Modda haqidagi molekulyar kinetik tasavvurlarning rivojlanishi

Modda haqidagi molekulyar kinetik tasavvurlarning rivojlanishi

O'quvchilarga / Fizika
Modda haqidagi molekulyar kinetik tasavvurlarning rivojlanishi - rasmi

Material tavsifi

Modda haqidagi molekulyar kinetik tasavvurlarning rivojlanishi Reja: Modda tuzilishi haqida umumiy ma'lumotlar. Modda haqidagi atom molekulyar kinetik nazariya va uning rivojlanishi. Molekulyar-kinetik nazariyaning asosiy qoidalarini tasdiqlovchi ba'zi hodisalar haqida. Modda tuzilishi haqida mumtoz, kvant fizikasi modellari. Mumtoz fizikaning qullanilish chegarasi. Хулоса. Barcha jismlarning eng mayda zarralar-atomlardan iborat ekanligi haqidagi tasavvurlar eng qadim zamonlardayoq paydo bo'lgan. Grek faylasufi Demokrit eramizdan avvalgi V asrda barcha jismlar mayda zarralardan tuzilgan, ular atomlar deyiladi degan fikrni ilgari surgan. Keyinchalik bunday atomistik dunyoqarash unutilib yuborildi. XVII asr oxirlarida va XIX asr boshlarida Boyl-Mariott, Gey-Lyussak, Dalton, Avagadro tomonidan eksperimental ravishda ochilgan gaz qonunlari modda tuzilishining molekulyar nazariyasiga qo'shilgan o'lkan hissa bo'ldi. XVII asrning ikkinchi yarmiga kelib Joul, Klauzius, Maksvell, Bolsman, Gibbs kabi olimlarning qo'shgan hissasi bilan molekulyar kinetik nazariyaning asosiy qonunlari hozirgi ko'rinishga keldi. Shunga asosan: 1. Barcha moddalar juda mayda alohida zarralar-molekulalardan iborat. Ayni moddani tashkil qiluvchi molekulalar mutlaqo bir xildir: turli moddalar esa turli molekulalardan iborat. Bir necha atom birikib molekulani tashkil etadi. Atomlar turi tabiatda mavjud bo'lgan ximiyaviy elementlar soniga teng. Gaz ham qattiq jismlar va suyuqliklar kabi o'z massasiga ega. Lekin gaz qonunlarini o'rganishda molyar massa tushunchasidan foydalanish qulaydir. Moddaning bir molining massasi uning molyar massasi deyiladi va μ bilan belgilanadi Uglerod-12 (C) ning 0,012 kg massasidagi atomlar soniga teng strukturaviy element (atom, molekula) lardan tashkil topgan moddaning miqdori bir mol deb ataladi. Bu birlik shu bilan qulayki, 1 mol gazdagi molekulalar soni gazning turiga bogliq bo'lmagan o'zgarmas kattalik bo'lib, ushbu qiymat Avagadro soni (NA=6,0223∙1023mol-1) deb ataladi. Bitta molekulaning massasi m bo'lsa, Avagadro soni orqali molyar massa quyidagi ifodagi ega bo'ladi: Mos ravishda N ta molekuladan tashkil topgan gazning massasi: Bu ikki massaning nisbatidan V hajmdagi molekulalarning sonini aniqlaymiz: Demak, biror hajmdagi molekulalarning sonini aniqlashda gaz massasining Mµ nisbiy, ya'ni mollar sonini bilish kifoyadir. Ravshanki, N ta gaz molekulasi egallangan hajm ma'lum bo'lsa, birlik hajmdagi molekulalar soni uning konsentratsiyasi deyiladi va bu kattalik orqali aniqlanadi. Avagadro soni yordamida molekulalarning kattaligini va absolyut massalarini hisoblash mumkin. Masalan, 1sm3 suvni olaylik. Uning massasi 1g bo'lib, bir mol suvning 118 qismini tashkil qiladi. Demak, 1sm3 suvda dona suv molekulasi bo'ladi. Shunday qilib, suyuq suv bitta molekulasining hajmi Chiziqli ulcham (radiusi) taxminan ga teng. Atom va molekulalarning radiusini aniqroq tasavvur qilish uchun quyidagi misolni keltiraylik. 1sm3 mis (Cu) tarkibidagi hamma atomlarni bir qator qilib tersak uzunligi 14 milliard kilometr bo'lgan zanjir hosil bo'ladi. Bu uzunlik yerdan quyoshgacha bo'lgan masofada qariyib 90 marta ortiq. Zamonaviy elektron mikroskoplar ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 23.96 KB
Ko'rishlar soni 95 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 14:49 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 23.96 KB
Ko'rishlar soni 95 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga