Moddalardagi magnit maydoni

Moddalardagi magnit maydoni

O'quvchilarga / Fizika
Moddalardagi magnit maydoni - rasmi

Material tavsifi

Moddalardagi magnit maydoni Tabiatdagi barcha moddalar u yoki bu darajada magnit xossalariga egadir. hozirgi vaqtda ixtiyoriy moddani tashkil qilgan elementlar zarrachalar, atom va molekulalarning magnit xossaga ega ekanligi aniqlangan. Har qanday moddaning magnit xossasi atomdagi elektronlarning magnit xossalari bilan xarakterlanadi. Elektronning atrofida elektromagnit maydoni mavjud. Bu maydonning elektr tashkil etuvchi elektr zaryadi «e» bilan, magnit tashkil etuvchi esa, «spin» bilan xarakterlanadi. Elektronning yadro atrofidagi orbital harakatlanishidan hosil bo'lgan magnit maydonni elektronning orbital magnit momenti bilan xarakterlash mumkin, ya'ni: (1) bu yerda I- orbital tok; S - orbitaning yuzasi; - elektron zaryadi; - aylanish chastotasi; r - orbitaning radiusi. Magnit maydoniga joylashtirilganda holatini o'zgartirmaydigan moddalar mavjud emas. Magnit maydoniga moddalarning o'zi shunday maydon manbai bo'lib qoladi. Shu ma'noda barcha moddalarni magnetiklar deb qabul qilingan. Magnetiklarning magnitlanganlik darajasini xarakterlash uchun magnetiklanish vektori kiritilgan. Magnetiklarning magnitlanish vektori deb, uning xajm birligiga mos kelgan atomlarning natijaviy magnit momentiga miqdor jihatdan teng bo'lgan fizik kattalikka aytiladi: (2) bu yerda n - magnetikning hajmidagi atomlar soni. Tashqi magnit maydonga kiritilgan magnetikdagi magnit maydonning induksiya vektori vakuumdagi magnit maydonning induksiyasi bilan magnetikning magnitlanishi natijasida hosil bo'lgan ichki magnit maydonning induksiyasining vektor yig'indisiga tengdir: (3) bu yerda - tashqi magnit maydon induksiyasi; - vakuumdagi magnit maydon induksiyasi; - magnetikni ichki magnit maydon induksiyasi (3) formuladan quyidagini hosil qilamiz: (4) bu yerda (5) - magnetiklarning nisbiy magnit singdiruvchanligi. Vakuum va havo uchun = 1, chunki bu muhitdagi ichki magnit maydon induksiyasi nolga teng, ya'ni = O. Nisbiy magnit singdiruvchanligining qiymatiga qarab moddalar uch guruhlarda bo'linadi. Agar 1 modda tashqi magnit maydoniga joylashtirilganda u maydonni kuchaytiradigan yo'nalishda ichki magnit maydonni hosil qiladi. Bu ichki maydonning induksiyasi tashqi maydonning induksiyasi bilan parallel yo'nalganligi uchun bunday moddalarga paramagnetiklar deyiladi. Paramagnetiklarga misol qilib havo, alyuminiy, azot, volfram, marganes, qalay, platina, ebonitni olish mumkin. Nisbiy magnit singdiruvchanligi vakuumdagidan juda katta, ya'ni 1 bo'lgan moddalar tashqi magnit maydonga kiritilsa, tashqi maydonga nisbatan yuzlarcha va minglarcha marta katta bo'lgan ichki maydon hosil bo'ladi. Bunday moddalar ferromagnetiklar deyiladi. Bunday moddalarga temir, cho'yan, nikel, kobalt va bir qator temir qotishmalarini misol qilib olish mumkin. Ferromagnetiklarning tuzilishidan aniqlanganki, ular juda ko'p o'z-o'zidan magnitlashgan sohalardan tashkil topgan ekan. Bunday sohalar ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 45.31 KB
Ko'rishlar soni 127 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 14:50 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 45.31 KB
Ko'rishlar soni 127 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga