Mexanikaning fizik asoslari Reja: 1. Jismlardagi nuqtalarning bir-biriga nisbatan ko'chishga qarab, jismning harakati 2. To'g'ri chiziqli tekis harakatning asosiy tenglamasi 3. Tekis aylanma harakat Mexanika deb, materiyaning eng sodda harakati - jismlarning yoki ular qismlarining bir-biriga nisbatan ko'chishi haqidagi ta'limotga aytiladi. Har qanday jismning fazodagi vaziyati sanoq sistemasi deb ataluvchi boshqa jism yoki jismlar sistemasiga nisbatan aniqlanadi. Jismlarning sanoq sistemasiga nisbatan qilgan harakatiga nisbiy harakat deyiladi. Jismlarning harakati ham, tinch holati ham - nisbiydir. Moddiy nuqta deb, tekshirilayotgan masofaga nisbatan o'lchamlari juda kichik va shakli etiborga olinmasa ham bo'laveradigan jismlarga aytiladi. Harakatlanayotgan moddiy nuqtaning fazoda qoldirgan iziga harakat traektoriyasi deyiladi. Harakatlar traektoriyasining shakliga qarab to'g'ri chiziqli va egri chiziqli harakatlarga ajraladi. Moddiy nuqtaning biror vaqt oralig'ida o'tgan traektoriyasining uzunligi o'tilgan yo'l deyiladi. Harakat traektoriyasining bir nuqtasidan ikkinchi nuqtasiga yo'nalgan kesmadan iborat bo'lgan vektor kattalikka ko'chish deyiladi. Moddiy nuqtaning teng vaqtlar oralig'ida o'tgan masofasiga qarab harakatlar tekis va notekis harakatlarga ajraladi. Tekis harakat deb, teng vaqtlar oralig'ida bir xil masofalar o'tiladigan harakatga aytiladi. Notekis harakat deb, teng vaqtlar oralig'ida har xil masofalar o'tiladigan harakatga aytiladi. o'lchami hisobga olinadigan jismning harakatini, bu jismni tashkil qilgan moddiy nuqta deb qaraladigan elementar bo'laklar harakatlarining yig'indisidan iborat deb qarash mumkin. Jismlardagi nuqtalarning bir-biriga nisbatan ko'chishga qarab, jismning harakati ilgarilanma va aylanma harakatlarga ajraladi. Ilgarilanma harakat deb, jismdagi ixtiyoriy ikki nuqtasini birlashtiruvchi ixtiyoriy to'g'ri chiziq o'z-o'ziga paralelligicha qoladigan harakatga aytiladi. Aylanma harakat deb, jismning barcha nuqtalari parallel tekisliklardagi markazlari bir to'g'ri chiziqda yotganda aylanalar chizadigan harakatga aytiladi. Mexanika uch qismga bo'linadi: kinematika, dinamika, statika. Harakatni uning sabablarisiz tekshiradigan mexanikaning bo'limiga kinematika deyidadi. Kinematikaning asosiy vazifasi vaqt o'tishi bilan jism vaziyatining fazodagi o'zgarishidan iborat bo'lgan harakat traektoriyasini aniqlashdan iboratdir. To'g'ri chiziqli tekis harakat deb, teng vaqtlar oralig'ida bir xil masofani o'tgan va traektoriyasi to'g'ri chiziqdan iborat bo'lgan jism harakatiga aytiladi. To'g'ri chiziqli tekis harakat, tezlik deb ataluvchi kattalik bilan xarakterlanadi va quyidagi formuladan hisoblanadi: (1) Demak, tezlik deb, vaqt birligi ichida o'tilgan yo'lga miqdor jihatdan teng bo'lgan fizik kattalikka aytiladi. Bu harakatda (2) To'g'ri chiziqli tekis harakatning asosiy tenglamasi quyidagicha bo'ladi: (3) Demak, to'g'ri chiziqli tekis harakatda yo'l (argument) vaqtning chiziqli funksiyasidir. Tekis harakatning tezlik va yo'l grafigi quyidagicha(1- , 2- rasm): To'g'ri chiziqli tekis harakatda yo'llarni qo'shish quyidagicha ( 3-rasm) To'g'ri chiziqli harakatda tezliklarni qo'shish quyidagicha (4-rasm): To'g'ri chiziqli tekis o'zgaruvchan harakat deb, traektoriyasi to'g'ri chiziqdan iborat bo'lgan va teng vaqtlar oralig'ida har xil masofalar o'tiladigan harakatga aytiladi. U quyidagi formuladan hisoblanadi: Har qanday o'zgaruchan harakat ...

Joylangan
08 May 2024 | 18:12:51
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
62.91 KB
Ko'rishlar soni
116 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 14:48
Arxiv ichida: doc
Joylangan
08 May 2024 [ 18:12 ]
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
62.91 KB
Ko'rishlar soni
116 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 14:48 ]
Arxiv ichida: doc