Mexanik to'qima

Mexanik to'qima

O'quvchilarga / Fizika
Mexanik to'qima - rasmi

Material tavsifi

Mexanik to'qima MEXANIK TO'QIMA Mexanik to'qima o'simlik organlariga kattalik berib turadi. O'simliklarning tik o'sishiga imkoniyat tug'diradi. Mexanik to'qima o'simlik organlariga qattiqlik berib turishdan tashqari elastiklik ya'ni egiluvchanlik, bukuluvchanlik berib turadi. O'simlik organlarida mexanik to'qima bo'lmaganda edi o'zining tanasini tutib tura olmagan bo'lar edi. Shamol ta'sirida sinib ketgan bo'lar edi. Mexanik to'qima kelib chiqishi jihatidan 2 ga bo'linadi. 1. Parenxim hujayradan kelib chiqqan mexanik to'qima. Shakli parenxim hujayraga o'xshash. 2. Prozenxim hujayradan kelib chiqqan mexanik to'qima. Shakli prozenxim hujayraga o'xshash. Parenxim hujayradan kelib chiqqan mexanik to'qima 2 xil bo'ladi: 1.Kollenxima. 2.Sklereid. Prozenxim hujayradan kelib chiqqan mexanik to'qimaga sklerenxima kiradi. Biz bular to'g'risida alohida to'xtalib o'tamiz. Kollenxima. Kollenxima hujayra po'stining notekis qalinlashganligi bilan xarakterlanadi. hujayralarning po'stlari juda erta, hujayralar endigina bo'yi va eniga o'sa boshlayotgan paytda qalinlasha boshlaydi. Kollenximaning hujayra po'sti sellyulozadan tashkil topgan. Shuning uchun ham kollenxima hujayrasi tirik bo'ladi. Kollenximaning asosan 2 xili ko'proq uchraydi. 1. Burchaksimon kollenxima. 2. Plastinkasimon kollenxima. Burchaksimon kollenxima hujayraning burchaklari juda qalinlashgan bo'ladi. Plastinkasimon kollenximada xujay-raning tangental devorlari boshdan oyoq juda qalinlashgan bo'lib, radial devorlari yupqaligicha qoladi, ya'ni tashqi va ichki tomoni qalin yon tomonlari esa yupqaligicha qoladi. Ba'zan kollenxima hujayralarida xlorofil donachalari bor. Bunday hujayralarda fotosintez protsessi bo'lib turadi. Kollenximaning o'sish poyasida, barg bandida, yo'g'on tomir o'tgan qismida uchratish mumkin. Oshqovoq poyasida burchakli kollenxima uchraydi. Kollenxima 2 pallali o'simliklar orasida keng tarqalgan.Bir pallali o'simliklarda uchragan taqdirda ham faqat poya bo'g'imlari atrofida bo'ladi. Sklereidlar. (toshsimon to'qima). Sklereidlarning xu-jayra po'sti juda qalinlashgan. Shuning uchun ham sklereid hujayrasi o'lik bo'ladi. Ba'zi sklereidlar hujayra po'stida lignindan tashqari qum-tuproq hamda ohak bo'ladi. Sklereidlarni yog'och tipdagi yong'oq, o'rmon yong'og'i va dublarda, meva po'chog'ida,o'rik, shaftoli, olcha, olxo'ri va boshqalarning meva danaklarida, nok, behi mevalarida uchraydi. Sklerenxima. O'simlik dunyosida juda ko'p tarqalgan, o'simlik uchun juda katta ahamiyatga ega bo'lgan to'qimadir. Sklerenxima prozenxima shaklidagi qalin devorli, uchlari urchuqqa o'xshab o'tkirlangan hujayradan iborat. Sklerenxima hujayra po'stilignin bilan sug'orilib yog'ochlangan. Shuning uchun ham sklerenxima o'lik bo'ladi. Sklerenxima o'simliklarning po'stloq qismida joylashgan bo'lsa, stereid (floematolasi), yog'ochlik qismida joylashgan bo'lsa libriform (ksilematolasi) debyuritiladi. Stereidlar. Stereidlarning hujayra po'sti libriformga nisbatan yupqaroq bo'ladi. Stereidlarning hujayra po'sti yog'ochlangan yoki yog'ochlanmagan bo'ladi. Stereidlar to'qimachilik sanoatida katta ahamiyatga ega. Bizda muhim hom ashyosi bo'lib quyidagi o'simliklar hisoblanadi: Zig'ir, nasha, kanop, rami, kendr. Tolalarning to'qimachilik sanoatida a'lo darajada bo'lishi ularning uzunligi va yog'ochlanmaganligiga bog'liq. Zig'ir, nasha, kanop, rami, kendr o'simliklarning stereidlari yog'ochlanmagan. Ramining tola uzunligi 350 mm gacha , ba'zan420 mm gacha, kendrniki 55 mm ba'zan140 mm gacha, zig'ir tolasining uzunligi 60 mm ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 605.87 KB
Ko'rishlar soni 123 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 14:47 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 605.87 KB
Ko'rishlar soni 123 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga