Mexanika harakatning kinematik va dinamik tavsifi

Mexanika harakatning kinematik va dinamik tavsifi

O'quvchilarga / Fizika
Mexanika harakatning kinematik va dinamik tavsifi - rasmi

Material tavsifi

Mexanika harakatning kinematik va dinamik tavsifi Fizika tabiat hodisalarini, modda va maydon xossalari va qonuniyatlarini o'rgatuvchi fan. Fizika fanini birinchi bo'lib qadimgi yunon mutaffakkiri Aristotel (e.a. 384-322 y.) o'zining kitobida bayon etgan. Olimlar tabiatni ko'p asrlar davomida o'rganib, materiya harakatsiz yashay olmaydi, harakatni materiyadan ajratib va yo'q qilib bo'lmaydi, ya'ni harakat materiyaning ajralmas xossasidir, degan xulosaga keldilar. Harakat deganda materiyaning tabiatda bo'ladigan barcha o'zgarishlari bir turdan ikkinchi turga aylanishlari va barcha jarayonlar tushuniladi. Tabiatda sodir bo'luvchi barcha harakatlar va jarayonlar muayyan qonunlar bo'yicha yuz beradi. Turli jarayonlar va hodisalar orasidagi qonuniy bog'lanishni ochish va o'rganish har bir qanday fan tarmog'ining bosh maqsadi hisoblanadi. Buni bilish esa inson qo'liga tabiatdagi biror hodisa qanday yuz berishini oldindan bilishiga, ya'ni kelajakni oldindan aytishga va o'tmishni izohlashga yordam qiladigan usullar berish uchun kerak. Shundagina tabiat hodisalarini inson foydasiga ishlatish mumkin. Fizika barcha tabiiyot va amaliy fanlarning muvaffaqiyatli rivojlanishi uchun zarur bo'lgan tadqiqotlarni ishlab chiqishga va asboblar yaratishga imkon beradi. Hozirgi vaqtda bu fanlarning barchasining alohida bo'limlari bor: astronomiyada - astrofizika, kimyoda - fizikkimyo, agronomiyada - agrofizika, metallshunoslikda - metallofizika va hokazo. Shuning uchun fizika barcha tabiiyot va amaliy fanlarning yaratilishi uchun poydevordir, deyish mumkin. Tabiat haqidagi fanlar ichida texnika taraqqiyoti uchun fizika eng katta ahamiyatga ega. Fizika texnikaning asosidir, chunki fizika qonunlari texnikada ko'p qo'llaniladi. Fizika sohasidagi yangi kashfiyotlar mavjud texnikaning yaxshilanishi yoki yangi texnikaning paydo bo'lishiga sabab bo'ldi. Texnikaning taraqqiyoti o'z navbatida fanning yanada rivojlanishiga olib keladi. Fizika ishlab chiqarishning taraqqiyotiga tegishli tabiiy fanlar orqali ham, bevosita ham juda katta ta'sir ko'rsatadi. Fizikaning ishlab chiqarishga elektr energiya, barcha transport turlari, radioaloqa, teleko'rsatuv, yadro energiyasini va hoka'zolarni ochib berganini eslashning o'zi yetarlidir. Zamonaviy fizika materiya harakatining turli fizik shakllarini, ularning bir-biriga aylinishini, shuningdek, modda va maydon xossalarini o'rgatadi. Fizika taraqqiyoti davrida bir qancha tushunchalar sistemasi vujudga kelgan va bular orqali barcha fizik hodisalar, fikrlar, qonunlar va hoka'zolarni ta'riflash mumkin. Ana shunday tushunchalardan: fizik jismlar, fizik sistema, fizik hodisa va fizik muhit deb ataluvchi tushunchalar. Fizik jismlar deb, tabiatda uchraydigan turli moddalardan tashkil topgan barcha jismlarga aytiladi. Masalan, turli moddalardan tashkil topgan Quyosh, auditoriya, xonadagi havo, chang zarralari, dengiz, avtobus va hoka'zolar fizik jismlar. Fizik sistema yoki jismlar sistemasi deb, ayrim fizik hodisalar xuddi bitta jismdagidek namoyon bo'ladigan jismlar to'plamiga aytiladi. Fizik hodisalar deb, modda zarrachalari, atom yoki molekulalari o'zgarmas qolgan holda sodir bo'ladigan hodisalarga aytiladi. Masalan, suvning qaynashi yoki muzlashi, avtobus va samolyotning harakati va shu kabilar fizik hodisalardir. Modda molekulalari o'zgaradigan hodisalar kimyoviy ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 76.82 KB
Ko'rishlar soni 116 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 14:48 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 76.82 KB
Ko'rishlar soni 116 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga