Reja: Minerallarning shaffoligi Mineralning yaltirash va sindirish ko'rsatkichi Minerallarning ulanish tekisligi va sinish yuzalari Minerallarning qattiqligi Minerallarning boshqa xususiyatlari Minerallarning fizik jism sifatida rangi, kattaligi, yaltirashi, solishtirma og'irligi kabi xilma-xil xususiyatlarga ega ekanligi yuqorida ko'rsatib o'tgan edi. Kimyoviy tarkibi va kristall strukturasiga bog'liq ravishda, bunday xususiyatlar har xil minerallarda turlicha namoyon bo'ladi. Har qanday mineral o'ziga xos xususiyat bilan xarakterlanadiki, ana shu xususiyatiga qarab uni doimo boshqa minerallardan ajratish mumkin. Juda ko'p minerallarni bir qator o'ziga xos fizik xususiyatlariga qarab qiyinchilik bilan bajariladigan analizlarni, jumladan kimyoviy analiz, rentgen analiz va boshqalarni qilib o'tirmasdan juda aniq bilish mumkin. Shuni ham aytib o'tish kerakki, ko'pgina minerallarning har bir uchun xos maxsus, bir qarashdayoq bilib, so'z bilan ta'riflab bo'lmaydigan nozik xossalari bor. Bularga ayniqsa o'sha minerallar rangining turli-tumanligi va uning quyuqligi, qanday sinishi, yaltirashi va boshqa xususiyatlari kiradi. Shunga qaramasdan, ko'z birmuncha o'rganib qolganidan keyin minerallarning shu o'ziga xos belgilarini shunchalik sezib oladigan bo'lib qoladiki, ular keyinchalik hal qiluvchi diagnostik belgilar bo'lib xizmat qiladi. Kishilar umuman kimyo, jumladan kimyoviy elementlar haqida hech qanday tushunchaga ega bo'lmagan uzoq o'tmishda ham minerallarning shu o'ziga xos belgilarini juda yaxshi bilishlar edi va ruda bilag'onlar yana shu belgilarga qarab o'sha vaqtda o'zlarini qiziqtirgan foydali qazilmalarni adashmasdan topib olganlar. Tabiatda uchraydigan minerallarning hammasini ham shunday yo'l bilan aniqlab bo'ladi deb o'ylash, albatta, xato. Bulardan ko'pchiligini batafsil aniqlash uchun ancha mukammal tekshirish, jumladan kimyoviy sifat reaksiyalarini qo'llash, yanada aniqroq bilish uchun solishtirma og'irligini, optik, mexanik va boshqa xususiyatlarini tekshirish kerak. Mayin donador mineral masalalari dan maxsus preparatlar (shliflar) tayyorlanib, mikroskopdatekshiriladi. Spektral analiz yordamida kobalt, indiy, kadmiy, litiy, tseziy kabi qimmatli minerallar tarkibida juda oz miqdorda bo'lsa-da sanoat ahamiyatiga ega bo'lgan metallar borligi aniqlangan ko'pgina hollarda kimyoviy analiz qilib ko'rishga to'g'ri keladi. Yashirin kristallangan minerallarni tekshirayotganda ham rentgenometrik analiz qilib ko'rish kerak. Minerallarning radioaktivligini, pezoelektrik effektlarini, magnitlik xususiyatini va boshqa minerallardagi fizik hodisalarni tekshirishda maxsus usullar qo'llaniladi. Quyida minerallarning eng ko'p diagnostik ahamiyatga ega bo'lgan asosiy xususiyatlarini tekshirish: o'rganish ustida to'xtab o'tamiz. Bunday xususiyatlarga: morfologik xususiyatlar - kristallarning qiyofasi, qo'shaloq kristallar, kristall yonlaridagi chiziqchalari; optik1 xususiyatlar - shaffofligi, minerallar rangi, chiziq rangi, yaltirashi; mexanik xususiyatlar - ulanish tekisligi, sinishi, qattiqligi, mo'rtligi, qayishqoqligi, shuningdek, solishtirma og'irligi, magnit tortishi, radioaktivligi va boshqa xususiyatlari kiradi. Minerallarning shaffofligi Moddalarning o'zidan nur o'tkazish xususiyatiularning shaffofligi deb ataladi. Absolyut shaffof bo'lmagan (emas) jismlar bo'lmasa ham biroq ko'pgina minerallar, ayniqsa metallar (yupqa parda bo'lgan holda ham) ko'rinma nurlarni shunchalik kam miqdorda o'tkazadiki, amalda butunlay shaffof emasdek ko'rinadi. ...

Joylangan
08 May 2024 | 18:12:51
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
31.75 KB
Ko'rishlar soni
94 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 14:49
Arxiv ichida: docx
Joylangan
08 May 2024 [ 18:12 ]
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
31.75 KB
Ko'rishlar soni
94 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 14:49 ]
Arxiv ichida: docx