Mikroelektronika elementlari

Mikroelektronika elementlari

O'quvchilarga / Fizika
Mikroelektronika elementlari - rasmi

Material tavsifi

Mavzu: Mikroelektronika elementlari Reja Mikroprotsessorlar va ularning vazifalari. Mikroprotsessorlarning struktura sxemasi va funksiyalari. Shartli Belgilar Mikroprotsessorlar va ularning vazifalari. Hozirgi zamon ilm-texnika taraqqiyoti KIS-mikroprotsessorlarning ishlab chiqarilishi bilan bog'liqdir. Axborot ustida arifmetik va mantiqiy operatsiyalarning tugallangan ketma-ketligini bajaradigan qurilma mikroprotsessor deb ataladi. Shuningdek mikroprotsessor axborotni xotirada saqlab, uni tashqi qurilma bilan almashib turadi. Uning vazifasi EXM protsessorining vazifasiga o'xshaydi, lekin imkoniyatlari unikidan kamrok. O'lchov asboblarida, o'zgartkichlarda va texnologik o'lchashlar uchun foydalaniladigan tizimlarda mikro EHM va mikroprotsessorlar qo'llaniladi. Integral mikrosxemalar va mikroprotsessorlar - eng yangi raqamli hisoblash vositalari quriladigan zamonaviy elementlar bazasi hisoblanadi. Mikroprotsessorlarning har qanday ko'rinishlarida kattaliklar bilan ishlash, dastur boshqaruvi asosida hisoblash ishlarini amalga oshirish uchun raqamli sxemalardan foydalaniladi. Boshqacha aytganda, mikroprotsessor bu kattaliklarni qayta ishlovchi qurilmadir. Mikroprotsessorning asosiy vazifasi biror obyektni (masalan, displey, dastur asosida boshqariladigan dastgohlar va boshqalarni) boshqarishdan iborat. Boshqarish obyekti (BO) bilan bog'lanish uchun kiritish chiqarish qurilmasi (KCHK) ga ega. Dastur va dastlabki ma'lumotlar xotira qurilmasi (XK) da saqlanadi. BO dan KCHK ga uzluksiz signal beriladi. Mikroprotsessorlarning struktura sxemasi va funksiyalari. Integral mikrosxemalar (IS)-deb, yagona texnologik jaraenda tayyorlanib, muayyan sxema bo'yicha ulangan va umumiy plastmassali yoki metall korpusga yaxlit joylashtirilgan va diod, tranzistorlar, kondensatorlar, rezistorlardan tashkil topgan mikroelektronika qurilmalariga aytiladi. Integral sxemalar IS (102 elementgacha), katta IS (104 elementgacha), o'ta katta IS (104 va undan ko'p element) ko'rinishida bo'lishi mumkin. Yarim o'tkazgichli IS larda elementlar va ular orasidagi bog'lanishlar yarim o'tkazgich sirtida va ichida bajariladi. 1-rasm 1-rasm.Yarim o'tkazgichli kristallda turli elementlarni joylashtirish misollari. IS larning afzalligi yuqori ishonchlilik, tezkorlik, og'irligining kamligi, kam energiya talab etishi, bajaraetgan funksiyalarini murakkablash-tirish imkoniyatining borligi va boshqalar hisoblanadi. IS larning shartli belgilari quyidagi elementlardan tashkil topgan: Birinchi element- IS guruhini bildiruvchi raqam (1, 5, 7 - yarim o'tkazgichli; 2, 4, 6, 8 - gibridli; 3 - plenkali, sopol (keramik) va boshq.). Keng iste'moldagi qurilmalarda harflar ham ishlatilishi mumkin. Ikkinchi element - mikrosxema seriyasini bildiruvchi uchta raqam (00 dan 99 gacha). Uchinchi element - IS vazifasidan kelib chiqib, uning ko'rinishi va kichik guruhini anglatadi. To'rtinchi element - shu seriyadagi mikrosxemaning shartli raqami (nomeri). Shartli belgilar ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 668.43 KB
Ko'rishlar soni 106 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 14:49 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 668.43 KB
Ko'rishlar soni 106 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga