Mikrosxemalar haqida ma'lumot Reja: a) Mikrosxema elementlari b) Mikrosxemalarning belgilash. Xulosa Radioelektron qurilmalar juda ko'p sondagi elektron asboblardan tashkil topadi. Fan texnikaning rivojlanishi bilan ularning soni va turi yanada ortib bormoqda. Shuning uchun radioelektron qurilmaning mustahkamligi, uzoq muddat ishonchli xizmat qila olish qobiliyati va boshqa xususiyatlarini oshirgan holda ularning hajmini kichraytirish, og'irligi va sarf qiladigan quvvatini kamaytirish kabi masalalar o'rtaga qo'yilmoqda Yarim o'tkazgichlar texnikasining rivojlanishi yarim o'tkazgichli imkoniyatni yaratadi. Bunday asboblar modul-sxemalar yoki mikromodullar deb ataladi. Ularda o'ta ixcham qobiqsiz yarim o'tkazgichli asboblar, plyonkali (paradasimon) qarshilik va kondensatorlar ma'lum sxema asosida bir qobiq ichiga yig'iladi va biror element qurilmaning to'liq sxemasini tashkil etadi. Shuning uchun ular mikrosxemalar deb ataladi. Mikrosxemalarning 1 sm3 hajmda kamida 5 ta element (tranzistor diod rezistor, sig'im va induktivlik) qatnashib, ular biror element qurilmaning tugallangan sxemasini tashkil etish lozim. Hozir integral mikrosxema (IMS) deb ataladigan yarim o'tkazgichli asboblar keng qo'llaniladi. Ular qurilmaning umumiy hajmini 200 martadan ortiq kichraytirish imkonini beradi. IMS shunday qurilmaki, uning barcha elementlari yoki ularning bir qismi ajralmas qilib bog'langan bo'ladi. Ular bir-biri bilan shunday tutashkanki, natijada bir butun qurilma bo'lib xizmat qiladi. Mikrosxema elementlari. Biz yarim o'tkazgichli IMSlarning elementlari bilan tanishamiz. Sababi paradasimon IMSlarda faqat passiv elementlar qarshilik, sig'im va induktivlik hosil qilinishi mumkinligi gapirilgan edi. Ular taglik sirtiga o'tkazuvchan va himoyalovchi moddalarni purkash yoki pardalar qatlami sifatida joylashtirish yo'li bilan hosil qilinadi. Bunda taglik dielektrik materialdan yasalgani uchun elementlarni bir-biridan himoyalashga hojat qolmaydi. Quydagi birinchi rasmda purkash yo'li bilan hosil qilingan to'g'ri to'rt burchak shaklida yasalgan induktivlik g'altagi ko'rsatilgan. 1-расм. Yarim o'tkazgichli IMSlarning elementlarini yasash murakkab texnologik jarayon bo'lib, ularning turlari xilma-xildir. Barcha jarayonlarning negizini tranzistorlar tarkibi tashkil qiladi, ya'ni barcha passiv va aktiv elementlar tranzistor asosida hosil qilinadi. Asos tranzistor vazifasini bipolchr yoki unipolyar tranzistorlar bajaradi. Bipolyar tranzistorlarni yasashda uning ikki formulasi р-n-p va n-p-n dan foydalaniladi. Ulardan n-p-n turi eng ko'p tarqalgan. Mikrosxemalarni belgilash IMSlarning turlarini aniqlash tasdiqlangan shartli belgilar asosida olib boriladi. U mikrosxemaning qanday shakl va texnologik asosda ishlab chiqarilganligini, qanday maqsad uchun ishlatish mumkinligini hisobga oladi. Yasalish shakli va texnologiyasiga qarab IMSlar 3 ta guruhga bo'linadi va raqamlar orqali ifodalanadi. a) 1,5,6,7-yarim o'tkazgichli mikrosxema; b) 2,4,8- duragay mikrosxema; d) 3-pardasimon vakuumli, keramikali (sopol)mikrosxema. Mikrosxema belgisida uning seriyasi raqamlari bilan ifodalanadigan ikki elementdan tashkil topdi. Unda birinchi raqam mikrosxemani yasashdan shakl va texnologiyasini ifodalasa, ikkinchisi, ikki xonali (eskicha) yoki uch xonali (yangicha) raqam-seriyaning tartib nomerini ko'rsatadi. Masalan, 1801 seriya 801 tartib nomerli yarim o'tkazgichli IMS deb o'qiladi. ...

Joylangan
08 May 2024 | 18:12:51
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
16.37 KB
Ko'rishlar soni
112 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 14:49
Arxiv ichida: doc
Joylangan
08 May 2024 [ 18:12 ]
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
16.37 KB
Ko'rishlar soni
112 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 14:49 ]
Arxiv ichida: doc