Modda tuzilishi haqida al-Roziy, Beruniy va Ibn Sino ta'limotlari. Yorug'lik hodisalari haqida Beruniy va Ibn Sino ta'limotlari

Modda tuzilishi haqida al-Roziy, Beruniy va Ibn Sino ta'limotlari. Yorug'lik hodisalari haqida Beruniy va Ibn Sino ta'limotlari

O'quvchilarga / Fizika
Modda tuzilishi haqida al-Roziy, Beruniy va Ibn Sino ta'limotlari. Yorug'lik hodisalari haqida Beruniy va Ibn Sino ta'limotlari - rasmi

Material tavsifi

Modda tuzilishi haqida ar - Roziy, Beruniy va Ibn Sino ta'limotlari. Yorug'lik hodisalari haqida Beruniy va Ibn Sino ta'limotlari Reja: Ar-Roziy, Beruniy va ibn Sino tarjimai hollari. Modda tuzilishi haqida Ar - Roziy, Beruniy va ibn Sino ta'limotlari. Yorug'lik hodisalari haqida Farobiy Beruniy va ibn Sino ta'limotlari. Issiqlik hodisalari haqida Farobiy va Ibn Sino qarashlari. Xulosa Adabiyotlar Ar - Roziy, Beruniy va Ibn Sino tarjimai hollari. Abu Bakr Ar-Roziy 865 yilda tug'ilgan va 925 yilda vafot etgan. Markaziy Osiyoda xususan Xorazmda u Doshqinjon bobo nomi bilan keng ommoga ma'lum. Viloyat markazi Urganch shahrida kompyuter va axborot texnologiyalari kasb - hunar kollejining shimol va 3-son UO'T maktabining g'arb tomonida XX asr choragiga qadar juda katta Doshqinjon bobo qabristoni bo'lgan. Undan hozirgi kunda 2 ta gumbaz saqlanib qolgan. Abu Bakr Ar-Roziy- Doshqinjon boboni juda ko'plab fan yo'nalishida ilmiy tadqiqot ishlarini olib borgan ajdodimizni mustaqillikka erishguncha faqat diniy ulamo sifatidagina bilganmiz. U jami 184 ta asar yozib qoldirgan bo'lib, barcha fan yo'nalishida ijod qilgan qomusiy olimdir. Abu Rayhon Beruniy 973 yili Xorazmning qadimiy poytaxti Qiyot shahri yaqinida tug'ilgan. Beruniy qomusiy olim bo'lib, falsafa, ma'danshunoslik, geodeziya, jug'rofiya, hindshunoslik, biologia, dorishunoslik, tarix, fizika, riyoziyot, falakiyot kabi fanlarning rivojlanishida alohida o'rin egallaydi. Beruniyning 200 dan ortiq yirik risolalar yozganligi ma'lum bo'lsa ham, bizgacha ulardan faqat 27 tasi yetib kelgan. Beruniyning birgina fizika fani rivojiga qo'shgan hissasini tasavvur qilmoq uchun uning quyidagi kashfiyotlaridan xabardor bo'lmoq lozim: moddiyat, dunyoning moddiyligi, tabiat va jamiyat hodisalarini o'rganish usullari metodologiyasi, harakat va uning turlari, atomning bo'linishi, atom tarkibidagi zarrachalarning harakati va ularning o'zaro ta'sir kuchlari, bu zarrachalar hajmining atom ichidagi bo'shliq o'lchamlari orasidagi nisbati, solishtirma og'irlik va uni aniqlash usullari, jismning inersiyasi, bo'shliq va atmosfera bosimi, suyuqliklarning gidrostatikasi, suvning issiqlikdan kengayishidagi alohida xususiyati, qor, yomg'ir, do'lning paydo bo'lish hamda energiyaning boshqa turdagi energiyalarga aylanishi, ishqalangan vaqtda jismlarning qahrabolanishi, ohangrabo va magnit qutblarining o'zaro ta'siri haqidagi tajribalar, magnit qutblari ta'sir kuchlarining oraliq muhitga bog'liqligi; dengiz va okean suvlarining ko'tarilishi va pasayishi sabablari, yorug'likning korpuskulyar va to'lqin xossasi, tovush va yorug'lik tezligi orasidagi munosabat, linza, yorug'likning qaytish va sinish xossalarining sabablari, dispersiya hodisasining mohiyati; jism yuzasi yoritilishining nur tushish burchagiga bog'liqligi, geliosentrik nazariya, sayyoralarning Quyosh atrofidagi harakatlarning ellipsga yaqinligi, fazozoviy jismlarning vaznsizligi kabi yana ko'pgina ajoyib ishlarning hozirgi kunlarda ham o'z kuchini yo'qotmaganligining o'zi ham bobokalonimizning o'z zamonidan 100 yillarga o'zib ketganligidan nisxonadir. Beruniy 1050 yili Afg'onistonda vafot etgan. Abu Ali Husayn Ibn Sino 980 yilda Buxoroga yaqin Afsxona qishlog'ida dunyoga kelgan. Jahonga ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 33.53 KB
Ko'rishlar soni 133 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 14:49 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 33.53 KB
Ko'rishlar soni 133 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga