Miqdoriy analizning fizikaviy va fizik kimyoviy usullari Reja: 1. Fotometriya va kolorimetriya usulining mohiyati. Buger-Lambert- Ber qonuni va uning fizik mohiyati 3. Eritmalarning rangini solishtirish usullari. 4. Kolorimetriyaning qo'llanilishi. Fe3+ ionini kolorimetrik usulda aniqlash. Fotometriya va kolorimetriya usulining mohiyati. Sifat analizining fizikaviy va fizika ximiyaviy usullari energetika, radiotexnika, radioelektronika, yarim o'tkazgich va lazerlar texnikasi,maxsus kotishma va ximiyaviy toza moddalar ishlab chiqariladigan sanoat sohalarida katta ahamiyatga ega. ayniqsa texnologik protsesslarni taftish etish va boshqarish borasida elektron hisoblash mashinalari bilan birgalikda miqdoriy analizning fizikaviy va fizika-ximiyaviy usullarining ahamiyati yanada oshadi. Fizikaviy va fizika-kimyoviy usullarni besh sinfga bo'lish maqsadga muvofiqdir. Tekshiriluvchi birikmalarning optik xossalariga asoslangan spektral usullar. Analiz qilinadigan moddalarning elektr xosslaridan foydalanishga asoslangan elektr-ximiyaviy usullar. Moddalarning saylab adsorbtsiya qilishiga asoslangan xromotografik usullar. Ayni elementning radiaktiv nurlar chiqarishiga asoslangan radiometrik usullar. Ionlashgan ayrim atom, molekula va radiakallarning massalarinii aniqlashga asoslangan mass-spektrometrik usullar. Bu usullarning bayonotini optik usullardan boshlaymiz. Ular jumlasiga fotometriya (kalorimetriya) emission spektrial analiz adsorbtsion spektral analiz yorug'likning yoyilishiga asoslangan kombinatsion spektral analiz, turbidimetriya (ya'ni loyka eritma orqali o'tadigan nur intensivligini o'lchashga asoslangan usul ) nefelometriya, lyuminestsentsiya, fluorestsentsiya usullari kiradi. Fotometriya va kalorimetriya usulining mohiyati. Fotometrik analiz usullarining eng oddiy ko'rinishlaridan biri kalorimetriyadir. Bu usuldan foydalanib turli biologik materiallar yoki metallardan qo'shimcha tarzda bo'ladigan juda oz miqdordagi elementlarni aniqlash mumkin. Elementlarni bu qadar oz miqdorlarini tortma va xajmiy analizning odatdagi usullari bilan amalda aniqlash mumkin emas, chunki ularni eritmadagi kontsentratsiyalari yetarli darajada bo'lishi uchun tegishli moddalardan analizga juda ko'p miqdorda tortib olish kerak bo'ladi. Bunday xollarda kalorimetrik usuldan foydalanib juda tez va aniq natijalar olinadi. Kalorometrik analizda aniqlanayotgan ionning eritmadagi rangli birikmasi hosil bo'lishi tufayli paydo bo'ladigan rangning intensivligiga (och, to'qligiga) asoslanib usha ionng miqdori haqida xulosa chiqariladi. Eritmaning rangi qancha intensiv (to'q) bo'lsa, ionning eritmadagi kontsentratsiyasi shuncha yuqori bo'ladi yoki aksincha. Kalorimetrik analiz-rangli eritmada yorug'lik spektrining ko'rinish sohasida yotuvchi no'rning yutilishi darajasini o'lchashga asoslangan . Ko'pgina moddalarning eritmalari o'zi uchun xarakterli rangga ega chunki ularning molekula yoki ionlari no'rni tanlab yutadi. Masalan [Fe (SCN)] 2+, [Cu (NH3)4] 2+, Cu2+,Ni2+, Co2+,Fe3+, Cr3+,CrO2-4, MnO-4 kabi kompleks va oddiy ionlari bo'lgan eritmalar o'zining xususiy rangiga ega. Ba'zi moddalar suvda erishi protsessida rang paydo bo'ladi. Ammo, ko'pchilik xollarda eritmani biror rangga kiritish uchun unga aniqlanadigan element ioni bilan ximiyaviy reaksiyaga kirisha oladigan biror reaktiv qo'shishga to'g'ri keladi. Masalan temir Fe3+, ionini kalorimetrik usulda aniqlashda eritmaga temir (11) ionlari bilan qizilkon rangli birikma ya'ni Fe(SCN)3 temir (11) rodanid hosil qiladigan modda-ammoniy rodanid NH4SCN qo'shiladi. Aniqlanadigan ionning ...

Joylangan
08 May 2024 | 18:12:51
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
25.56 KB
Ko'rishlar soni
97 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 14:49
Arxiv ichida: doc
Joylangan
08 May 2024 [ 18:12 ]
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
25.56 KB
Ko'rishlar soni
97 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 14:49 ]
Arxiv ichida: doc