Miqdoriy analizning mohiyati va uning usullari

Miqdoriy analizning mohiyati va uning usullari

O'quvchilarga / Fizika
Miqdoriy analizning mohiyati va uning usullari - rasmi

Material tavsifi

Miqdoriy analizning mohiyati va uning usullari Reja: Fizik -kimyoviy analiz. Optik analiz usuli. Elektrokimyoviy analiz usuli. Xromotografiya analiz usuli Fizikaviy analiz usullari. Xajmiy analiz. Klassik usullardan biri hisoblanadi. reaksiyaga kirishayotgan eritmalar hajmini o'lchashga asoslangan. Ulardan birini kontsentratsiyasi ma'lum bo'lib, ikkinchi eritmanining kontsentratsiyasi titrlash natijasida hisoblab topiladi. Gaz analizi. Bu usulning asl mohiyati shundan iboratki, gazlar aralashmasi maxsus reaktiv eritmasi orqali o'tkazilganda ayrim komponentlarning eritmaga yutilishi tufayli gazlar aralashmasining hajmi kamayadi. Ana shunga asoslanib aralashmadagi ba'zi gazlarning protsent miqdori aniqlanadi. Masalan, gazlar aralashmasi tarkibidagi karbonat angidrid miqdori ma'lum hajmdagi gazlar aralashmasini uyuvchi natriy eritmasi bilan aralashtirib chayqatish yo'li bilan aniqlanadi. Bunda ishqor eritmasi SO2 gazini to'liq yutadi. Fizik- kimyoviy analiz usullari. Fizik-kimyoviy usullarni asosan uch gruppaga ajratish mumkin. Ular optik, elektrokimyoviy va xromotografik analiz usullaridir. Qishloq xo'jaligiga taaluqli izlanishlarda optik analizlardan biri kalorimetrik analiz keng qo'llaniladi. Turli obyektlar tarkibidagi mikroelementlar miqdori ana shu usul yordamida aniqlanadi. Kalorimetrik analiz usulida aniqlanishi zarur bo'lgan komponent rangli birikmaga o'tkaziladi. Hosil bo'lgan rangning intensivligidan foydalanib aniqlanayotgan komponentning miqdori to'g'risida xulosa qilinadi. Masalan, biologik obyekt tarkibidagi Fe3+ kationi miqdorini aniqlash uchun temir (II) ioni eritmaga o'tkaziladi va unga NH4CNS eritmasidan qo'shiladi. Fe3+ + CNS- = [Fe (CNS)]2+ Hosil bo'lgan kompleks ionlar eritmani qizil -qon ranga boyaydi. (Bu reaksiyaga temir (II) ionlari xalal bermaydi). Kalorimetrik analizda tekshirilayotgan va standart eritmalarga reaktivlar bir xil miqdorda, birin ketin solinadi. Eritmalar rangini solishtirishda bir xil tipdagi idishlardan va bir xil tabiatli nurdan foydalaniladi. Standart eritma bilan tekshirilayotgan eritma ranglarini solishtirishni bir qancha usullari mavjud. Vizual usulda eritmalar rangi solishtiriladi. Eitmalarning rangini solishtirishda fotoelementdan ham foydalanish mumkin., bu usul fotokolorimetrik usul deb ataladi. Spektrofotometriya, fotometriya, alanga fotometriyasi, atom absorbtsion analiz va lyuminestsent analiz kabi usullar ham kiradi. Elektro kimyoviy analiz usuli. Tekshirilayotgan modda tarkibidagi aniqlanayotgan moddaning elektrokimyoviy xususiyatlardan foydalaniladi-gan bir qancha analiz usullari mavjud. Potentsiometrik, konduktometrik, polyarografik va elektrogravimetrik usullar xalq xo'jaligining turli tarmoqlariga oid laboratoriyalarda muvaffakiyat bilan qo'llanilib kelmoqda. Potentsiometrik usul. Eritmaga tushirilgan elektrodda vujudga keladigan potentsialni o'lchashga asoslangan. Potentsialning kattaligi eritmadagi ionlar kontsentratsiyasiga to'g'ri proportsional bo'ladi. Masalan, mis elektrodning potentsiali kattaligi u tushirilgan mis (II) sulfat eritmasidagi mis (II) ionlarini kontsentratsiyasiga bog'liq ravishda o'zgaradi. Ana shu bog'lanish boshqa metallar va ularning eritmalari orasida ham mavjud va u yordamida. eritmadagi ionlar kontsentratsiyasini aniqlash mumkin. Bunda metall eletrod tarkibidagi tuz kontsentratsiyasi noma'lum eritmaga tushiriladi va elektrodda paydo bo'lgan potentsial o'lchanadi. Konduktometrik usul. Temperaturaning ma'lum qiymatida eritmadagi elektrolit kontsentratsiyasi bilan eritmaning elektr o'tkazuvchanligi orasidagi bog'lanishga asoslangan. Odatda eritmaning kontsentratsiyasi qancha yuqori bo'lsa, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 15.2 KB
Ko'rishlar soni 108 marta
Ko'chirishlar soni 11 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 14:49 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 15.2 KB
Ko'rishlar soni 108 marta
Ko'chirishlar soni 11 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga