Microsoft Front Page amaliy dasturida ishlash

Microsoft Front Page amaliy dasturida ishlash

O'quvchilarga / Fizika
Microsoft Front Page amaliy dasturida ishlash - rasmi

Material tavsifi

Microsoft Front Page amaliy dasturida ishlash Reja: 1. Microsoft Front Page amaliy dasturi haqida asosiy ma'lumotlar 2. Master va shablonlar yordamida Web-sayt yaratish 3. Yaratilayotgan Web-saytga yangi elementlar qo'shish va uni rivojlantirish 4. Web-sahifalar orasida o'zaro aloqa o'rnatish 5.Web-sahifalarning ko'rinishini mukammallashtirish (dizayn va qo'shimcha elementlar) Web-sahifalarni formatlashtirish 6.Web-sahifaga multimedia elementlari qo'shish 7. Web-sahifada formalar va freymlar hosil qilish Freymlar hosil qilish va ulardan foydalanish Kirish Microsoft FrontPage amaliy dasturida ishlash bo'yicha o'quv qo'llanma ushbu amaliy dasturning asosiy imkoniyatlari, menyulari va buyruqlari batafsil yoritilgan. Bir qancha amaliy misol va masalalarni yechish hamda tahlil qilish yordamida amaliy dasturda bajarila olishi mumkin bo'lgan ishlar tushuntirilgan. Ushbu amaliy dastur bilan tanish bo'lmagan yoki unda ishlash tajribasi bor kishilar uchun ham qo'llanmada keltirilgan ma'lumotlar foydali bo'lib, ularning malakasini yanada oshirish uchun xizmat qiladi. Microsoft FrontPage amaliy dasturida ishlash bo'yicha mavzularning ketma-ket berilishi va manosi talabalarning o'rganilayotgan amaliy dastur bo'yicha chuqur va atroflicha nazariy hamda amaliy bilim olishlari nuqtai-nazaridan ishlab chiqilgan. 1. Microsoft Front Page amaliy dasturi haqida asosiy ma'lumotlar Faraz qilamizki, siz biror bir tashkilotning masul xodimisiz va sizning asosiy vazifangiz ushbu tashkilot haqida Internet tizimiga ma'lumot yetkazib berish hamda shu yo'l bilan tashkilotingizga keladigan mijozlarning sonini iloji boricha ko'paytirish. Demak, sizning oldingizda Internetda tashkilotingiz haqidagi qiziqarli ma'lumotlarni aks ettiradigan sahifa yoki boshqacha aytganda Web-sayt yaratish masalasi ko'ndalang bo'lib turibdi. Sizda esa bunday ishlarni qilish uchun bilim ham, tajriba ham etarli emas. Lekin rahbariyat sizning oldingizga bunday sahifani tezda yaratish va uni Internetga joylashtirish kabi vazifani ko'ndalang qilib qo'ygan. Nima qilish kerak va qanday qilib tegishli Web- saytni qisqa muddatlarda ishga tushirish mumkin? Xuddi shunday holatlarda sizga Microsoft Front Page amaliy dasturi yordam beradi. Bu masalani hal qilishdan avval World Wide Web (yoki Web) nima ekanligini bilib olishimiz kerak bo'ladi. World Wide Web Internet tizimi bilan ishlashni ancha osonlashtiradi va u Tim Berners Li tomonidan 1992 yilda Internet resurslarini ko'rib chiqishni osonlashtirish maqsadida yaratilgan edi. Internet resurslarini ko'rib chiqish uchun mo'ljallangan programmalar Web-brouzerlar deb ataladi. Shuni ham aytib o'tish kerakki, ko'pincha Web deganda World Wide Web tushuniladi, lekin Microsoft Front Page bilan ishlayotganda Web tushunchasi Web-sayt uchun ishlab chiqilgan Web-sahifalar to'plami sifatida tushuniladi. World Wide Web hosil qilish texnologiyasi asosiga gipermatnlar tuzish asos qilib olingan. Gipermatn deganda bir-biri bilan bog'liq bo'lgan sahifalar majmuasi tushuniladi. Bunday tuzilishdagi sahifalar to'plamini uzatish, qabul qilish va ularni boshqarish uchun HTTP (Hyper Text Transfer Protocol- Giper matnlarni uzatish protokoli) tushunchasi Xususiy kompyuterda ishlashni o'rganing ishlatiladi va World Wide Web ham ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 2.42 MB
Ko'rishlar soni 94 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 14:49 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 2.42 MB
Ko'rishlar soni 94 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga