Modda xosalarini o'rganishda dinamik, statik va termodinamik usullar. Mikroskopik tizimlarning xarakterli tomonlari Reja: Atom, molekula va ularning xossalari to'g'risida umumiy tushunchalar. Moddalarni xosalarini o'rganishdagi dinamik, statik va termodinamik usullar. Mikroskopik tizimlarning xarakterli tomonlari. Xulosa. Molekulyar fizikada nihoyatda ko'p zarralar ta'sirida vujudga keladigan hodisalarni tekshirishga to'g'ri keldi. Xususan, bir kub santimetr hajmdagi gazda (normal sharoitda) dona molekula mavjud bo'lib, ular bir sekund davomida boshqa molekulalar bilan taxminan 1010 marta to'qnashadi. Tabiatdagi barcha moddalar yuzdan ortiq ximiyaviy elementlardan tashkil topgan. Elementning barcha xossasini o'zida mujassamlashtirgan eng kichik zarrasiga atom deyiladi. Hozirgi vaqtda ma'lumki, atomning o'zi ham kichik elementar zarralar: yadrodagi proton va neytronlar hamda ular atrofida ma'lum orbitalar bo'ylab harakatlanuvchi elektronlardan iborat. Turli xil atomlarda proton, neytron va elektronlar soni turlicha bo'lganligi sababli ularning xossalari bir-biridan keskin farq qiladi. Eng sodda element bu vodorod atomidir. Vodorod atomining yadrosi bitta elektrondan iborat. Hamma ximiyaviy elementlardagi musbat zaryadli protonlar soni, manfiy zaryadlar elektronlar soniga teng bo'lib, ularning miqdori shu elementning davriy sistemadagi egallangan tartibi-o'rni bilan aniqlanadi. Bu zarralar moddiy bo'lganligi uchun massaga ega. Elektronning massasi kg va zaryadi. Kl. Protonning massasi elektron massasidan 1836 marta katta: kg va zaryadi elektron zaryadiga teng. Atomda bor bo'lgan neytronlar soni shu elementning massa sonidan davriy sistemada egallangan tartibni ayirmasiga teng: bu yerda Z=16 atom massa soni, uning davriy sistemasidagi tartib nomeri esa N=8 ga teng. Demak kislorod atomida 8ta proton va 16-8=8 ta neytron bor. Tabiatda ko'pgina moddalar atom holda emas, molekula holida uchraydi. Modda molekulasi bir, ikki yoki undan ortiq sondagi atomlardan va shuningdek bir xil atomlardan yoki bir necha xil atomlardan tashkil topgan bo'lishi mumkin. M: O gazi molekulasi О2 -ikkita kislorod atomidan iborat. Suv molekulasi (Н2О)- uchta atom: ikkita vodorod va bitta kislorod atomidan iborat. Sulfat kislotasi molekulasi esa uch xil atomlardan tashkil topgan bo'lib, uning molekulasidagi (H2SO4) atomlar soni yettitaga teng. Yuqori birikmali moddalarda (polimerlarda) molekuladagi atomlar soni hatto bir necha mingdan iborat bo'lishi mumkin. Molekula so'zini fanga birinchi bo'lib 1658 yilda fransuz olimi N.Gassendi kiritgan. Uning haqiqatdan mavjud ekanligi tajribada 1906 yilda fransuz olimi J.Pirren tomonidan isbotlangan. Molekulaga berilgan ta'rifni quyidagi hayotiy misollarda tushuntirish mumkin. Moda qanday agregat holatida bo'lishidan qat'iy nazar uni mayda bo'laklarga bo'lish mumkin. Masalan, bir bo'lak osh tuzini mayda bo'laklarga bo'lsak, u bo'laklarda ham osh tuzi xossasi namoyon bo'ladi. Bo'linishni yana davom ettiraversak, osh tuzining xossalari saqlanib qoladimi? Uning xossalari molekulyar bo'laklarga bo'linguncha saqlanib qoladi. Osh tuzi molekulasi natriy (Na) va xlor (Cl) atomlardan tashkil topgan bo'lib, uning ...

Joylangan
08 May 2024 | 18:12:51
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
41.55 KB
Ko'rishlar soni
92 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 14:50
Arxiv ichida: doc
Joylangan
08 May 2024 [ 18:12 ]
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
41.55 KB
Ko'rishlar soni
92 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 14:50 ]
Arxiv ichida: doc