Mexanik tebranishlar va to'lqinlar

Mexanik tebranishlar va to'lqinlar

O'quvchilarga / Fizika
Mexanik tebranishlar va to'lqinlar - rasmi

Material tavsifi

Mexanik tebranishlar va to'lqinlar Tabiat va texnikada juda ko'p tarqalgan takrorlanuvchi protsess asosida tebranishlar va ularni hosil qilgan to'lqinlar yotadi. Bunday protsesslarga soat mayatnigining tebranishi, zanjirdagi o'zgaruvchan tok, tovush va shu kabilarning harakati misol bo'la oladi. Daraxt barglari tebranadilar, musiqa asboblarining torlari ham tebranadilar. Texnikada ichki yonish dvigatellarining porsheni tebranadi, samolyotning fyuzellaji, avtomobilning kuzovi ham tebranadilar. Bizning planetamizning hayotida ham tebranma harakat ro'y beradi. U esa okean va dengizlarda suvning qalqib ko'tarilishi va suvning qaytishi, yer qimirlashi. Tirik organizmda ham tebranish ro'y beradi. U esa yurak urishi, tovush bog'ichlarining harakati va hokazo. Fizikaviy tabiatiga qarab tebranishlarning ikki turi bor. Ular esa mexanik va elektromagnit tebranishlar. Tebranayotgan jism hamisha boshqa jismlar bilan bog'liq va ular bilan birga sistemani tashkil qiladilar. Shu tufayli hosil bo'lgan sistema tebranayotgan sistema deb ataladi. Tebranma harakat yoki tebranish deb davriy ravishda takrorlanadigan harakatga aytiladi. Texnika va tabiatda uchraydigan turli ko'rinishdagi tebranishlar bir xil qonuniyatlarga bo'ysunadi. Hozirgi zamon fizikasida tebranishlar fizikasi maxsus soha sifatida ajralib chiqqan bo'lib, unda turli xil tebranish yagona nuqtai nazardan qaralib chiqiladi. Tebranishlar fizikasining xulosalari mexanik tebranishlar, o'zgaruvchan tok, elektrotexnika va radiotexnikaning nazariy asosini tashkil qiladi. Tebranma harakatning asosiy belgilaridan biri uning davriyligidir. Har qanday davriy ravishda takrorlanuvchi harakat quyidagi fizik kattaliklar bilan xarakterlanadi: amplituda, davr, chastota, faza, doiraviy yoki siklik chastota. Tebranish davri deb bir marta to'la tebranish uchun ketgan vaqtga miqdor jihatdan teng bo'lgan fizik kattalikka aytiladi. Tebranish davri T harfi bilan belgilanadi va quyidagi formula bilan aniqlanadi: (1) bu yerda: t - tebranish vaqti; N - tebranishlar soni. SI sistemasida davr sekundda o'lchanadi: [T] = 1 s. Tebranish chastotasi harfi bilan belgilanadi va quyidagi formula bilan aniqlanadi: (2) (Gers). Tebranish chastotasi SI sistemasida gersda o'lchanadi. Tebranish davri va chastota orasidagi bog'lanish quyidagi formula bilan aniqlanadi: yoki (3) Bu ifodadan ko'rinadiki, davr bilan chastota bir-biriga nisbatan teskari munosabatdadir. Tebranish amplitudasi deb tebranuvchi nuqta yoki sistemaning muvozanat vaziyatidan eng katta chetlanish masofasiga teng bo'lgan kattalikka aytiladi. Amplituda A harfi bilan belgilanadi va uning birligi qilib metr (m) qabul qilingan. [A] = 1 m Amplitudasi A ning vaqt bo'yicha o'zgarishiga qarab tebranishlar ikki xil, so'nmas va so'nuvchi tebranishlarga bo'linadi. Vaqt o'tishi bilan amplitudasining moduli o'zgarmas qoladigan tebranishga so'nmas tebranish deyiladi. Vaqt o'tishi bilan kamayib boruvchi tebranishga esa so'nuvchi tebranish deyiladi. Tebranayotgan nuqtaning holatini ham berilayotgan paytdagi harakatning yo'nalishini ham xarakterlaydigan kattalik tebranish fazasi deb ataladi. Tebranish fazasi yoki fazaviy burchak harfi bilan belgilanadi va radianlarda hisoblanadi: . 2 sekund ichida ro'y beradigan tebranishlar ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 90.4 KB
Ko'rishlar soni 131 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 14:47 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 90.4 KB
Ko'rishlar soni 131 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga