Moddalarning biomembranalar orqali tashilishi

Moddalarning biomembranalar orqali tashilishi

O'quvchilarga / Fizika
Moddalarning biomembranalar orqali tashilishi - rasmi

Material tavsifi

Moddalarning biomembranalar orqali tashilishi Reja: 1. Diffuziya va o'tkazuvchanlik. Oddiy va osonlashgan diffuziya. 2. Passiv va aktiv transport. 3. Ion kanallari va ionoforlar. Diffuziya va o'tkazuvchanlik. Oddiy va osonlashgan diffuziya. Diffuziya alohida molekula va ionlarning tartibsiz va spontan harakatiga bog'liq. Masalan, ammiakni suvli eritmasi solingan idishni og'zini ochiq qoldirsak, malum vaqtdan keyin butun xonaga uning o'tkir hidi tarqalib ketadi. Bu jarayon ammiak molekulalarini diffuziyalanishi bilan tushintiriladi. Bunda molekula va ionlar yuqori kontsentratsiyali tomondan past kontsentratsiyali tomonga harakatlanadi Shu bilan birga ular har xil yo'nalishda ham harakatlanishi mumkin (Braun harakati). Diffuziyada xar bir molekula tipi o'zining kontsentratsiya gradienti bo'yicha harakatlanadi. Masalan, o'pkada kislorod qonga diffuziyalanadi, shu bilan bir vaqtda uglerod (II) - oksidi qondan alveolalarga diffuziyalanadi. Yog'da eruvchi moddalar membranalarning lipid asosida erib, undan osonlik bilan o'tadi. Suv va suvda eruvchi diametri kichik ionlar membranadan xar ikki tomonga o'ta oladi. Suvda eruvchan yirik moddalar, masalan, organik kislotalarning anionlari membranadan o'ta olmaydi. Ularning transport mexanizmlari boshqacha tarzda kechadi. Bazi molekulalarning o'tkazilishi faqat ularni o'tkazgich bilan bog'lanishidan keyin ruy beradi. Moddalarni o'tkazgich yordamida o'tkazilishida, o'tkazgich o'tkazilayotgan modda bilan diffuziyalanadi. Moddalarni membrana orqali diffuziyalanishi (Nernst -Plank tenglamasi) tenglamasi orqali ifodalanadi : J = P (C2 - C1) P = Dv h P -membrananing moddaga nisbatan o'tkazuvchanligi C1, C2 - modda kontsentratsiyalari, D - diffuziyalanish konstantasi, v - taksimlanish konstantasi, h - membrananing qalinligi. Hujayrada kechayotgan bir qator jarayonlar (qo'zg'alish, ATF sintezi, ionli tarkibini saqlash va boshqalar) membranalar orqali modda o'tishi bilan bog'liq. Passiv va aktiv transport Neytral molekulalar va ionlarni membrana orqali o'tkazilishi passiv va aktiv transportga bo'linadi. Aktiv transport energiya sarflanishi bilan yuz beradi. Bu energiya ATF gidrolizlanishi yoki mitoxondriyada nafas olish zanjiri orqali elektron o'tkazilishi hisobiga hosil bo'ladi. Aktiv transportda kimyoviy yoki elektrokimyoviy potentsial = 0 yoki 0 bo'lib, modda elektrokimyoviy potentsial gradientiga qarshi yo'nalishda tashiladi. Passiv transport energiya sarf bo'lishi bilan bog'liq emas va elektrokimyoviy potentsial qiymati 0 bo'lib, moddalarning elektrokimyoviy potentsiali past bo'lgan tomonga diffuziyalanishi natijasida sodir bo'ladi. Passiv transportda molekulalar boshqa molekulalarga nisbatan mustaqil o'tadi va kontsentratsion to'yinish ruy bermaydi. Ion kanallari va ionoforlar Membranada ionlarning o'tishi maxsus oqsillar orqali amalga oshadi, ular ion kanallari deyiladi. Ion kanallarining darvozasi ochilganda ionlar hujayra ichiga yoki hujayra tashqarisiga harakatlanadi. Ionofor molekularlari halka shaklida bo'lib, halka markazida ion joylashadi. Molekula membranadan o'tganda, ionni hujayra ichiga olib kiradi. Ionoforlar juda xilma xil bo'lib, xar bir ionofor molekulasi faqat bitta ionni olib o'tishi mumkin. Masalan, valinomitsin K+ ionlarini olib o'tadi. Qo'zg'aluvchan to'qimalar ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 10.28 KB
Ko'rishlar soni 91 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 14:50 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 10.28 KB
Ko'rishlar soni 91 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga