Mexanik sistema harakatiga maydon ta'sirini o'rganish

Mexanik sistema harakatiga maydon ta'sirini o'rganish

O'quvchilarga / Fizika
Mexanik sistema harakatiga maydon ta'sirini o'rganish - rasmi

Material tavsifi

Mexanik sistema harakatiga maydon ta'sirini o'rganish mavzusida yozgan BITIRUV MALAKAVIY ISHI Mundarija Kirish……3 I.Bob. Maydon va uning klassifikatsiyasi 1.1. Umumiy tushunchalar7 1.2. Kuch maydonining potensialligi9 1.3. Kuch maydoni va potensial energiya11 1.4. Potensial bo'lmagan kuchlar……14 II.Bob.Tortishish maydonidagi harakat 2.1. Tortishish kuchlarining xususiyati15 2.2. Yer sirti atrofidagi maydon 17 2.3.Tortishish maydonida harakat tenglamalari va saqlanish qonunlari19 2.4. Bir o'lchovli effiktiv potensial va zarracha harakati trayektoriyasini topish24 2.5.Markaziy simmetrik maydondagi harakatni sifat jihatdan tekshirish ……26 2.6. Nyuton va Kulon maydonidagi harakat trayektoriyalarini o'rganish…….30 2.7. Gravitatsion maydonda o'zaro ta'sirlanuvchi jismlar sistemasining harakati36 II. Bob. Elektromagnit maydondagi harakat 3.1. Elektromagnit maydonlarning xususiyati……42 3.2. Statsionar magnit maydondagi harakat…….44 3.3. Statsionar elektr maydonidagi harakat……45 3.4. Harakatlanayotgan jismga bir vaqtning o'zida gravitatsion va elektrostatik maydonlar ta'sirini o'rganish……46 3.5. Jismning bir vaqtning o'zida ham elekfik ham magnit maydonlari ta'siridagi harakati……50 Xulosa…… ……57 Foydalanilgan adabiyotlar…… .……58 KIRISH Bitiruv malaakaviy ish mavzusining dolzarbligi: Zamonaviy fizikada maydon tushunchasi asosiy tushunchalardan biri hisoblanadi. Zichlik, bosim, kuchlanish, tezlik, temperatura va boshqa fizik miqdorlarning fazodagi taqsimoti ma'lum qonunlarga itoat qiladi. Fazo yoki uning qismidagi biror fizik miqdorning taqsimot sohasi shu fizik miqdorning maydoni deb ataladi. Taqsimot sohasi fizik miqdorning tabiatiga qarab, skalyar maydon, vektor maydon yoki tenzor maydon bo'lishi mumkin [1-4]. Maydonlarga bir necha misollar keltiraylik. Temperatura maydoni, bosim maydoni, potensial maydoni, zichlik maydoni - bular skalyar maydonlardir. Tezlik maydoni, kuch maydoni, tezlanish maydoni - bular vektor maydonlardir. Mexanik kuchlanish yoki mexanik deformatsiya maydoni va shu kabilar turli tenzor maydonlardir [8,11]. Jismning yoki moddiy muhitning holatini xarakterlovchi fizik miqdorlar ko'p; bosim, tezlik, temperatura, potensial, zichlik, kuchlanish va boshqalar shular jumlasidandir. Shunday qilib, har qanday jism yoki moddiy muhit temperatura maydoni, potensial maydoni, kuchlanish maydoni va boshqa fizik miqdorlarning maydonlariga ega bo'lishi mumkin. Bu yerda ishlatilayotgan maydon so'zi fizik miqdorlarning fazodagi taqsimot sohasini ifodalovchi muhim matematik tushunchadir [16]. Hozirgi zamon fanida elektromagnit maydoni, gravitatsion maydon va boshqa fizika maydonlar haqida gapiriladi. Bu fizik maydonlar real maydonlardir. Umuman, fizikada tekshiriladigan hodisalarda materiya ikki formada: modda va maydon formalarida uchraydi. Modda bilan maydon xususiyatlari, ularning o'zaro bog'lanishlari nazariy fizikaning turli boblarida tekshiriladi[18]. Har qanday fizik maydon, masalan, elektromagnit maydoni yoki gravitatsion maydon fazoda o'ziga munosib joy ishg'ol qiladi va kerakli fizik miqdorlar bilan xarakterlanadi. Fizik maydonning aniqlanishi uchun, shu kerakli fizik miqdorlarning, jumladan ularni ifodalovchi vektorlar va tenzorlarning fazodagi taqsimot sohasini bilish lozim. Shunday qilib, maydon haqidagi matematik tushuncha kelib chiqadi [9]. Ma'lumki, nuqta yoki sistemaning harakatiga maydon kuchlari sezilarli ravishda ta'sir etadi. Masalan gravitatsiyaon maydondgi planetalar ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 5.18 MB
Ko'rishlar soni 95 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 14:47 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 5.18 MB
Ko'rishlar soni 95 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga