Moddaning to'lqin xossasi. Noaniqlik ifodasi Reja: 1. De-Broyl gipotezasi. 2. De - Broyl to'lqin uzunligi va uning xossalari. 3. Mikrozarralar to'lqin xususiyatlarining amaliy isboti. 4. Geyzenbergning aniqmaslik ifodasi. 1. De-Broyl gipotezasi. fransuz fizigi Lui-de-Broyl yorug'lik tabiati tug'risidagi dualistik ya'ni korpuskulyar va to'lqin xususiyatlari to'grisidagi fikrni rivojlantirib 1924-yilda korpuskulyar to'lqin dializmining universalligi to'g'risidagi gipotezani ilgari surdi. Bunga ko'ra nafaqat fotonlar yoki elektronlar emas balki materiyaning istalgan zarrachalari bir vaqtning o'zida ham korpuskulyar ham to'lqin xususiyatiga egadir. 2. De - Broyl to'lqin uzunligi va uning xossalari. De- Broylga ko'ra har qanday mikroobyekt bir tomondan korpuskulyar xarakterga Ye - ener-giyasi va R - impulsi bilan; boshqa tomondan esa to'lqin xarakteristikasi ν - chastota va λ - to'lqin uzunligi bilan bog'landi. U holda elektromagnit nurlanish fotoni uchun o'rinli bo'lgan quyidagi munosabatni modda zarralari uchun ham qo'llash mumkin. Shuning uchun massasi m, tezligi v (ya'ni impulsi R = mv) bo'lgan zarrachaning harakatlanish jarayonida uzunligi bo'lgan to'lqinlarning xususiyatlari namoyon bo'lishi kerak, degan xulosaga keladi. Ifodani De Broyl formulasi deb, λ ni esa De - Broyl to'lqin uzunligi deb atash odat bo'lgan. De-Broyl gipotezasining to'g'riligi ko'pgina tajribalarda tasdiqlandi. 3. Mikrozarralar to'lqin xususiyatlarining amaliy isboti. De - Broyl gepotezasi to'g'ri bo'lsa, elektronlar uchun difraktsiya hodisasini kuzatish lozim. Haqiqatan, 1927-yilda Devisson va Jermer tajribasida bu fikr tasdiqlandi. Bu tajribaning sxemasi. Qizdirilgan K katoddan chiqqan termoelektronlar katod va A anod oralig'idagi elektr maydon ta'sirida tezlatiladi. Elektronlar dastasi D1 va D2 diafragmalar yordamida ingichka dasta yordamida Kr kirstallga undan sochilgan elektronlar esa ionzatsion kamera (IK) ga tushadi. Ionizatsion kamerada vujudga kelgan tok galvanometr yordamida o'lchanadi. Tajribada ionizatsion kamerani siljitish yordamida turli burchaklar ostida sochilgan elektronlarni qayd qilish imkoniyati mavjud edi. Tajribalar natijasi shuni ko'rsatdiki, sochilish burchagining o'zgarishi bilan ionizatsion kameradagi tok kuchi monoton ravishda o'zgarmaydi, balki bir qator maksimumlar kuzatiladi. Keyinchalik, elektronlar difraktsiyasi boshqacha usullar bilan o'tkazilgan tajribalarda ham kuzatiladi. Xususan P.S.Tartakovskiy ham Tomson va Reyd juda yupqa metall folga (zar) orqali o'tish jarayonida vujudga kelgan elektronlar difraktsiyasini tekshirdilar. 4. Geyzenbergning aniqmaslik ifodasi. Ma'lumki zarachalarni koordinata va tezlik parametrlarni orqali xarakterlash mumkin. Bu parametrlar orasida munosabatni Geyzenberg tomonidan aniqlangan. v tezlik bilan tirqish tomon uchib borayotgan zarrachalarning tirqishdan o'tish paytida OX o'q yo'nalishida oladigan vaziyati tirqishning kengligi qadar aniqlik bilan belgilanadi deyishimiz kerak bo'ladi. Elektron bilan o'q yo'nalishidagi vaziyatini aniqlashdagi qiymatini Δx bilan begilasak, Δx = d bo'ladi. Agar markaziy maksimumga kelib tushadigan elektronlarnigina hisobga olsak, harakat miqdorining OX o'q yo'nalishiga tushirilgan px proyeksiyasining son qiymati. Sinφ = λd Binobarin, tirqishdan ...

Joylangan
08 May 2024 | 18:12:51
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
18.33 KB
Ko'rishlar soni
80 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 14:50
Arxiv ichida: doc
Joylangan
08 May 2024 [ 18:12 ]
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
18.33 KB
Ko'rishlar soni
80 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 14:50 ]
Arxiv ichida: doc