Modda bo'lgan holda magnit maydon qonunlari Reja: 1. Moddaning magnitlanish jarayoni. Magnitlanish vektori bilan molekulyar toklarning bog'lanishi. Modda bo'lgan holda doimiy magnit maydonining tenglamasi. 4. Magnit maydon kuchlanganlik vektori va uning xossalari. Tayanch so'z va iboralar: Magnitlanish vektori, molekulyar toklar, magnit maydon kuchlanganligi, magnit qabul qiluvchanlik, nisbiy magnit singdiruvchanlik, magnetiklar. 1. Moddaninig magnitlanishi. O'tgan ma'ruzalarda o'tkazgichdan o'tgan tokning hosil qilgan maydonining uni atrofida modda bo'lmagan holda qarab chiqdik. Tajriba ko'rsatadiki, moddaning borligi, magnit maydonining o'zgarishiga olib keladi. Buning sababi shundaki, barcha moddalar magnit maydon ta'sirida magnit xossaga ega bo'ladi- magnitlanadi va o'zlari magnit maydoni hosil qiladi. Shunday qilib , modda bo'lgan holda maydonning har bir nuqtasida yig'indi maydon hosil bo'ladi: B = B0 + B' (1) Bu formulada V0 -o'tkazgichdagi tok tufayli hosil bo'lgan magnit induksiyasi, V' - moddaning magnitlanish tufayli hosil bo'lgan magnit induksiyasi. Maydon moddaning xossasiga sezilarli bog'liq bo'ladi. Shuning uchun ham maydonning xossasini modda bo'lgan holda o'rganishdan oldin moddaning magnit maydon ta'sirida o'zini qanday tutishi bilan tanishib chiqaylik. Biz magnit maydon nazariyasini qurishda eng sodda model Amperning molekulyar toklar modelidan foydalanamiz Amper gipotezasiga ko'ra, moddada mikroskopik yopiq toklar - molekulyar toklar mavjud bo'ladi. Tashqi maydon bo'lmaganda molekulyar toklarning orbitalari va shuningdek uning magnit momentlari xaotik orientirlanib, har qanday makroskopik cheksiz kichik hajmdan (v) moddaning yig'indi magnit momenti nolga teng bo'ladi, modda magnit xossaga ega bo'lmaydi. (rasm 69a). Moddani tashqi magnit maydoniga joylashtirganimizda molekulyar toklarning magnit momentlari maydon bo'ylab orientirlanadi, natijada har qanday kichik modda elementida noldan farq qiladigan magnit momentiga ega bo'ladi- modda magnitlanadi (rasm 69b). a) b) Moddaning magnitlanish darajasini miqdoriy jihatdan xarakterlash uchun magnitlanish vektori deb ataladigan fizik kattalik kiritiladi. Magnitlanish vektori - modda hajmi birligidagi magnit momentlarining yig'indisidir. Shunday qilib, agar Pk -kichik dv hajmdagi molekulyar toklarning yig'indi magnit momenti bo'lsa, qaralayotgan nuqtadagi magnitlanish vektori I quyidagi formula bilan aniqlanadi: I = Pk dv (2) Magnitlanish vektorining SI sistemasidagi birligi 1Am (amper metrga) qabul qilingan. Tajriba ko'rsatadiki, ko'pchilik moddalar (bunga ferromagnitlar kirmaydi) uchun magnitlanish vektori I maydon induksiyasiga proportsionaldir. I B (3) Bu yerda proportsionallik koeffitsiyenti moddaning xossasiga bog'liq bo'ladi va unga magnit qabul qiluvchanlik deyiladi, bu haqida keyinroq ham to'xtalamiz. Molekulyar toklarning magnitlanish vektori bilan bog'liqligi. Makroskopik molekulyar tok va magnitlanish vektori orasidagi bog'lanishni qarab chiqamiz. Moddaning ichida L kontur bilan chegaralangan ixtiyoriy S sirt berilgan bo'lsin va bu sirt orqali o'tgan to'la molekulyar tok Im ni topamiz. Ravshanki, bu tokka asosiy ulushni L konturni o'rab olgan molekulyar toklar beradi, konturni o'rab ...

Joylangan
08 May 2024 | 18:12:51
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
18.5 KB
Ko'rishlar soni
87 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 14:49
Arxiv ichida: doc
Joylangan
08 May 2024 [ 18:12 ]
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
18.5 KB
Ko'rishlar soni
87 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 14:49 ]
Arxiv ichida: doc