Molekulalar va ularning o'lchamlari

Molekulalar va ularning o'lchamlari

O'quvchilarga / Fizika
Molekulalar va ularning o'lchamlari - rasmi

Material tavsifi

6-sinf fizika darsligi asosida 9-mavzu: Molekulalar va ularning o'lchamlari Sizga ma'lumki, har bir moddaning o'ziga xos xususiyati bor. Masalan, shakar - shirin, tuz - sho'r va h.k. Shakarni olib, hovonchada maydalaylik. Maydalangan kukunni yalab ko'rsak, shakar mazasi qolganligini sezamiz. Oldingi mavzuda aytilganidek, uni yanada mayda bo'laklarga bo'lib borsak shirin maza saqlanib qoladimi? Tajribalar ko'rsatadiki, moddaning xossasi uning zarrasi ma'lum o'lchamgacha bo'linsa, saqlanib qoladi. Modda xossasi saqlanib qoladigan eng kichik zarraga molekula deyi ladi. Molekula (lotincha moles - massa) bitta atomdan yoki bir necha atomdan tashkil topishi mumkin. Masalan, suv molekulasi 3 ta atom dan tashkil topgan. Unda 1 ta kislorod va 2 ta vodorod atomi bor (4-rasm). Biz nafas oladigan kislorod gazining molekulasi ikkita bir xil kislorod atomidan iborat. Nafas chiqarganda chiqadigan karbonat angidrid gazi esa bitta uglerod va ikkita kislorod atomidan tashkil topgan. Har bir atom va molekulani o'ziga xos harflar va raqamli harf bilan belgilash qabul qilingan. Masalan, kislorod atomini - O harfi bilan, molekulasi ikkita atom dan tashkil topganligi uchun O2 shaklida belgilanadi. Karbonat angidrid molekulasi - CO2 , suvniki - H2 O ko'rinishda bel gilanadi. Shunga ko'ra, suv molekulasini atomlarga ajratsak, ikkita vodorod va bitta kislorod atomi alohida holatda suv xossasini bermaydi. Juda ko'p atomlardan tashkil topgan molekulalarda atomlarning o'zaro joylashishi ham uning xossalarining o'zgarishiga sabab bo'lar ekan. Hatto aynan bitta nomdagi atomlardan ba'zilari ichki tuzilishi bilan boshqasidan farq qilishi mumkin ekan. Tabiatda aynan bir xil jismlar yo'q. Hattoki egizaklar ham nimasi bilandir farq qiladi. Shu farqlari bilan ota-onasi ularni ajratib oladi. Lekin aynan bitta moddaning molekulalari bir-biridan farq qilmaydi. Masalan, tarvuzdan, dengiz suvidan bug'lantirib tozalangan suv molekulasi, buloq suvidan olingan molekula dan farq qilmaydi. Atom va molekulalar juda kichik bo'lganligidan ko'z bilan ko'rib bo'lmaydi. Uni hatto oddiy mikroskop tugul, eng yaxshi optik mikroskop (eng kichik ko'rish o'lchami 0,002 mm) da ham ko'rib bo'lmaydi. U holda uning o'lchamlarini qanday qilib o'lchaymiz? Bir qarashda uni bajarib bo'lmaydigandek ko'rinadi. Shunday tajriba o'tkazaylik. Kengroq idishga suv quyib, unga shkalaga ega bo'lgan tomizg'ichdan bir tomchi yog' tomizaylik. Shunda yog' tomchisi suyuqlik sirti bo'ylab yoyilib ketadi. Chunki eng ustki qatlamdagi molekulalar «toyib» ketib yoniga, undan keyingi qatlamdagilar ham xuddi shunday yoniga tushib yoyiladi. Oxirida faqat bitta qatlam qoladi. Yoyilgan yog' tomchisi doira shaklida bo'lsa, uning diametri o'lchanib, yuzasi S hisoblanadi (5- rasm). Bitta tomchining hajmini aniqlash uchun tomizg'ichdan 1 sm3 hajmdagi suyuqlik alohida idishga tomizilib, tomchilar soni aniqlanadi. Tomchining hajmi 1 sm3 ni tomchilar soniga bo'lib topiladi. Yoyilgan tomchi hajmi V ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 836.48 KB
Ko'rishlar soni 87 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 14:51 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 836.48 KB
Ko'rishlar soni 87 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga