6-sinf fizika darsligi asosida 10-mavzu: Molekulalarning o'zaro ta'siri va harakati. Broun harakati Xonada atir solingan idish qopqog'ini ochib bir tomchisini qo'lga yoki kiyimga tomizaylik. Birozdan so'ng uning hidini boshqalar ham sezishadi. Quruq naftalinni berk idishdan olib stolga qo'ysak, uning hidini ham sezamiz. Ma'lumki, hidni sezish uchun atir yoki naftalinning zarralari burnimizga yetib kelishi kerak. Demak, atir yoki quruq naftalin zarralardan tashkil topishidan tashqari, bu zarralar harakatda bo'lar ekan. Xona sovib ketsa, undagi pechkaga gaz, ko'mir yoki o'tin yoqamiz. Pechkaning og'zi berk bo'lsa-da, xona isiydi. Pechkadagi issiqlik xonaning barcha burchaklariga qanday yetib boradi? Bunda ham havo zarralarining harakat qilishi tufayli issiqlik uzatilar ekan. Agar suyuqlikni tashkil etuvchi molekulalar harakatda bo'lmaganida, daryolar va ariqlarda suv oqmas edi. Xullas, gazlarda, suyuqliklarda mole kula larning harakat qilishlariga ishonch hosil qildik. Qattiq jismlarda ham zarralar harakatda bo'ladimi? Buning uchun quyidagi tajribani ko'raylik (6-rasm). Metalldan yasalgan shar olaylik. Simdan shar tegib o'tadigan halqa yasaylik. Halqa orqali sharni bir necha marta o'tkazib ko'ramiz. Shundan so'ng sharni qizdiramiz. Endi halqadan sharni o'tkazmoqchi bo'lsak, o'tmaydi. Sharni tashkil etgan zarralar harakati tufayli qizigan shar kengayib qolar ekan. Shunday savol tug'iladi: moddalarni tashkil etgan zarralar qanday harakatlanadi? Zarralar harakatini birinchi bo'lib kuzatgan odam ingliz botanigi Robert Broun edi. U 1827-yilda ko'zga ko'rinmaydigan gul changi (spora - urug')ni suyuqlikka soladi va mikroskopda kuzatadi. Kuzatishlar shuni ko'r satadiki, gul changi zarralari to'xtov siz harakat qilar ekan. Ular uchun kechasimi, kunduzimi yoki qishmi, yozmi baribir, harakat to'xtamas ekan. Bundan tashqari, zarralar harakati mutlaqo tartibsiz. Buni tushunish uchun shunday voqeani ko'z oldingizga keltiring. Sinfga puflangan bir nechta turli rangli sharlarni qo'yib yuboraylik. Bolalar ularni turtib o'ynasin. Shunda qizil shar 2 s dan keyin qayerda bo'lishini ayta olamizmi? Albatta yo'q. Chunki sharlar harakati turtkilar tufayli tasodifiy bo'lib, tartibsiz holda bo'ladi. Shunga o'xshash, suyuqlik molekulalari barg zarrasi bilan to'xtovsiz to'qnashib turishi tufayli harakati tartibsiz bo'ladi. Demak, moddani tashkil etgan molekulalar to'qnashuvlar tufayli to'xtovsiz va tartibsiz harakatda bo'ladi. Suyuqlik yoki gazdagi juda kichik zarralarning to'xtovsiz va tartibsiz harakati fanga Broun harakati nomi bilan kirdi. Molekulalar to'xtovsiz va tartibsiz harakatda bo'lar ekan, nega qattiq jism va suyuqlik alohida molekulalarga ajralib tarqalib ketmay di? Bunga sabab shuki, ular orasida o'zaro tortishish kuchlari mavjud. Bu kuchlar ularni bir-biriga bog'lab ushlab turadi. Bu kuchlarning ta'sir doirasi qanday? Bir cho'pni olib sindiraylik. Endi ularni bir-biriga tekkizib qanchalik jipslab qo'ymaylik cho'p butun bo'lib qol maydi. Chunki cho'pning singan qismidagi molekulalarni yetarli darajada yaqinlashtirib bo'lmaydi. Demak, molekulalar orasidagi o'zaro ta'sir kuchi juda yaqin masofada namoyon ...

Joylangan
08 May 2024 | 18:12:51
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
688.65 KB
Ko'rishlar soni
131 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 14:51
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
08 May 2024 [ 18:12 ]
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
688.65 KB
Ko'rishlar soni
131 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 14:51 ]
Arxiv ichida: ppt