O'quvchilarga / Fizika
Mexanik hodisalar bobini o'qitishda pedagogik texnologiyalar asosida darslarni tashkil etish - rasmi

Material tavsifi

Mexanik hodisalar bobini o'qitishda pedagogik texnologiyalar asosida darslarni tashkil etish Mundarija KIRISH 1-BOB. UMUMIY O'RTA TA'LIM MAKTABLARIDA FIZIKA FANINING O'QITILISHI §1.1 Umumiy o'rta ta'lim maktablarida fizika ta'limining maqsad va vazifalari §1.2 Umumiy o'rta ta'lim maktablarida 6-sinf fizika fanining DTS talabi va o'quv dasturlari §1.3 Fizika o'qitishda pedagogik tehnologiyalarning o'rni va ahamiyati 2-BOB. 6-SINFDA MEHANIK HODISALAR BOBINI O'QITISHDA PEDAGOGIK TEHNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH. § 2.1 O'quvchilarni mustaqil va mantiqiy fikrlashida Zinama-zina tehnologiyasidan foydalanish § 2.2 Bumerang tehnologiyasidan foydalanib o'quvchilarni dunyoqarashini shakllantirish § 2.3 O'quvchilarni bilimini nazorat qilishda Rezyume tehnologiyasidan foydalanish § 2.4 O'quvchilarga uyga vazifalar berishda BB va Esse usullaridan foydalanish. XULOSALAR FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR INTERNET MA'LUMOTLARI ILOVALAR BMIning dolzarbligi: Ta'lim jarayonida o'qitishning yangi pedagogik texnologiyalaridan foydalanish va bu texnologiyalar samarali natijalar berishi to'g'risida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Shuning uchun tanlangan BMI dolzarb hisoblanadi. BMIning maqsadi: Umumiy o'rta ta'lim maktablarida 6-sinfda fizika fanini o'qitishda ta'lim samaradorligini oshirishda yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish hamda mashg'ulotlar tashkil qilishga uslubiy tavsiyalar tayyorlash. 1-BOB. UMUMIY O'RTA TA'LIM MAKTABLARIDA FIZIKA FANINING O'QITILISHI §1.1 Umumiy o'rta ta'lim maktablarida fizika ta'limining maqsad va vazifalari Umumiy o'rta ta'lim maktablarida fizika ta'limining asosiy vazifalari: o'quvchilarni fizik hodisalar, tushunchalar, kattaliklar, modellar, qonunlar, o'lchashlar, fizikaning amaldagi tatbiqlari, olamning fizik manzarasiga oid bilimlar bilan tanishtirish; fizikadan masalalarni mustaqil ishlash, fizik hodisalarni kuzatish va ularni tushuntira bilish ko'nikmalarini shakllantirish; fizikaga oid asbob va uskunalardan foydalanish, sodda o'lchov va tajriba ishlarini bajarish, ularning natijalari asosida xulosalar chiqarish, asbob va uskunalardan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga rioya qilish malakalarini shakllantirish; o'quvchilarni fan-texnika taraqqiyoti, fizika qonunlarining amalda qo'llanilishi bilan tanishtirish; qadimda va o'tgan asrlarda yashab ijod etgan buyuk mutafakkirlar hamda hozirgi davr Vatanimiz fizik olimlarining faoliyatlari bilan tanishtirish, ta'lim mazmunini tevarak-atrofdagi mahalliy va tarixiy materiallar bilan boshlash orqali o'quvchilarni milliy va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash; ta'lim mazmunini ijtimoiy hayot va texnika taraqqiyoti bilan bog'lash orqali o'quvchilarni ongli ravishda kasbga yo'naltirish, o'rta maxsus (akademik litsey) yoki kasb-hunar (kollej) ta'lim muassasalarida o'qishni davom ettirishlari uchun zamin tayyorlashdan iborat. §1.2 Umumiy o'rta ta'lim maktablarida 6-sinf fizika fanining DTS talabi va o'quv dasturlari O'quvchilar fizika asoslariga oid quyidagi bilim, ko'nikma va malakalarni egallashlari shart: fizik hodisalar haqida tasavvurga ega bo'lish va ularni tahlil qila olish; mexanika, molekular fizika va termodinamika asoslari, elektr, yorug'lik, atom va yadro fizikasi asoslariga oid asosiy tushunchalar, atamalar, kattaliklar va ularning birliklari, qonuniyatlar, formulalarni bilish va ularni qo'llay olish; fizik hodisalarni kuzatishni rejalashtirish va o'tkazish, kuzatish natijalarini umumlashtirish ishlarini bajara olish; o'lchov asboblari (sekundomer, shtangensirkul, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 142.36 KB
Ko'rishlar soni 77 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 14:46 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 142.36 KB
Ko'rishlar soni 77 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga