Mexanika bo'limining o'qitish usullari Reja: Mexanikaning asosiy masalalarini yechishning fizikaviy va uslubiy g'oyalari. Kinematikadagi asosiy tushunchalar va jismlar harakatini o'rganish Dinamika bo'limi asosiy mazmunining tahlili va uni o'rganish usullari O'zaro ta'sir va kuch tushunchasi. Mexanikada saqlanish qonunlari mavzusining mazmunini tahlili Kinetik energiya tushunchasi. Potentsial energiya tushunchasi Mexanika fizikaning shunday bo'limiki, u o'zining qat'iy va mantiqiy tuzilishi bilan o'quvchilar tafakkurining rivojlanishiga katta yordam beradi. Fizika kursining boshqa bo'limlarini muvaffaqiyatli o'rganish mexanikani qanday o'zlashtirilganligiga bog'liq. Chunki ularda mexanika tushunchalari (tezlik, tezlanish, massa, kuch, ish, energiya va boshqalar) dan keng foydalaniladi. Ta'lim tizimida fizika kursining mazmuni va uni o'rganishni mexanikadan boshlanishini sababi: materiyaning barcha harakat formalari qatorida mexanik harakat ko'rgazmaliroq bo'lishidan va klassik fizikada fizik hodisalarni modellashtirish ko'pincha fizik sistemalar strukturasi va ularda sodir bo'ladigan jarayonlarning mexanik obrazini yaratish bilan bog'liqdir. Mexanika ham klassik fizikaning ham zamonaviy fizikaning tarkibiy qismidir. Zamonaviy fizikaning barcha muhim sohalari deyarli klassik mexanika qonuniyatlariga asoslangan. O'rta umumiy ta'limda mexanika kursning o'rganilishi ko'pgina umumta'lim masalalarini hal etishga imkon beradi. Fizika kursida mexanika bo'limining ahamiyati shundan iboratki, uni o'qitish orqali nazariyani oldindan aytib bera olish funksiyasini, ya'ni boshlang'ich shart berilganda mexanika qonuni orqali jismning ixtiyoriy momentdagi vaziyatini aniq aytib berish mumkinligini o'quvchi-larga ko'rsatilishidadir. Aytilganlarga yana shuni qo'shimcha qilish lozimki, maktab mexanika kursning bir qator joylari atayin murakkablashtirilgan. Masalan, inertsiya qonuni oliy o'quv yurtlari uchun D. V. Sivuxin yozgan Umumiy fizika kursi darsligi va maktab darsligida quyidagicha ifodalangan: Ko'pchilik maktab fizika darsliklarida birinchi qonun sodda, I. Nyuton ta'rifiga yaqin qilib ifodalanar edi. Xususan. Har qanday jism o'zining dastlabki holatini unga boshqa jismlar ta'sir qilmaguncha va bu holatdan chiqarmaguncha tinch yoki to'g'ri chiziqli va tekis harakatini nisbatan saqlaydi. D.V.Sivuxinning ta'rifi ham, avalgi darsliklarda keltirilgan ta'riflar ham o'quvchilarga tushunarlidir, chunki dastavval ularda bolani o'rab turgan jismning holati haqida, ular o'zi ko'rgan, guvoh bo'lgan holatlar haqida gapiriladi. I.K.Kikoinning darsligida berilgan ta'rifning ko'pchilik o'quvchilarga tushunarli bo'lmasligining asosiy sababi, ular uchun mavhum bo'lgan inersial tizim tushunchasi ularga tanish bo'lgan, obrazlarning inikosi bilan bog'lanmaydi. Boz ustiga, qobiliyatli o'quvchilar inersial sistemalar mavjud emas, bu ideallashtirish, uning vazifasi ularga tushunarli emasligini aytadilar. Shuni aytib o'tamizki, D. V. Sivuxin inertsiya qonunini bayon qilish jarayonida I. Nyutonning ta'rifini tahlil qilishdan boshlab, keyin yuqorida keltirilgan ta'rifni beradi va faqat shundan so'ngina inersial sanoq sistemalar haqidagi tushunchani kiritadi. O'rta umumiy ta'lim dasturiga asosan klassik mexanika masalalari kiradi. Uni o'rganishga hozirgi zamon nuqtai nazaridan yondoshish bu bo'limga ba'zi yangi masalalar, masalan, kosmik parvozlar mexanikasini kiritishdan iborat bo'lib qolmay, balki uning asosiy tushuncha va qonuniyatlarini ...

Joylangan
08 May 2024 | 18:12:51
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
97.81 KB
Ko'rishlar soni
89 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 14:47
Arxiv ichida: doc
Joylangan
08 May 2024 [ 18:12 ]
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
97.81 KB
Ko'rishlar soni
89 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 14:47 ]
Arxiv ichida: doc